Hikoyalar

5082 marta o'qildi
YULDUZ TO`ZI

Yoz kechasi. iniq. Yulduzlar ko`k yuzidan yerga tushganday. Go`yo qo`l uzatsang tutiladiganday.
Ukam Kanon bilan tomda yotibmiz.
Chalqancha yotgancha yulduzlarga qaraymiz.
Hech gaplashmaymiz.

YULDUZ TO`ZI
Hikoya


Yoz kechasi. iniq. Yulduzlar ko`k yuzidan yerga tushganday. Go`yo qo`l uzatsang tutiladiganday.
Ukam Kanon bilan tomda yotibmiz.
Chalqancha yotgancha yulduzlarga qaraymiz.
Hech gaplashmaymiz.
un qushlari uzuq-uzuq sayraydi, orada uzoqlardan it ovozlari keladi.
Kanon birdan:
— Aka! — dedi.
— Hm.
— Har bir odamning ko`kda bir yulduzi bor deyishadi, shu to`g`rimi?
— Bilmayman, balki to`g`ridir.
— Mening yulduzim qaysiykin, ajabo?
— O`h-ho`... Millionlab, milliardlab yulduz bor, qayoqdan bilay men!
— Bo`lsa-bo`lar, men birini tanlamoqchiman, siz ham tanlang.
— Bo`pti, tanlaymiz.
Kanon bilan yulduzlardan gaplashamiz.
Maktabda o`rgangan ilmlarimni bir-bir sanoqdan o`tkazaman. “Qara, anov teskari jazva (konus shaklidagi qahva pishiriladigan idish) bichimidagisi Kichik Ayiq, uning yonidagi Katta Ayiq”, deyman va uning: “Qani, qani, qaysinisi?” deyishlariga parvo qilmay bilimdonlarcha burro-burro gapiraman.
Kanon hali maktabga chiqmagan, xudo xohlasa, kelasi yil boradi. Oxiri u bir porillagan yulduzni tanladi.
— Ana shu mening yulduzim endi, — dedi.
Xuddi Kashish tog`ining uchiga qarab osilgan yulduz.
Joyini aniqladik. Men ham bir yulduzni tanladim, bilaman, bu telbalik. Ammo nima qipti, u hali bola, der ekanman, bir yulduz uchdi.
Orqasida shu'lali iz qoldirib, ko`zdan g`oyib bo`ldi. Kanon hayajon bilan:
— Aka, qarang, bittasi uchdi. Sirg`alib g`oyib bo`ldi. Yulduzlar qayerga ketishadi bunday?
— Uni bilmayman, ammo...
— Nima ammo?
— Bir yulduz uchsa, derlarki, u yulduzning egasi o`lgan bo`ladi.
— Xuddi shu paytdami?
— Ha.
Kanon ma'yuslanib yuzini menga o`girdi:
— Ko`kka qaramaylik, aka... Yana bittasi uchib qolar balki...
— Yaxshi, qaramaymiz.
* * *
og`am keldi.
og`am Olmoniyadan menga velosiped, Kanonga esa to`p opkeldi.
og`am meni kichikligimda ko`rgan, Kanonni hech ko`rmagan. Olmoniyaga ketganiga ancha bo`lsa-da, ko`pdan beri kelmagan edi. Endi ta'tilga kepti. og`am keldi-yu, uyimiz quvonchga to`ldi. Ammo darrov ketadigan bo`pqoldi. a'til kunlari juda qisqa ekan. og`am meni quchog`iga oldi, havoga shunday otib aylantirdiki, yuzlari qizarib, nafasi tiqildi.
— Eh, seni qara, ammo kattayib og`ir bo`pketibsan, yaramas,— dedi. og`amning qo`lini o`pdim, minnatdorchilik bildirdim. og`am Kanonning ham sochini siladi va onamga ko`rsatib:
— Voy-bo`, xuddi mening o`zim-ku!— dedi. Onam kuldi:
— Ha, aytishadi-ku, o`g`il tog`aga, qiz bibiga tortadi, deb...
Bizning taraflarda ammani bibi deyishadi.
Men doim bir velosipedim bo`lishini orzu qilardim. Ammo biz o`ziga to`q oilalardan emasmiz, olib berolmadi dadam. Men ulg`ayarkanman, qasabada velosipedi bo`lgan bolalarga imranar, ularning ketidan yugurib, "Berib tur, men ham bitta minay!" deya yolvorardim. Bermas edilar.
