Musiqa olami

5307 marta o'qildi
TAVAKKAL QDIRV. (1926-1996)

Tavakkal Qodirov deganda, butun umrini halq hizmatiga bag‘ishlagan, millionlab qo‘shiq shinavandalarining qalblariga quvoncholib kirgan, takrorlanmasovoz sohibi, kamtar inson ko‘zoldimizga keladi. Tavakkal Kodirov 1926 yil 10 iyunda Quva tumanining Sultonobod qishlog‘ida dehqonoilasida tavallud topdi. Ulug‘ insonlarning tug‘ilishi ham o‘ziga xos tarixiy bo‘lar ekan.

TAVAKKAL QDIRV.

(1926-1996)

    Tavakkal Qodirov deganda, butun umrini halq hizmatiga bag‘ishlagan, millionlab qo‘shiq shinavandalarining qalblariga quvoncholib kirgan, takrorlanmasovoz sohibi, kamtar inson ko‘zoldimizga keladi. Tavakkal Kodirov 1926 yil 10 iyunda Quva tumanining Sultonobod qishlog‘ida dehqonoilasida tavallud topdi. Ulug‘ insonlarning tug‘ilishi ham o‘ziga xos tarixiy bo‘lar ekan.

       Hofizningonalari To‘tibuvi sakkiz farzand ko‘rib, birontasi ham turmaganligi sababli, to‘qqizinchi farzandini udumga ko‘ra hovlida, er bag‘rida tug‘ib, «Tavakkal yo erniki bo‘lar, yo meniki» degan umidda farzandining ismini «Tavakkal» deb qo‘ygan ekanlar. Shunday tafsilotlar bilan tug‘ilgan bola ulug‘ hofiz darajasiga etdi. Tavakkal aka sermashaqqat hayot va ijod yo‘lini bosib o‘tdi. Dastlabki musiqiy saboqni quvalik ustozlari G‘ofirjon g‘ijjakchi va Davronbek hofizlardanoladi.

 

      Hofizning qo‘shiqchilikolamiga nazar tashlasak, 50-yillarda yangiovoz, yangi soz bilan bu nurliolamga kirib kelganini ko‘ramiz. An'anaviy qo‘shiqchiligimizni bir daryo deb faraz qilsak, hofiz o‘z uslubi,ovozi bilan bu daryoning katta irmog‘i bo‘lib ajrab chiqdi. Jo‘raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Komiljon taniyozov singari ulug‘ hofizlar yaratib ketgan maktabning davomchisi sifatida o‘ziga xos uslub yaratdi. Hofiz ijodi davomida yuzlab qo‘shiqlar ijroetdi. Qator xalq qo‘shiq va yallalarini alohida uslub bilan ijroetib, ularga ikkinchi umr baxsh etdi. U ijroetgan «Bizni tashlab», «Shunchamidi», «O‘xshaydiku», «Kechaoydin», «Toshkent iroqi», «Suvora», «Naylaram», «Qo‘qon ushshoqi», «Farg‘ona tongotguncha», «Tanovar», «Sayyora», «O‘zbekistonim», «Jonim Farg‘ona», «Feruz I-II» singari qo‘shiqlar unutilmas ijrolardir.

       Ushbu satrlar muallifiga Tavakkal Kodirovga shogird bo‘lib yurish, xizmatini qilish, ustozga bag‘ishlab hayotligida «Tavakkal Kodirov »nomli risola yozish nasib etdi. Ustoz qo‘shiq kuylaganda, xar-bir ijroetgan qo‘shig‘i go‘yo o‘zi uchun yaratganday tuyulardi. Biz bir qo‘shiqni har kuni uch-to‘rt marta eshitsak ham, doim o‘zining yangi bir qirrasi bilan namoyon bo‘laverar edi.

 

      Hofiz ijodida ikki voha yo‘li, Farg‘ona va Xorazm qo‘shiqchilik maktabining uyg‘unlashgan ijrolarini kuzatamiz. Buning sababi, ustozlari Jo‘raxon Sultonov va Komiljon taniyozovlarning ijodlaridan samarali foydalanganligidandir. Ikkala buyuk hofiz sevimli shogirdiga «Feruz» hamda «Qo‘qon ushshoqi» ni aytdirib, zavqlanib shinavandalik bilan eshitishib o‘tirganlarining guvohi bo‘lganman.

       Tavakkal Kodirov uzoq yillar Farg‘ona viloyati o‘zbek musiqali drama teatrida mehnat qildi. 1978 yilda viloyat filarmoniyasini tashkil etib, bir necha yil rahbar bo‘lib ishladi. Hofiz ijodini yorituvchi qator telefilmlar, videofilmlar, gramplastinka yozuvlari, respudlika radiosida ellikdanortiq qo‘shiqlari mavjud bo‘lib, uning ijodi barakali, sermahsul bo‘lganligidan dalolat beradi. Ustozga 1964 yilda «O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan artist», 1989 yilda esa «O‘zbekiston halq artist» degan yuksak unvonlarning berilishi, Farg‘ona davlat universitetining professori deb tanolinishi o‘zbek san'atioldidagi hizmatlarining dalolatidir. Ustoz etmish yil umr ko‘rib, umrlarining so‘ngi kunlarida ham ajoyib bir pokizalik ruhan tetiklik bilan 1996 yil 13 aprel kuni vafot etdi. Farg‘ona shahar Sirpo‘shota qabristoniga dafn qilingan. Ha, inson umrining sarhadlari bepoyon, ayniqsa qo‘shiqolamining bepoyon kengliklarida san'atkor qalbining torlari jaranglab aks-sadoberib turuvchi hilqatdir. O‘zbekiston halq shoiri Muhammad Yusuf (olloh rahmat qilsin) ustozga atab yozgan she'ridagi quyidagi misralar fikrimizning dalilidir:

 

Men ketarman qolmagay tilla taxtu ko‘shklarim

Menga bu dunyoda chin keltirdi baxt qo‘shiqlarim

O‘zbegim uyida yangrar hamma vaqt xonishlarim

Gul o‘pib, gul yopinib har dilda mozorim qolur

Men ketarman bir kuni navolarim, zorim qolur...

 

Ushbu misralar ustozning qabr toshiga yozilgan bo‘lib, mangulikka dahldordir.


Orqaga qaytish