She`rlar va ruboiylar

4962 marta o'qildi
Umar Xayyom ruboiylari

Ul husni falak, hurshidi tobondir-ishq,

Ul qushki, g’o’zal chamanda sayrondir-ishq.

Bulbul kabi un chekishni sen ishq sanama,

Har lahza o’lub, chekmasa afg’ondir ishq…

Umar Xayyom ruboiylari

Ul husni falak, hurshidi tobondir-ishq,

Ul qushki, g’o’zal chamanda sayrondir-ishq.

Bulbul kabi un chekishni sen ishq sanama,

Har lahza o’lub, chekmasa afg’ondir ishq…

 

Karvoni umrga boq, chunu o’tgusidir,

Har lahza tarab aylaki, kun o’tgusidir.

Soqiy, chekaverma ko’p qiyomat g’amini,

Sun menga piyolaniki, tun o’tgusidir…

 

Ul mayki, sharobi jovidoniydir, ich,

Sarmoyayi ishq, ayshi jahoniydir, ich.

Yondirguvchi otash ul va darding oqizib

Ketguvchi ziloli zindagoniydir, ich…

 

Gul bo’lmasa bizga bog’ aro xor ham bas,

Nur yetmasa bizga,yetmagay, nor ham bas.

Gar bo’lmasa bizga honaqo, hirqavu shayx,

Noqisu kaliso bila zunnor ham bas…

 

Loyimni o’zing qorgan esang , men na qilay?

Shaklimni o’zing chizgan esang, men na qilay?

Har yahshi-yomonki men etarman , yo Rab ,

Manglayga o’’zing yozgan  esang, men na qilay?

 


Orqaga qaytish