Xalq og`zaki ijodiyoti

5413 marta o'qildi
TOPISHMOQLAR

Rosa katta jonivor,
Favvoraday suv sochar.
Faqat bitta “ayb”i bor:
Mitti sichqondan qochar.

TOPISHMOQLAR
Iyagida soqoli,
Boshida shox-quroli.
Yurar suruv oldida,
Qo‘ylarning shoh-qiroli.
(Echki)


Rosa katta jonivor,
Favvoraday suv sochar.
Faqat bitta “ayb”i bor:
Mitti sichqondan qochar.
(Fil)


Hammadan erta turib,
Xabar berar qichqirib.
Der: “Tong otdi, shodlaning,
O‘qish, ishga otlaning”.
(Xo‘roz)


Kekkayganday turadi,
Kibr bilan yuradi.
Teskari o‘qib “Zog‘”ni,
Toping bu maqtanchoqni.
(G‘oz)

 

Dilshod RAJAB 


Orqaga qaytish