Bizning qasaba juda kichkina, juda oz velosiped bor, ular ham mansabdor kishilarning bolalari-da. Endi mening ham mana bir velosipedim bor. Hammasining havasini keltiraman, hech kimsaga mindirmayman. Har kuni artib, yarqiratib qo`yaman. Zotan yap-yangi, hech kim qo`l tekkizmagan. Qasabaning eng chiroyli velosipedi bu. O`zim ham minishga ko`zim qiymay turibdi. Yo yiqilsam, yo velosipedga bir narsa bo`lsa!..
Ammo sabr qilolmadim, ora-sira mina boshladim. Kanon orqamdan qolmay yuguradi:
— Aka, meniyam mindiring, nima qipti, mengayam minishni o`rgating, — deya yolvoradi.
— Bo`lmaydi, sen hali kichiksan, oyoqlaring pedalga yetmaydi, bor, to`pingni o`yna,— deyman.
Yig`laydi, yer tepinadi.
— Nima qilaman to`pni, mening ham velosiped mingim keladi, — deya ming`illaydi.
— Yo`q, bo`lmaydi!
Borib onamga shikoyat qildi, onam mening yonimni oldi.
Kanonning aksligi tutdi, yig`ladi, tepindi, jahli chiqdi.
Jahl ustida tomga chiqdi, kaptar uchirishga berildi.
E-ha... Mayli, uchirsin! Meni tinch qo`ysa bo`ldi.
Qasabaning ko`chalarida velosipedim bilan aylanarkanman, hamma bolalar menga qarar, to`xtab oldilariga kelganimda, velosipedning oldi-orqasini silashga urinishardi.
— Nari turinglar, tegmanglar kir qo`llaringiz bilan, — deya ularni ozorlardim.
Ularning velosipedlari eski-tuski. Ham shu yerning mahsuloti. Meniki unday emas, olmon mahsuloti.
Faqatgina Abdurahmonga ruxsat berdim.
U velosipedning har yonini ko`zdan kechirdi. — Yaxshilikka min, — dedi.
"Mindir" deb so`ramadi, zotan, minishni bilmasdi ham.
Abdurahmon yetim. Otasi hammol edi. O`tgan yili o`ldi.
Bular juda kambag`al, onasi xasta. Abdurahmon o`qishni tashladi, bir aravachasi bilan bozorda tashkachilik qila boshladi. Uch-besh qurush (qurush — ilgarigi turk chaqa puli) topadi. Yaxshi bola, darslari ham juda yaxshi edi.
Abdurahmonning holiga juda ezilaman.
Xudo haqqi, haydashni bilsa, yo`q demay mindirardim.
og`am ketdi.
a'tilimiz yaxshi o`tyapti.
Kanon men bilan gaplashmay qo`ydi, hamon araz.
Men velosiped bilan uydan chiqqanimda, tomdan qattiq-qattiq qarash qilib qo`yadi. Aslida bu bolani bunchalik xafa qilmasligim kerak edi...
* * *
Bir kuni tongda, hali g`ira-shira qorong`ida, eshik taqilladi. Ammo shunaqangi taqilladi-ki! Eshik taqillatgan odam naq uyni yiqmoqchiga o`xshardi. Ham eshik qo`ng`irog`ini chalar, ham eshikni mushtlardi. Apil-tapil turib ochdik. Abdurahmon.
Bo`zdek oqarib ketgan yuzi bilan qaqqayib turardi. Otam:
— Nima bo`ldi, Abdurahmon, nima gap, nega bezovtasan?— deya so`radi.
— Kanon yiqildi, amaki, yuguring,— dedi.
Hammamiz xavotirlanib bir-birimizga qaradik.
— Kanon deysanmi? Kanon uyda emasmi? Kanonga nima bo`ldi?
Dadam pijamalari, onam tunlik xalatida shoshib yelkalariga bir nima ildilar. Men ham qaysidir kiyimimni kiydim va ko`chaga otildik. Yo`l-yo`lakay:
— Qayerda? — deb so`radi otam.
— Hov anavi yo`l yoqasidagi zovurga dumalagan, — dedi Abdurahmon. Dadam bilan oyim shunday tez chopishardiki, biz Abdurahmon bilan orqada qoldik. Ular muyulishdan burilib ko`zdan g`oyib bo`ldilar. Men Abdurahmonga:
— Kanon kallayi saharlab tong qorong`isida tashqarida nima qidirdiykin? — dedim.
Abdurahmon yuzini yerga o`girdi:
— Velosipedni olgan, haydagan, past-baland yo`llarda to`xtatolmay, zovurga yiqilgan. Men ishga ketayotgandim, ko`rib qoldim. O`zi bir tarafda, velosiped boshqa tarafda, boshi qonayotgandi chamamda, — dedi xo`rsinib.
