Matbuot xizmati

4949 marta o'qildi
BEBAHO XAZINA

Respublika bolalar kutubxonasi direktori D.O`rolov bilan bo`lib o`tgan suxbat.

Bozorlarda kiyim sotiladigan rastalarda aylanishga qiziqmayman. Kitob do'konlariga, kutubxonalarga kirganimda zavqlanaman. Chunki, kitob o'qish jon-u dilim.   Respublika bolalar kutubxonasi direktori Doniyor aka O’rolov bilan suhbatimiz aynan kitoblar haqida bo'lgani ham bejiz emas.

-  Doniyor aka, siz chindan ham bebaho xazinalar ichidasiz?

- Kitobga mehr qo'ygan bolalarni ham xuddi shunday degan bo'lardim. Aytsam, balki ishonmassiz, bugungi kunda maskanimizga bog'cha yoshidagi kichkintoylar ham kelishyapti. Maktab o'quvchilari va talabalarning-ku, qadami uzilmaydi. Ularning soni bugungi kunda 13 mingga yaqin.

-  Aytingchi, kitobsevar bolajonlarimiz uchun kitoblar yetarlimi?

-  Kutubxona fondida 220 mingdan ziyod adabiyotlar va 100 dan ortiq boshqa nashrlar mavjud. Bolalar yoshiga mos kitoblarning hisobga oluvchi badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop nashrlar, ensiklopediya, jumallar, gazetalar, SD, DVD va video tasmalargacha bolajonlarimiz ixtiyorida.

-  Eng faol kitobxonlardan kimlarni bilasiz?

-  0'-ho', ular juda ko'pchilik. Shunday bolalar borki, kutubxonamizga oilalari bilan a'zo bo'lganlar. Shahrimizdagi 50-, 64-, 17-, 145-maktab o'quvchilarini faollar ro'yxatiga bemalol kirita olamiz.

- Yangi saytingiz bilan bizni ham tanishtirsangiz.

- Mustaqilligimizning 20 yilligi munosabati bilan yosh kitobxonlarga sovg'a tariqasida kutubxonaning rasmiy kitob.uz sayti ish boshladi. Mazkur sayt turli yo'nalishlarni o'z ichiga oladi.   Jumladan, saytimizda o'zbek va jahon adabiyoti, topishmoqlar, she'r, hikmatlar, ertaklar, uslubiy qo'llanmalar-u, tavsiyanomalargacha mavjud. Bugungi kunda saytimizdan foydalanuvchilar soni 30. 312 nafarni tashkil etmoqda.

Suhbatdosh: Madina MIRZAQOBILOVA,

O'zDJTU talabasi 30-yanvar   2012


Orqaga qaytish