Ertaklar

5649 marta o'qildi
Ilonshoh

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda bir chol bo’lgan ekan. Cholning bir-biridan go’zal uch qizi bo’lgan ekan. Chol bir kuni bozorga bormoqchi bo’libdi va qizlariga:

- Qizlarim, men bozorga ketyapman, sizlarga nima olib kelay ? - debti.

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda bir chol bo’lgan ekan. Cholning bir-biridan go’zal uch qizi bo’lgan ekan. Chol bir kuni bozorga bormoqchi bo’libdi va qizlariga:

- Qizlarim, men bozorga ketyapman, sizlarga nima olib kelay ? - debti.

Katta qizi:

- Menga chiroyli kavush olib keling, -debti.

O’rtancha qizi:

- Menga chiroyli oyna olib keling,- debti.

Kichik qizi esa :

- Otajon, menga qip-qizil olma olib keling, - debti.

Chol bozorga borib, o’z ishlarini bitirgach, katta qiziga kavush, o’rtancha qiziga oyna olibdi.

Kenja qiziga esa axtarib-axtarib sirayam olma topa olmabti. Nihoyat olma qidirib charchagan chol bir yo’lovchidan:

- Birodar, butun bozorni axtarib olma topa olmadim, qayerdan topsam bo’larkan? – debti. Shunda yo’lovchi:

- E otajon, axtarib ovora ham bo’lmang, hamma olmalar Ionshohning qo’lida, -deb javob beribdi. Kenja qizini o’ksintirishni istamagan chol tog’lar orasida yashovchi Ilonshohning oldiga boribdi va :

- E Ilonshoh mening kenja qizim uchun bittagina qizil olma bergin,-debti.

- Mayli, - debti Ilonshoh, - men senga bitta qizil olma beraman, sen esa evaziga kichik qizingni menga xotinlikka berasan.

Chol bu shartga  ko’nmabdi va uyiga borib, bo’lgan voqeani qizlariga aytibdi. Olma olib kelmagani uchun kichik qizi xafa bo’lmapti. Oradan bir qancha vaqt o’tib cholning kichik qiziga Ilonshohdan sovchi kelibdi. Lekin chol qizini ilonga berishga unamay, sovchilarga rad javobini beribdi. Sovchilar bir necha marta kelishib, quruq qaytishibdi. Shunda Ilonshoh shaharga keladigan suvni to’sib, xalqni tashnalikda qoldiribdi. Yosh bolalar, keksalar tashnalikdan halok bo’la boshlabdilar. Bu holni ko’rgan kenja qiz:

- Otajon, peshonamda ilonga xotin bo’lish yozilgan ekan, mayli, men roziman, meni Ilonshoh huzuriga olib boring, - debti yig’lab.

Chol ham nailoj yig’lay-yig’lay qizini Ilonshoh huzuriga olib boribdi. Ilonshoh ularni hushnud qabul qilibdi va suv boshiga qilingan to’siqni oldirib tashlabdi. Qiz bilan Ilonshohning to’yi juda dabdabali o’tibdi.

 

To’ydan keyin Ilonshoh ko’rkam va pahlavon bir yigitga aylanibdi. Uni Qoratog’da yashovchi bir jodugar qasdan sehrlab ilonga aylantirib qo’ygan, xamdashu cholning kenja qiziga uylansangina sehrdan halos bo’lasan, deb shart qo’ygan ekan. Yigit shohning o’g’li ekan. U kenja qizning opalarini ham o’z mulozimlaridan ikkita yaxshi yigitga uzatibdi va chol bilan birga qizlarni ham saroyga olib kelibdi. Hammalari umrlarining ohirigacha baxtli va farog’atli yashab, murod-maqsadlariga yetibdilar.

 


Orqaga qaytish