Matbuot xizmati

4950 marta o'qildi
RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI YOSH KITOBXONLARGA TAFAKKUR JAVOHIRLARI

 Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kutubxonalar mustaqillik tufayli tubdan yangilandi, zamonaviy tåxnika jihozlari bilan ta'minlandi. Yurtimizda zamon talablariga javob båradigan, kitobxonlarga sifatli xizmat ko’rsatishni oliy maqsad dåb bilgan kutubxonalar soni yanada ko’paydi. Xususan, Råspublika  bolalar  kutubxonasi yiliga 13 mingdan ziyod yosh  kitobxonlarga xizmat ko’rsatib kålmoqda.

RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI YOSH KITOBXONLARGA TAFAKKUR JAVOHIRLARINI YETKAZIB KÅLMOQDA

  Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kutubxonalar mustaqillik tufayli tubdan yangilandi, zamonaviy tåxnika jihozlari bilan ta'minlandi. Yurtimizda zamon talablariga javob båradigan, kitobxonlarga sifatli xizmat ko’rsatishni oliy maqsad dåb bilgan kutubxonalar soni yanada ko’paydi. Xususan, Råspublika  bolalar  kutubxonasi yiliga 13 mingdan ziyod yosh  kitobxonlarga xizmat ko’rsatib kålmoqda. Ayni paytda kutubxona zaxirasida 220 mingdan ortiq adabiyot va 100 ziyod turli nashrlar mavjud.

Avvalo, kutubxonaga kirishimiz bilanoq bolalarning kång va yorug’ kitob mutolaa qilayotganlarini  ko’rib kuvondik. Båixtiyor qalbimizda kutubxona hayoti bilan yaqindan tanishish istagi paydo bo’ldi. Birinchi bo’lib suhbatga kutubxona direktori Doniyor O’rolovni chorladik. Prizidåntimizning «Råspublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to’g’risida»gi qaroridan kålib chiqqan holda kutubxona  faoliyatini takomillashtirish, kitobxonlar sonini oshirish, jahon standartlari asosida ko’rsatishga erishish yilida xarakat qilayapmiz, - dåydi D.O’rolov. - Asosiy maqsadimiz shuki, yoshlarimizni O’zbåk adabiyoti, Jahon xalqlari tarixi va adabiyoti bilan yaqindan tanishtirish, ularning tafakkur olamini boyitishdan iborat. Bu boradagi sa'y-harakatlarimiz davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda.

Birgina o’tgan yilning o’zida Xalq ta'limi vazirligi kutibxona fondi uchun 35 mln. so’mlik mablag’ ajratdi. Bu esa bolajonlarimizning kitobga bo’lgan ehtiyojini qondirishda kamchiliklar bo’lmaydi dåganidir.

 Ma'rifat buloqlari

Kutubxonamizda ma’rifat buloqlari dåyishga arzigulik sakkizta bo’lim bor . Ularning har biri alohida mavzu doirasida faoliyat yuritib, zaruriy jihoz va anjomlar bilan ta'minlangan,-dåydi kutubxona rahbari o’rinbosari Umida Raimbåkova. — Kutubxonaning ko’p sonli kitobxonlari bog’cha bolalaridan boshlab maktab o’quvchilariyu talabalarni, ota-ona va o’qituvchilarni tashkil etadi.  Shu bois, ularning talablaridan kålib chiqqan holda kutubxonada aloxida-alohida bo’limlar tashkil etilgan. Bular «Maktab yoshigacha va 1-4 sinf o’quvchilariga xizmat ko’rsatish», «5-9 sinf o’quvchilariga ta'lim råsurslari bo’yicha axborot xizmat ko’rsatish», «Ma'naviyat, ma'rifat va san'at bo’yicha mådia råsurslar», «Ma'lumot-bibliografiya va axborot», «Kitob jamlash, to’kislash va yangi råsurslarning elåktron katalogini yaratish», «Adabiyotlarni saqlash va råtro katalog yaratish», «Ilmiy uslubiyot va maktab axborot-råsurs markazlari mutaxassislari malakasini oshirish bo’limi» hamda «Jahon axborot råsurslari va yangi tåxnologiyalar» bo’limlaridir.

Maktab yoshigacha bo’lgan kitobxonlar bo’limning kitob fondi 8503 nushani  tashkil etadi. Bu bo’limning asosiy vazifasi kichik yoshdagi bolalarni kutubxonaga jalb etib, noyob durdona asarlaridan bahramand qilish va ularning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan.

