Mashxur shaxslar

5528 marta o'qildi
Sharafiddinov Oqilxon

Oqilxon ota Sharafiddinov «Alifbe» kitobini tuzgan mualliflardan biridir.

U Toshkentda dehqon oilasida tug‘ildi. Dastlabki bilimni eski maktabda oldi. Ke­yinchalik...

Sharafiddinov   Oqilxon

(1898 – 1981)

 

Kitob – xazina, bilim – boylik. «Alifbe» kitobi xazinalar kalitidir. Hamma insonlar «Alifbe»ni o‘qib savodli bo‘ladilar.

Oqilxon ota Sharafiddinov «Alifbe» kitobini tuzgan mualliflardan biridir.

U Toshkentda dehqon oilasida tug‘ildi. Dastlabki bilimni eski maktabda oldi. Ke­yinchalik Xo‘ja Ahror madrasasida o‘qidi va muallim bo‘ldi. Uni bir necha yosh o‘qituvchilar bilan To‘ytepa qishlog‘iga ishga yuborishdi. Yosh muallim qishloq bolalarini o‘qitishga kirishdi. U davrlarda maktablar xarob, sharoit yo‘q edi. Lekin Oqil­xon qiyinchiliklarni yengib, o‘z ishini a’lo darajada bajardi.

Bir necha yildan so‘ng Oqilxon Sharafiddinov Toshkentga qaytib keldi va 14-maktabda o‘qituvchilik faoliyatini davom ettirdi.

Maktablarda darslik va qo‘llanmalar yetishmas edi. Oqilxon Sharafiddinov «Alifbe»­, «O‘qish kitobi»ni, o‘quv qo‘llan­malar­ni yaratdi.

Oqilxon ota bolalarni sevadigan, mehribon pedagog edilar. Umrlarini bolalarga baxshida qilib, 70 yoshgacha maktabda ishladilar.

Ustoz, murabbiyning mehnatlari munosib taqdirlandi.

O‘zbekistonda o‘qituvchilar orasida birin­chilardan bo‘lib «Mehnat Qahramoni» degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldilar.

Oqilxon otaning shogirdlari ular boshlagan xayrli ishni davom ettirib, yangi-yangi «Alifbe», «O‘qish kitobi», yuzlab qo‘llanmalar yaratib, ustoz xotirasiga bag‘ishlamoqdalar.

 

 Bolalar ensiklopediyasidan.


Orqaga qaytish