Ota-onalar uchun

4486 marta o'qildi
YAXMALAK UCHISH KELTIRAR TASHVISH

Tinimsiz yog`ayotgan qorlari bilan bolalarga olam-olam shodlik bag`ishlayotgan qish ba`zi bir tashvishlarni ham keltirishi mumkin.

Qish kunlari muzda sirpanishning, mashinalarga osilib "kataysa" qilishning, keng, katta yo`lda konki uchishning gashti bor. Biroq har qanday holatda ham ehtiyot bo`lish, xushyorlikni qo`ldan bermaslik kerak. Aks holda bolaning qo`l-oyog`i sinib qolishi, tos suyaklari lat yeyishi oqibatida sog`lig`iga jiddiy putur yetishi mumkin. 
Bu ko`ngilsizlikning asosiy sababi, ota-onalarning beparvoligi. Ota-ona o`g`li yoki qizini maktabga kuzatayotib, mashina yo`lda sirpanchiq uchmaslikni, katta yo`ldan o`tishda svetoforga rioya qilishni, mashinalarga osilishning yomon oqibatlarini tushuntirmaganligida. O`qituvchilar, ayniqsa boshlang`ich sinf o`qituvchilari o`z o`quvchilariga ko`cha harakati qoidalarini tushuntirishi shart. Negaki, qishda tez qorong`i tushadi, bu paytda maktabdan qaytayotgan bolalar qorong`ilik, ba`zan ehtiyotsizlik tufayli ariqqa yiqilib, quvurga urilib, jarohat olishi mumkin.
Jarohat olgan zahoti shifokorga murojaat qilish zarur. 
Gap shundaki, suyak chiqqan paytda, uning atrofidagi yumshoq to`qimalar, qon tomirlari ham lat yeydi. Ezilgan tomirlardan qon yurmay qoladi, bu esa yurakning ish faoliyatini buzadi. 
Bu yerdagi pay, asab tolalari kasallanadi. Bu ayniqsa, o`suvchi organizm uchun xavfli. Agar suyak noto`g`ri solinsa, oqibati yanada fojeali, chunki, qo`l, oyoq, yoki panjalar qiyshiq bo`lib o`sadi, bola nogironga aylanadi.
Maslahatimiz: agar poyafzalingizni poshnasi yeyilgan yoki silliq bo`lsa, unga dorixona leykoplastridan iks(X) shaklida yopishtirib olsangiz bas, xavfning oldini olasiz. Yana avtobus, tramvaydan shoshilmasdan, zinalar sirpanchiq bo`lsa, eshik tutqichidan ushlab tushing. Ana shunda kumush qish shod-xurramlikda o`tadi.


Orqaga qaytish