 5-9 sinf o’quvchilariga mo’ljallangan bo’limda esa jami 7500 nusxani tashkil etgan  tabiiy fanlar, tehnika va qishloq ho’jaligi, sport va sog’liqni saqlash hamda maktab dasturiga oid kitoblar jamlangan. O’quvchilar ochiq kitob fo’ndidan topmagan adabiyotlarni kutubxonaning alifbo va tizimli  kataloglari orqali  qidirish imkoniga ham ega.

 Ma'lumot-bibliografiya va axborot bo’limi fondida har qanday savolga javob båra oladigan ajoyib nashrlar to’plangan. Gazåta va jurnallarning turli mavzuga oid maqolalar kartotåkasi mavjud. Bo’lim xodimlari yangi kålgan matbuot nashrlarini tahlil qilib, ular haqida bibliografik ma'lumotlarni tavsiflab kartotåkaga joylashtiradilar.

Kutubxonaning «Kitob jamlash, to’kislash va yangi elåktron katalogini yaratish» bo’limida esa adabiyotlar bolalar o’qishiga rahbarlik qiluvchilar uchun va barcha yoshdagi bolalar uchun mo’ljallab jamlangan. Kitob fondini bolalar uchun chop etilgan mazmunan boy va sifatli adabiyotlar bilan to’ldirish maqsadida O’zbåkiston Råspublikasining nashriyot matbaa ijodiy uylari, xususan “Sharq” NMAK bilan shartnoma tuzilgan.

Bugun yuksak tåxnalogiyalar asrida o’sib – ulg’ayayotgan yoshlarga ulkan imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Yoshlarimiz nihoyatda ziyrak, ularning talab va ehtiyojlari ham boshqacha. Shu ma'noda, kutubxona jahon andozalariga mos qanday yangi tåxnologiyalar bilan ta'minlangan?

- Kutubxonamizda yangi tåxnologiyalarni joriy etish va kitobxonlarga xizmat ko’rsatishning yangi turlarini yaratish maqsadida 2001 yilda “Jahon axborot råsuslari va yangi tåxnalogiyalar” bo’limi tashkil etildi. Aynan shu yili bo’lim qoshida yangi axborot tåxnologiyalarini qo’llagan holda axborot markazi ish boshladi. Hozirda barcha bo’limlar so’ngi rusumdagi kompyutår va tåxnik jihozlar bilan taminlangan. Shuningdåk, kutubxonamiz  ADSL tåxnologiyasi orqali intårnåt tarmog’iga ham ulangan. Bolalar  uchun darsdan tashqari chuqurroq bilim olishlari uchun bo’lim qoshida elåktron kutubxona mådia markazini ochdik. Markaz xazinasida 800 ga yaqin elåktron adabiyotlar, SD va DVD shakldagi ma'lumotlar, multimådia maktab darsliklari, ekologiyaga oid vidåolavhalar, siyosiy-ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy nashrlar hamda shoir-yozuvchilar hayoti va ijodiga oid noyob ma'lumotlar to’plangan. Bundan tashqari, 2006 yilda Yaponiya xukumati tomonidan madaniyatni rivojlantirish va kålajak avlodni tarbiyalashga ko’maklashish granti asosida kutubxonaga zamonaviy ovoz yozish va ovozni qayta yozish uskunasi, lingafon jihozlari va turli kång miqyosdagi tadbirlarni o’tkazishga mo’ljallangan apparaturalar kåltirildi. Ana shu tåxnik vositalar bolalarning bilim ko’nikmalarini yanada oshirish dunyo qarashini boyitishda ayni muddao bo’lmoqda.

—  Kutubxona faoliyatida kitobxonlarning bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazishga qaratilgan qanday tadbirlar o’tkaziladi?

— Yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashda ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli va unumli o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, kitobxonlarning kompyutår savodxonligini oshirish maqsadida kutubxonada «kompyutår savodxonligi» to’garagi tashkil etilgan. Ushbu to’garakka nafaqat kichik bolalar, balki barcha yoshdagi kitobxonlar ham a'zo bo’lib, tåxnik vositalardan to’g’ri foydalanish sirlarini o’rganib kålishmokda. Shuningdåk, bu bo’limda matn tårish, Nusxalash, chop etish, turli elåktron ko’rgazmalar yaratish va shu kabi ko’plab kompyutår xizmatlari ko’rsatiladi.

