Jahon mamlakatlari

5460 marta o'qildi
Suriya

 Bu davlat Yaqin Sharqda, O‘rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan. Asosiy aholisi – arablar; bu yerda kurdlar, armanlar, ossuriylar va boshqa millatga mansub kishilar ham yashaydi. Poytaxti Damashq – jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri, yirik sanoat, savdo va madaniyat markazi.

(Suriya Arab Respublikasi, SAR)

Maydoni – 185200 kvadrat kilometr.

Aholisi – 17500000 kishi.

 Bu davlat Yaqin Sharqda, O‘rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan. Asosiy aholisi – arablar; bu yerda kurdlar, armanlar, ossuriylar va boshqa millatga mansub kishilar ham yashaydi. Poytaxti Damashq – jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri, yirik sanoat, savdo va madaniyat markazi.

Suriya maydonining katta qismi quruq dasht va chala cho‘llardan iborat. Mamlakat ichki hududlarida dasht tekisliklar bilan unumdor daryo vodiylari almashinib turadi. Mamlakatning sharqiy qismida Suriya cho‘li, g‘arbda baland tog‘ tizmalari joylashgan. Suriyaning hayvonot dunyosi unchalik boy emas. Bu yerda kiyik, chiyabo‘ri, yo‘l-yo‘l sirtlon, dasht bo‘g‘ma iloni, qo‘shoyoqlar uchraydi.

Suriyada juda qadim zamonlardan bug‘doy, arpa, paxta, tamaki ekib kelinadi, meva yetishtiriladi. Tog‘li yerlarda aholi chorvachilik bilan ham shug‘ullanadi. Yer bag‘ridan neft, oltingugurt, fosfat, tosh tuzi va boshqa foydali qazilmalar olinadi.

Iqlimining iliq va yumshoqligi, geografik o‘rnining qulayligi bu mamla­kat­ning juda qadimdan rivojlanishiga imko­niyat yaratdi. Hindistonga boriladigan dengiz yo‘li ochilgunga qadar Yevropa bilan Osiyo o‘rtasidagi savdo karvon yo‘llari Suriya orqali o‘tardi. Suriya hunarmandlari juda qadim zamonlardan beri shi­sha, chinni va fayansdan ajoyib buyumlar yasab kelar edilar. Damashq po‘lati o‘zi­ning mustahkamligi bilan butun jahonga mashhur bo‘lgan.

Suriyaning boyliklari qadimdan chet el bosqinchilari – Misr fir’avnlari, Ossuriya, Bobil, Eron podsholari, yunon sar­kar­dalari, Rim imperatorlari, Yevropa ritsarlarini o‘ziga jalb qilib kelgan.

Yarim ko‘chmanchi amoriylar qabilasi Suriyaning asosiy aholisi hisoblangan. Milodiy 7-asrda Suriyani arablar fath etdilar. Ular bu yerga arab madaniyati va islom dinini olib keldilar. Mamlakat aholisi arab tilida so‘zlashadigan bo‘ldi.

16-asr boshida Suriyani Turkiya bosib olgach, mamlakat to‘rt yuz yil davomida turklar zulmi ostida yashab keldi. 1918-yil Suriyani ingliz qo‘shinlari bosib oldi. 1919-yili esa Angliya-Fransiya bitimiga ko‘ra Suriya Fransiya mustamlakasiga aylandi. Suriya xalqi qo‘liga qurol olib, o‘z ozodligi uchun kurasha boshladi. 1943- yili Suriya mustaqil davlat deb e’lon qi-
li­ndi. 1946-yil 17-aprelda chet el qo‘­shinlari mamlakatni butunlay tark etdi. Shu kun Suriyaning milliy bayrami deb e’lon qi­lindi.

Suriya xalqi sanoat, qishloq xo‘jaligi va madaniyat sohalaridagi qoloqlikni tuga­tib, o‘z mamlakatining mustaqilligini oshirmoqda.

Suriya hududining janubiy qismini Isroil bosib olgan. Hozir shu yerlarni ozod qilish uchun harakat qilinmoqda. Suriya 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari o‘rnatgan.


Orqaga qaytish