Hikoyalar

4931 marta o'qildi
QORNING ACHCHIG'I CHIQDI

Keng, yorug' sinfda jimjitlik hukmron, faqat goho qog'ozlarning shitirlashi-yu, kimningdir chuqur xo'rsingani quloqqa chalinadi.

QORNING ACHCHIG'I CHIQDI

(Hikoya)

Keng, yorug' sinfda jimjitlik hukmron, faqat goho qog'ozlarning shitirlashi-yu, kimningdir chuqur xo'rsingani quloqqa chalinadi.

O'n ikki yoshli Po'latbek xomush o'tirar, tunov kungi voqeadan so'ng otasining oldida boshini ko'tarolmaydi. O'sha kuni dala kumush qorga burkangan, quyosh charaqlab, atrof oppoq yorishgan edi. Po'latbek otasi bilan dalani kezib yurar, xo 'jalik

 a'zosi Mardonboy qurigan daraxtlarni qizil latta bilan belgilab bormoqda edi.

- O'g’lim, otni olib keling! - deya buyurdi otasi.

Po'latbek bu paytda ko'kqarg'ani poylab, qo'lidagi cho'zma bilan olishga shaylanib turardi, beixtiyor og'zidan noo'rin gap chiqib ketdi:

-  E-e men bormayman!

Mardonboy unga o 'qrayib qaradi:

-  Otaga ham shunaqa deydilarmi? Qaysi muallim senga bunday tarbiya beryapti?

Po'latbek duv qizargancha joyida qoldi. Otasidan tarsaki yeydi hali!

Birozdan so'ng osmonni bulut qoplab, izg'irin shamol turdi.

Qor bo 'ronidan dala oppoq ko 'rpa to'shalgandek edi.

Uyga qaytar chog'ida otasi Karim fermer bosiq ovozda:

-  Qorning ham achchig'i chiqdi, o'g'lim, Mardonboyning oldida zap uyatga qoldirdingiz-da bizni! - dedi. Boshqa hech narsa demadi.

Po'latbekning yuragiga nina sanchilgandek bo'ldi-yu, to'pig'igacha achishtirib yubordi...  

Muallima Gulchiroy opa uning boshida tik qotdi:

-  Erkin mavzuda insho. Xohlagan mavzuingizda yozing, Po'latbek!

U aybdor boladek bo'ynini ichiga tortdi:

- Otam haqida yozsam bo 'ladimi, ustoz?

- Juda yaxshi, yozing!

-  Po'latbek oq qog'ozga muk tushdi. Bir kitobdan farzandning ota oldidagi burchi haqida o'qigan edi. Ana shundan foydalansa, qanday bo'larkin? Endi ustozdan so'rashga iymandi, lekin yuragi orziqib, jo'shqinlik bilan yoza ketdi. O'sha kungi voqeani misol keltirdi, hech nimani yashirmadi va bu voqea unga bir umrlik saboq bo'lganini ham yozdi. Farzandning ota oldidagi burchlariga alohida to'xtaldi. Demak, ota farzandini chaqirsa, doimo «labbay» deb javob berish, biror ish buyursa, itoat etish, unga muloyimlik bilan gapirish, otini aytib chaqirmaslik, oldidan kesib o'tmaslik, ota o'tirgan uyning tomiga chiqmaslik, keksaygan chog'ida moddiy ta'minlash, sog'lig'idan doim xabardor bo'lib turish lozim, deb yozdi. So'ng «men bir umr ana shu qoidalarga rioya qilishga va'da beraman» degan gapni ham qo'shib qo'ydi.

«Yananimaniyam qo'shimcha qilish mumkin?» - deya o'ylab turganida, Gulchiroy opa yoniga keldi va: «Yozyapsizmi?» deb so 'radi. U beixtiyor maqtandi:

-  Yozib bo'ldim, mana ko'ring! - dedi va inshosini ustozning qo'liga tutqazdi.

Gulchiroy opa inshoni yurib o'qidi: goh qoshi chimirildi, goh kiyik ko'zlari kuldi. Birozdan so 'ng:

-   Bolalar, Po'latjon inshoni juda yaxshi yozibdi, menga yoqdi, -dedi va uni ovoz chiqarib o 'qib herdi.

Hamma Po'latjonga qaradi. U qip-qizargan bo'lsa-da, ancha yengil tortgandek edi.

Gulchiroy opa hazil aralash:

 


Orqaga qaytish