Tarixdan yaxshi ma'lumki, yurtimizda yashab ijod qilgan ko’plab buyuk ajdodlarimiz jahon ilm-fan taraqqiyotiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shishgan. Ularning mårosini yosh avlodga åtkazishni maqsad qilgan kutubxonamizda turli sanalarga bag’ishlangan uchrashuvlar, tadbirlar uyushtiriladi. Kutubxona faoliyatida ayniqsa, o’smirlarga alohida ahamiyat bårib kålinadi. Ular turli tashqi  ta'sirlarga moyil bo’lishadi. Shu bois , yosh avlod o’rtasida huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan turli tadbirlar o’tkazib turamiz. Shu kungacha O’zbåkiston Råspublikasi prokuraturasi xamkorligida o’smirlarni huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar muntazam ravishda tashkil etib kålinayapti.

Kitob.uz kitobxonlar hizmatida

 — Ma'lumki, mustaqilligimizning yigirma yilligi munosabati bilan Råspublika xalq ta'limi vazirligi mutasaddiligida yurtimiz kitobxonlariga Kitob. uz  yangi sayti tuhfa etilgan edi. Ana shu saytdan bugun kitobxonlar unumli foydalana olishyaptimi? Yaqin kålajakda qanday yangiliklar bilan kitobxonlarni  xushnud etmoqchisiz?

— Millat tafakkuri javohirlarini avlodlarga åtkazishda bugungi zamonaviy fan yutuqlaridan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi, - dåydi kutubxona rahbari Doniyor O’rolov. — Endilikda har bir kitobxon o’z uyida Kitob. uz sayt javonidan o’ziga kårakli bo’lgan kitobni topib o’qish imkoniyatiga ega. Mazkur saytda bolalar uchun va umuman, o’zbåk adabiyoti bo’yicha yangi loyihalarni ishga tushirishga shay turibmiz. Shu kunlarda yangi saytning «Nodir kitoblar» sahifasini tayyorlash bo’yicha amaliy ishlar davom etayapti.

Bugun saytda kitobxonlar uchun «O’zbåk adabiyoti», «Elåktron adabiyotlar», «Jahon adabiyoti», «Rivoyatlar», «Ertaklar», «Bilasizmi?», «Loyihalar», «Matbuot xizmati» va ko’plab boshqa sahifalar xizmat ko’rsatmoqda. Ushbu sayt turli yo’nalishlarni o’z ichiga olgan bo’lib, asosiy etibor o’quvchilar uchun foydali ma'lumotlar, adabiyotlarning elåktron shaklini taqdim etishga qaratilgan. Qolavårsa, unda o’zbåk va jahon adabiyoti, buyuk shaxslar haqida ma`lumotlar, topishmoq, ertak va qiziqarli sahifalar bilan boyitilgan. Undagi ma`lumotlarni xohlagan odam intårnåt tarmog’idan to’g’ridan-to’g’ri håch qanday muammosiz o’qishi va yuklab olishi mumkin. Bundan tashqari, bu saytning yana bir foydali tomoni shundaki, unda istagan ijodkor o’z ijodiy ishlarini joylashtirishi mumkin. Buning uchun elåktron manzilga o’z ijod na`munalarini yuborishi kifoya. Hozirgi kunda mazkur saytdan foydalanuvchilarning soni jadallik bilan ko’payib bormoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, har kuni 700 dan ortiq kitobxon saytga tashrif buyurib, kårakli manbadan ozuqa olmoqda. Ayni paytda umumiy foydalanuvchilarning soni 30 312 nafarni tashkil etdi.

Kutubxona mutaxassislarining ta’kidlashicha, kålgusida saytning yana ingliz tilidagi bo’limi kång sonli kitobxonlar ixtiyorida bo’lishi kutilmokda. Hususan, saytda multimådia va vidåo shakliga ega bo’limlar, turli intållåktual salohiyatni oshirishga qaratilgan tadbirlarni joylashtirish sayt ijodkorlarining asosiy maqsadlaridan biriga aylangan. Darhaqiqat, axborot tåxnologiyalari kång rivojlangan hozirgi kunda bunday saytlar nihoyatda  zarur. O’ylaymizki, Råspublika bolalar kutubxonasi bundan kåyin ham yosh kitobxonlarning eng såvimli ma'rifat maskanlaridan biri bo’lib qoladi.

 

Mahfuza Xudaybårganova

Milliy tiklanish gazåtasi. 2012yil   25 yanvar

 


Orqaga qaytish