Biz hodisa yuz bergan joyga yetmasimizdan oyim bilan dadam muyulishda ko`rindilar. Dadam Kanonni ko`tarib kelar, Kanonning boshi otamning bilagidan jonsiz kabi pastga osilgandi, oyim tizzalariga mushtlab:
— Ketdi, o`g`lim ketdi,— deya yig`lardi. Dadam oldimizdan o`tarkan:
— Bor, buvingga xabarni yetkaz, biz sog`liqni saqlash bo`limiga boramiz, xavotir olib o`tirmasin, — dedi.
U yerda shu ko`yi Abdurahmon bilan birga go`yo muzga aylanib qolgandik. Bilmadim qanchadan keyin Abdurahmon yelkamga qo`lini tashlab:
— Ko`p ezilma, balki shunchaki hushdan ketgandir, — dedi.
Bo`g`zimga bir tosh tiqilgan, go`yo toshni tortib olsalar, hiqillab-hiqillab yig`lardim, ammo buning iloji yo`q, ko`z yoshlarim ovozsiz sel bo`lib oqardi. Abdurahmon ham yig`ladi.
Sog`liqni saqlash bo`limida doktor yo`q. Ikki doya, bir hamshira. "Buni tezlik bilan shahar kasalxonasiga yetkazinglar", deganlar. Bir "jip" bo`lib ketganlar. Buvim derazaning oldiga cho`kdi, ko`zlarini yo`lga tikdi. inmay duo qilardi. qo`shnilar keldi, biz chiqdik.
Abdurahmon bilan borib velosipedga qaradik. Pachog`i chiqib, ruli qayrilib ketgan, chirog`i singan edi. anib bo`lmasdi-ku!
Baribir torta-torta uyga keltirdik, hovlining bir burchagiga taqab qo`ydik.
Oh, Kanon, oh! Nima qilding buni?
Ammo ayb menda. Koshki uni mindirgan bo`lsaydim, uning ham havasi sal pasaygan bo`lardi. Ham falokat bo`lmasdi. Ayb menda.
Og`zimga luqma ham olmadim. Ayvonda o`tirib qoldim. Ko`zlarim velosipedda. La'nat bo`lsin! Kanonga bir narsa bo`lsa-ya! Ukam o`lib qolsa-ya!
Ichim shunday siqilardiki... Yig`lashga yoshim ham qolmadi. Endi nima qilaman? Shahardan bir xabar kela qolsaydi: "hechqisi yo`q, Kanon yaxshi", degan xabar kelsaydi...
omga chiqib, kaptarlarga yem sochdim. Vaqt o`tsin, deya tovuqlar qo`nog`ini tozaladim. Kanonning bir eski taxta aravasi bor edi, o`yinchoq. G`ildiragi uzilgan, uni ham bir yoqqa otgandi. Unga yangi bir g`ildirak yasab, o`rniga taqib qo`ydim. Chiroyli chiqdi. Ammo Kanon buni o`ynamaydi-da! Kichkinalarning o`yinchog`i, deydi. U endi rostdan ham o`sib qoldi. Bu yil maktabga boradi. Buvim ayvondan ovoz berdilar:
— Bolam, kel, bir-ikki luqma bir nima yeb ol!
— Qornim to`q mening,— deb javob berdim.
omdan pastga tushgim kelmaydi, o`sha velosipedni ko`rgim yo`q. Kech bo`ldi, xabar yo`q. Qo`shnilar sho`rva chiqarishdi buvimga, hol-ahvol so`rashdi, xabar yo`q.
Men haliyam tomdaman.
Keyin birdan tushdim. Yugurib velosipedning oldiga bordim. Rulini u yoq-bu yoqqa buradim. Biroz tuzaldi. Bir amallab yurg`iza-yurg`iza Abdurahmonlarning uyigacha keldim.
Abdurahmon dovdirab qoldi.
— Nima gap? — dedi, — bir xabar oldinglarmi?
— Yo`q, bu velosipedni senga olib keldim. Pochchang ta'mirchi, balki tuzatib berar, — dedim.
— Yo`g`-e, u nima deb o`ylaydi.
— Hechqisi yo`q, — dedim. —Men buni senga beraman.
— Ammo chiroyli bo`lmaydi men buni ta'mirlatib minsam,— dedi Abdurahmon.
— Yo`q, yo`q, men ortiq bu velosipedga minolmayman, seniki bo`lsin,— dedim.
Dedim-u, ko`zlarim yana lim-lim to`ldi. Ortiq gapirolmasdim. Abdurahmonni o`sha yerda, eshik oldida dovdiratib qoldirgancha, qochoq kabi uzoqlashdim.
