She`rlar va ruboiylar

4707 marta o'qildi
O`rdakcha

Qizil etik kiyganday
Qip-qizil ikki oyoq...
Burni mimitdakkina,
Ikki ko‘zi ko‘zmunchoq.
Yonda mudrardi hovuz,
Pinakka ketgandi suv.
Qarab tursam, to‘satdan
Sakrab, suvga cho‘kdi u.
Qiziq mitti jo‘janing
Dum silkitib sho‘ng‘ishi...

O'rdakcha
Qizil etik kiyganday
Qip-qizil ikki oyoq...
Burni mimitdakkina,
Ikki ko‘zi ko‘zmunchoq.
Yonda mudrardi hovuz,
Pinakka ketgandi suv.
Qarab tursam, to‘satdan
Sakrab, suvga cho‘kdi u.
Qiziq mitti jo‘janing
Dum silkitib sho‘ng‘ishi...
Qachon buni o‘rgangan?
Hayron qolasan, kishi...
Iya, chuvalchang tutib
Chiqdi suvning ichidan!
Suzib kelib, silkindi
Maroqlanib ishidan.
Keyin qirg‘oqqa chiqib,
Lapanglab yurib ketdi.
O‘mrovini ko‘tarib
Qo‘noqqa kirib ketdi.

TIPRATIKAN
Anov kun tipratikan
Yo‘qotib bitta tikan
Boshimizni qotirdi
Ko‘tarib shovqin-suron.
Qotib-qotib kuldi fil:
– O‘zim bo‘laman kafil
Minglarcha tikaning bor,
O‘lmaysan shunga, baxil!

 

Miraziz A’ZAM tarjimalari


Orqaga qaytish