She`rlar va ruboiylar

4935 marta o'qildi
TO`YIMIZGA TOY KELDI

To`yimizga toy keldi:
Shodligimiz bir jahon.
Uyimizga oy keldi,
Yangrab ketdi giji bong.

Abdulhay NOSIROV

TO`YIMIZGA TOY KELDI

To`yimizga toy keldi:
Shodligimiz bir jahon.
Uyimizga oy keldi,
Yangrab ketdi giji bong.

To`yimizga toy keldi:
Bolalarning hammasi –
Minay, deya to`p keldi,
O`ynab ko`zu havasi.

To`yimizga toy keldi,
Karnay, surnay, nog`ora
Chalib ko`p-ko`p boy keldi,
O`yin bo`ldi bog` ora.

QORA QIZ DEMANG MENI

Qora qiz demang meni,
Jahli tez demang meni,
Bog`cha bolaman endi,
Yaxshi bo`laman endi.

Ozoda qiz bo`laman,
Ziyoda qiz bo`laman.
Ko`ylagim bor yarashgan,
Qushlar qarab sayrashgan.

Popuklari ipakday,
Gullari kapalakday.
Loy ko`chada yurmayman,
 Bog`chaga kech bormayman.


Orqaga qaytish