Jahon mamlakatlari

5336 marta o'qildi
Sirdaryo

Sirdaryo – O‘rta Osiyodagi uchta mashhur daryodan biri. U Amudaryodan bir muncha uzun bo‘lsa ham sersuvligi jihatidan undan keyin turadi. Sirdaryoning uzunligi uning aso­siy irmoqlari bo‘lmish Norin bilan Qoradaryo qo‘shilgan joy – Baliqchi qishlog‘idan hisob­laganda qariyb 2200 kilometr, Norin daryosi bilan birgalikda esa 3000 kilometr chamasida. Shu ikki yirik irmoq qo‘shilgan joydan Sirdaryo deb ataladi.

Sirdaryo – O‘rta Osiyodagi uchta mashhur daryodan biri. U Amudaryodan bir muncha uzun bo‘lsa ham sersuvligi jihatidan undan keyin turadi. Sirdaryoning uzunligi uning aso­siy irmoqlari bo‘lmish Norin bilan Qoradaryo qo‘shilgan joy – Baliqchi qishlog‘idan hisob­laganda qariyb 2200 kilometr, Norin daryosi bilan birgalikda esa 3000 kilometr chamasida. Shu ikki yirik irmoq qo‘shilgan joydan Sirdaryo deb ataladi.

Daryoning suv yig‘adigan havzasi (463 ming kvadrat kilometr) butun O‘zbekiston hududidan birmuncha kattaroq. Shuning yarmi tog‘li yerlarga to‘g‘ri keladi.

Sirdaryo qadimgi davrlarda uning sohilida joylashgan yirik shaharlar yoki yondosh viloyatlar nomi bilan O‘zgan suvi, Axsisuv, Farg‘ona daryosi, Xo‘jand suvi, Shosh daryo­si deb atalgan. Keyinchalik Sirdaryo umumiy nom bo‘lib qoldi. Sirdaryoning eng qadimgi nomi Xasart bo‘lib, yunonlar Yaksart, arablar Sayhun deb ataganlar. Sirdaryo nomining kelib chiqishi haqida toponimist olimlar turlicha taxminlarni aytishgan. Ular daryoni s a r i q­- d a r y o, ya’ni loyqa suv, s a r ismli qabila
nomidan, s a l – tuz so‘zidan kelib chiqqan deyishadi. Qadimda daryoning faqat quyi
oqimi Sir deyilgan, o‘rta va yuqori oqimi esa Yaksart deb atalgan. Daryo o‘rta asr mualliflari asarlarida ham ta’riflangan, jumladan «Boburnoma»da: «Sayhun daryosikim, Xo‘jand suyig‘a mashhurdur, sharq va shimoliy tarafdan kelib, bu viloyatning ichi birla o‘tib g‘arb sari oqar», – deyilgan.

Sirdaryoning bosh o‘ng irmog‘i bo‘lmish Norin daryosining uzunligi 800 kilometrdan ortiq. U Markaziy Tyanshan tog‘laridagi qor va muzliklardan boshlanadi, tog‘lar orasidagi tor vodiydan hayqirib oqadi, Farg‘ona vodiysiga chiqqandan keyin Baliqchi qishlog‘i yonida Qoradaryo bilan qo‘shilib Sirdaryo nomini oladi. Norin daryosidan Farg‘ona vodiysini sug‘oruvchi bir necha kanal, jumladan Katta Farg‘ona kanali chiqarilgan. Sirdaryoning bu irmog‘i gidroenergiya resurslariga juda boy.

Sirdaryoni hosil qiluvchi katta irmoqlaridan yana biri – Qoradaryo Farg‘ona va Oloy tizmalaridagi qor va muzliklardan boshlanadi. Uzunligi 180 kilometr. Uning suvi ham Farg‘ona vodiysini sug‘orishga sarflanadi. Daryoga Kuyganyor to‘g‘oni qurilgan va uni Katta Farg‘ona kanali kesib o‘tgan, Andijon suv ombori qurilgan. Qadimda daryoning irmoqlari juda ko‘p bo‘lgan, hozir ular daryoga yetib kelmay dalalarga taralib ketadi. Shunday daryolardan Pochchaotasoy, Kosonsoy, G‘ovasoy, Chodaksoy, Isfayramsoy, So‘h, Isfara, Xo‘jaboqirg‘on va Oqsuv kabi irmoqlar suvi juda ko‘p ariq va kanallarga bo‘linib ekinzorlarga taraladi. Sirdaryo Farg‘ona vodiysidan chiqishda Mo‘g‘ultog‘ bilan Turkiston tizmasi oralig‘idagi tor o‘zandan tosh ostonalar orqali hayqirib oqardi. 1948-yilda o‘sha yerda Farhod gidroelektr stansiyasi qurilgan, sug‘orish kanallarining bosh inshootlari ham u yerdan boshlanadi. Daryo tekislikka chiqqandan keyin lyoss tuproqli qirg‘oqlar orasidan osoyishta oqadi, bu yerda unga Ohangaron, Chirchiq, Aris kabi irmoqlar qo‘shiladi. Aris daryosidan keyin Sirdaryo Orol dengiziga qo‘shilguncha boshqa irmoq qo‘shilmaydi. Daryo sersuv paytlarida ba’zi joylarida o‘z yo‘lini o‘zgartirib, eski o‘zani o‘rnida ko‘llar hosil bo‘lgan.

Sirdaryoning irmoqlari ichida eng ahamiyatlisi Toshkentvohasidan o‘tgan Chirchiq daryosidir. U ham, o‘z navbatida, tog‘lardagi qor va muzliklardan boshlanuvchi Chatqol, Ko‘ksuv va Piskom daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Chirchiq Chinoz yaqinida Sirdaryoga qo‘shiladi. Daryo Chordara suv omboridan boshlab Qozog‘istondagi qadimgi O‘tror shahrigacha Qizilqum cho‘lining chekkasi bo‘ylab shimolga, so‘ngra shimoli-g‘arb tomonga oqadi va Orol dengiziga quyiladi. Sirdaryoda apreldan boshlab suv ko‘payadi, iyunda eng ko‘p darajaga yetadi, so‘ngra kamayadi. Ba’zan suv toshqinlari bo‘lib, pastroq joylarda vodiy suv ostida qoladi. Daryoning suvi ancha loyqa, lekin o‘nlab million tonna oqiziq suv omborlarida cho‘kib qolmoqda. Qishda tekislik joylarda 2–3 oy muzlaydi. Daryo suvi ko‘plab sug‘orishga sarflanishi, suv omborlariga to‘planishi natijasida Orol dengiziga quyiladigan suv avvalgiga qaraganda ancha kamaydi. Hozir Sir­daryo suvidan rejali foydalanish choralari izlanmoqda. Daryo vodiysida juda qadim
zamonlardan mahalliy xalq dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan.

Bolalar  ensiklopediyasidan 


Orqaga qaytish