She`rlar va ruboiylar

5030 marta o'qildi
SVETOFOR

Qizil, sariq va zangor –
Uch chiroqli svetofor,
Chorrahaga kelganda,
Unga qaraymiz takror:
Yonsa zangor chirog`i,
Mashina o`tar g`iz-g`iz,
Mashina o`tar chog`i,
Chekkada turamiz biz.

SVETOFOR

Qizil, sariq va zangor –
Uch chiroqli svetofor,
Chorrahaga kelganda,
Unga qaraymiz takror:
Yonsa zangor chirog`i,
Mashina o`tar g`iz-g`iz,
Mashina o`tar chog`i,
Chekkada turamiz biz.
Ana sarig`i yondi,
Yo`l ochilar, ogoh bo`l!
Qizil yondi-ku,
Endi
Mashinaga yo`qdir yo`l.
Bizlar bo`lsak, bemalol
Yo`lni kesib o`tamiz.
– Chorrahada hushyor bo`l, –
Deganlar-da dadamiz.
Svetoforni bilamiz,
Unga amal qilamiz.

Habib SA`DULLA


Orqaga qaytish