Kelib yana tomga chiqdim. Chalqancha yotib ko`zlarimni Keshish tog`ining ustida porlayotgan yulduzga tikdim. Kanonning yulduzi bu, birgalikda tanlagandik. Yulduzdan ko`zlarimni uzmay o`tgan kunlarni o`yladim. O`tgan yozni. Daryoda tutganimiz baliqlarni. Quyi mahallani olti-yu ikkiga yenggan matchimizni.
Yulduz uchdi.
Yulduz uchib pastlay boshladi. Kanonning yulduzi uchyapti. Kanon o`lyapti.
Ollohim, Ollohim! Kanon o`ladimi?
G`izilladim, bir ko`zim yulduzda. Ortidan nurli bir iz qoldirib yerga yaqinlashmoqda.
Makkajo`xori dalalarining naryog`iga, Sulton o`tloq tomonga qulayotir.
omdan quyunday uchib tushdim, oyoqlarim yalang. Chopa boshladim. Qasabaning ko`chalaridan shamolday g`izillab o`tdim. Bir ko`zim yulduz uchgan tarafda. U qulayotir, men chopayotirman.
Qasabadan chiqdim, makkajo`xori dalalariga cho`mib ketdim.
Makkajo`xori poyalarining bo`yi mening bo`yimdan baland, chopib borarkanman yaproqlari yuzimni tirnardi. Yulduzni ko`rolmay qoldim. Yulduzga nima bo`ldi?
Dalalardan chiqdim, o`tloqning narigi chekkasiga bordim. O`rtaliq kunduz kabi yorishgan, moviy-yashil bir g`aroyib yorug`lik. Suv kabi, dengiz tubi kabi.
Yulduz kelayotgani ko`rindi.
Ko`p shukr, vazmin-vazmin qo`nayotir.
Bir kosmik kema kabi shu'lalar taratib inmoqda. U indi, men bordim...
O`tloqning o`rtasida unga yetishdim.
Yulduz keldi, keldi. Keldi-yu, porlay boshladi. Porlay-porlay kichraydi. qo`llarimni uzatdim.
Ikki hovuchimni ochdim, yulduz kelib kaftlarimga qo`ndi. ushda ko`rishganday gaplasha boshladik.
— Sen Kanonning yulduzisan, shunday emasmi?
— Ha.
— Xush kelibsan, ahvollaring qalay?
— Yaxshiman, ammo, mana ko`rib turibsan, uchdim, quladim.
— Uchsang uchib, qulasang qulabsan, men chopib kelib tutib oldim seni.
— Rahmat. Salgina kech qolsayding yerga urilib mayda-mayda bo`lardim.
— Namuncha noziksan sen bunday, yulduzlar nega uchadilar?
— Har borliqning bir umri bor, umr bitganda shu'la tugaydi.
— Ammo men seni tutdim, qara, hamon porlab turibsan.
— Shunday, demak, vaqt tamom bo`lmadi.
— Juda soz, endi nima qilamiz. Seni bunday doim hovuchimda tutolmayman-ku!
— Aytaymi, nima qilishingni?
— Nima qilay?
— Meni biroz yuqori ko`tar, so`ngra bor kuching bilan "Yo Olloh! Bismilloh!" degancha ustimga qarata pufla!
Qo`llarimni yuqoriga qarata ko`tardim, yulduz hovuchimda. Hovuchimdagi yulduzga qarab:
— Yo Olloh! Bismilloh! — deya baqirib butun kuchim bilan pufladim.
Bir parqu kabi havolandi, so`ngra tezlik oldi. Nur tezligida ko`k yuziga qarab ketdi, eski joyiga yetib borib, to`xtadi. O`sha yerdan menga ko`zi bilan imo qilganday bo`ldi, xuddi rahmat aytganday. Voy-bo`o`o`o`!
Kanonning yulduzi yana Kashish tog`ining ustida, yana ilgarigiday porlab turardi.
Ustimdagi og`ir yuk ko`tarilgan edi.
Yulduzga qo`l silkidim, keyin maza qilib hushtak chala boshladim, kelgan yo`limdan chayqala-chayqala orqaga qaytdim.
Uyga yetib kelganimda eshikning oldi tumonat odam edi.
Bir "jip" bor edi va Kanon yana dadamning quchog`ida edi. Hayajon bilan otilib oldilariga bordim. Kanonning ahvoli yaxshi, kulimsirar edi.
— Juda yomon yiqildim, aka,— dedi.
Bo`ynidan quchoqlab bu gal sevinch bilan ho`ngir-ho`ngir yig`ladim.

 

Jahon adabiyoti xazinasidan Mustafo QUTLU,Turkiya

urkchadan Miraziz A’ZAM tarjimasi


Orqaga qaytish