Bilasizmi?

4938 marta o'qildi
Toshkentning to`rt dahasi

“Daha” so’zi qadimda shaharning o’n mahallasini o’z ichiga olgan ma’muriy xududni anglatgan. Keyinchalik shahar rivojlanib, “daha”lardagi mahallalar soni o’ntadan oshib ketgan bo’lsa ham “daha” atamasi ma’muriy birlik, tuman ma’nosini anglatadi.

Beshyog`och – Toshkentning “daha”laridan biri. Nomi besh og’och – besh daraxt so’zidan olingan. Qadimda turkiy xalqlarda “besh”muqaddas son sanalgan. . . Shuning uchun Beshterak, Beshkent, Beshqayrag’och, Beshkapa nomli qishloq va mahalla nomlari ko’p uchraydi.
Beshyog’och dahasi shaharning janubiy qismida joylashgan. Yozma asarlarda Zangiota dahasi deb ham atalgan.
Muhammad Solihxo’ja domla Rahim Qoraxo’ja o’g’lining “Tarixi jadidayi Toshkand” – “Toshkentning yangi tarixi” asarida “Beshyog’och” dahasi shunday nom bilan atalgan.

Buning sababi – Zangiota o’sha dahada dafn etilgan. Shayx Oyxo’ja ibn Toshxo’ja – Zangiota nomi bilan mashhur bo’lgan.

Sebzor– Daha nomi forsiy “seb”- olma so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “Sebzor”, “Olmazor” degan ma’noni bildiradi. Shaharning eng kichik dahasi. Shimoliy hududda joylashgan.
Hazrat Imom Qaffoli Shoshiy maqbarasi shu yerda. Xalq bu qadamjoning nomini qisqartirib Xastimom deb talaffuz qiladi. Abu Bakr Qaffoli Shoshiy 903-976-yillarda yashagan.
U kishi dunyoda mashhur shayx bo’lgan. Kaykovus nomi bilan atalgan katta bog’ bo'lib, u yerda shoiru allomalar go’zal mushoiralar o’tkazishgan.
Mashhur Baroqxon madrasasi ham shu dahada.

Shayxontohur – bu daha shaharning sharqida edi. Nomi shayx Umar Bog’istoniyning o’g’li shayx Xovandi Tohur sharafiga qo’yilgan. U kishi 1359- yilda vafot etgan.
Yunusxo’ja hukmronligi davrida ( XVII asrning 80-yillari) daha yangi mudofaa o’rda devorlari bilan o’ralgan. O’rda qurilgan.
Bosqinchilar hujumlarinatijasida o’rda va devorlar vayron etilavergan. Xalq mehnat qilib,qaytadan quravergan.
Shayx Xovandi Tohur maqbarasi katta ziyoratgoh joy bo’lgan.

Ko`kcha – Bu dahaning nomi kohak, qohcha so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida qal’acha degan ma’noni anglatadi, shaharning g’arbiy qismida joylashgan, Imom Shayx Zayniddin ( taxminan XIII asrda yashagan ) mozori shu dahada ekanligi uchun “Shayx Zayniddin dahasi” deb ham ataladi. Aholisi ko’nchilik, kosibchilik va to’qimachilik bilan mashg’ul bo’lgan.
 
Oqsaroy - Toshkendagi zamonaviy me’moriy inshoat. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorgohi.Binoning me’mori To’xtayev. Qabulxonada mehmonlar qabul qilinib, o’zaro muzokaralar olib boriladi. Majlislar zali, dam olish va xizmatchilar xonalari va qo’shimcha xonalar mavjud.Xonalar turlicha loyihalashtirilganligiga qaramay, ixcham va bir-biri bilan hamohangdir. Oddiy geometrik shakllardan tashkil topgan bino tarzi juda xashamatli ko’rinadi. Oppoq ko’rkam va mahobatli ko’rinishga ega. Sathi katta o’lchamdagi tosh bo’laklari bilan qoplangan. Atrofi manzarali daraxt, gulzor va favvoralar bilan bezatilib, ko’kat chimlar yotqizilgan, shamchiroqlar o’rnatilgan.


Orqaga qaytish