Jahon mamlakatlari

4719 marta o'qildi
Slovakiya

 1992-yilgacha nashr etilgan kitoblarda, geografiya xaritalarida bu mamlakatning nomini mustaqil davlat sifatida uchratmaysiz, u Chexoslovakiya Sovet Federativ Respublikasi – CHSFR tarkibida bo‘lgan. O‘sha yil­ning noyabr oyida mamlakat parlamenti 1993- yilning 1-yanvaridan Chexoslovakiya ikki davlatga–Chexiya va Slovakiyaga bo‘linishi haqida qonun qabul qildi. Mustaqil Slovakiya davlati paydo bo‘ldi.

(Slovakiya Respublikasi)

Maydoni – 49000 kvadrat kilometr.

 Aholisi – 5300000 kishi.

 1992-yilgacha nashr etilgan kitoblarda, geografiya xaritalarida bu mamlakatning nomini mustaqil davlat sifatida uchratmaysiz, u Chexoslovakiya Sovet Federativ Respublikasi – CHSFR tarkibida bo‘lgan. O‘sha yil­ning noyabr oyida mamlakat parlamenti 1993- yilning 1-yanvaridan Chexoslovakiya ikki davlatga–Chexiya va Slovakiyaga bo‘linishi haqida qonun qabul qildi. Mustaqil Slovakiya davlati paydo bo‘ldi.

Ammo uzoq tarixga ega bo‘lgan Slova­kiya o‘tmishda goh Rim imperiyasining, goh Vengriya va Germaniyaning bosqinlariga duchor bo‘lib, necha martalab isyonlar ko‘tardi, bi­rinchi jahon urushidan keyin esa Chexoslovakiya tarkibida yashab keldi. Erksevar, jafokash slovak xalqi, nihoyat, o‘z milliy iqtisodiyotini mustaqil rivojlantira boshladi. Aso­san tog‘lar (G‘arbiy Karpat, Baland Tatra) dan iborat bo‘lgan bu mamlakat yer ostida temir, marganes, polimetall rudalari, ko‘mir, lignit, surma, magnezit zaxiralari ko‘p. Hozir u taraqqiy etgan sanoatlashgan-agrar respublika. Asosiy sanoat markazlariBratislava, Koshitse shaharlari. Koshitsedagi Sharqiy Slova­kiya metallurgiya kombinatida cho‘yan, po‘lat, prokat ishlab chiqariladi; alyuminiy, mis eritiladi. Mashinasozlik, kimyo sanoati, yo­g‘ochsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, bino­kor­lik materiallari, poyabzal sanoati rivojlangan. Slovak dehqonlari don, qand lavlagi, uzum, mevalar yetishtiradi. Tog‘li joylarda o‘rmonchilik va chorvachilik rivojlangan.

Slovakiya poytaxti–Bratislava shahri. Slovakiya hududida ibtidoiy san’at yodgorliklari va tarixiy obidalar saqlangan. Ular bilan bir qatorda me’mor va quruvchilar ko‘rkam zamonaviy binolar barpo etishgan.

Slovakiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi bilan 1993-yilda diplomatiya munosabati o‘rnatdi.

Bolalar  ensiklopediyasidan 


Orqaga qaytish