O'zbekiston tarixi

4487 marta o'qildi
Qadimgi Toshkent

Toshkent- O’zbekiston Respublikasi poytaxti, Toshkent viloyati markazi.Markaziy Osiyoning yirik shaharlaridan biri . Shaharda 11 tuman va 1 ta shaharcha (Ulug’bek) bor.

Yozma manbalarda keltirilishicha , Toshkentning qadimgi nomi Choch bo’lgan. Toshkent arablar tasarrufiga o’tgach , arab alifbosida “ch” harfining yo’qligi bois arabiy asarlarda Shosh deb yuritilgan. Beruniy o’zining “Hindiston “ asarida Toshkent nomining kelib chiqishi to’g’risida so’z yuritib, “tosh” so’zi asli turkcha bo’lib, Shosh ko’rinishini olgan. “Toshkand- toshli qishloq demakdir” –deb izohlaydi.

13-14 asrning 1- yarmida Toshkent viloyati Chig’atoy ulusi tarkibida, 14 asrning 2- yarmi va 15 asrning 80 yillarigacha Toshkent Amir Temur va Temuriylar tarkibida bo’ldi. 1404 yilda Ulug’bek ixtiyoriga mulk tarzida berildi. Bu davrda shahar voha bilan dasht chegarasidagi kuchli qal’aga aylandi, uning xududi kengaydi, ishlab chiqarish, savdo , madaniyat rivojlandi. Registon, Shayxontohur ansamblidagi maqbaralar , Jome masjidi va boshqalar qurildi.

16 asrda Toshkent yanada obodonlashdi. Shahar yangi devor bilan o’raldi. Me’morlik obidalari qad ko’tardi,ularning ayrimlari : Shayx Xovandi Tohur maqbarasi ,Ko’kaldosh madrasasi , Baroqxon madrasasi bizning davrimizgacha yetib kelgan

Hozir Toshkent O’zbekiston Respublikasining siyosiy markazi hamdir. Bu yerda Respublikamiz Prezidentining Qarorgohi , O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek , ijtimoiy harakat va partiyalarning va boshqa jamoat tashkilotlarining markazlari , chet el elchixonalari , BMT ga qarashli tashkilotlar vakolatxonalari joylashgan.

1991 yildan boshlab Toshkentdagi Markaziy maydon Mustaqillik maydoni deb atala boshladi. Shahar markazidagi eng katta xiyobon Amir Temur nomi bilan atalib, Sohibqironga haykal o’rnatildi va temuriylar davri tarixi davlat muzeyi qurildi. Shaharning olimlar yashaydigan dahasidagi maydonlardan biriga Mirzo Ulug’bekka haykal qurildi.

Toshkent O’zbekistonning madaniy markazidir . Bu yerda juda ko’plab universitetlar, institutlar, maktab va bog’chalar , teatrlar, istirohat bog’lari, sirk va boshqalar bor.

Toshkent O’rta Osiyodagi eng yirik transport chorrahasi, aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharda temir yo’l vokzali, 2 aeroport, avtovokzal , avtostansiyalar ishlab turibdi.

Toshkendagi ziyoratgoh joylardan Shayx Zayniddin , Cho’ponota, Kaffol Shoshiy , Xo’ja Alambardor maqbaralari mavjud.

Toshkenda ko’plab kasalxonalar, sport inshoatlari mavjud. Toshkentning asosiy televizion minorasi Yunusobod tumani xududida joylashgan.


Orqaga qaytish