Ertaklar

5123 marta o'qildi
Ilonning ishi zahar solmoq

Bir cho‘pon daladan qaytayotganda, katta ariqning narigi yog‘idagi to‘qayga o‘t ketganini ko‘ribdi. Bir vaqt suv bo‘yiga kelib qarasa, qamish ichida bir katta ilon vishillab kuyib ketayotgan emish. Cho‘ponning rahmi kelibdi, qo‘lidagi uzun tayoqning uchiga xaltani boylab ilon tomonga uzatibdi. Ilon jon holatda o‘zini xaltaga uribdi, cho‘pon xaltani tortib olib, og‘zini ochibdi, ilonni yerga tushiribdi. Shu payt cho‘ponning oyog‘iga chirmashib olibdi. Cho‘pon hayron bo‘lib:

Ilonning ishi zahar solmoq

 

Bir cho‘pon daladan qaytayotganda, katta ariqning narigi yog‘idagi to‘qayga o‘t ketganini ko‘ribdi. Bir vaqt suv bo‘yiga kelib qarasa, qamish ichida bir katta ilon vishillab kuyib ketayotgan emish. Cho‘ponning rahmi kelibdi, qo‘lidagi uzun tayoqning uchiga xaltani boylab ilon tomonga uzatibdi. Ilon jon holatda o‘zini xaltaga uribdi, cho‘pon xaltani tortib olib, og‘zini ochibdi, ilonni yerga tushiribdi. Shu payt cho‘ponning oyog‘iga chirmashib olibdi. Cho‘pon hayron bo‘lib:

— Nima qilmoqchisan? — deb so‘rabdi ilon.

— Men seni chaqaman, — debdi. Cho‘pon:

— Men yaxshilik qilib seni o‘limdan qutqardim-ku, senga yaxshilik qilgan odamni chaqasanmi?—debdi. Shunda ilon:

— Men bilmayman, mening vazifam chaqish, zahar solish, menda bundan boshqa hunar yo‘q, — debdi. Cho‘pon:

— To‘xta, bo‘lmasa, birorta odamdan «yaxshilikka yaxshilikmi yoki yomonlikmi?» deb so‘rayman, u nima desa, o‘shanga qarab ish tutamiz, — debdi.

Cho‘pon yo‘lda davom etibdi. Ilon esa cho‘ponning oyog‘iga chirmashib ketaveribdi. yo‘lda o‘tlab yurgan bir oriq sigir duch kelibdi. Shunda cho‘pon:

— Ey sigir, yaxshilikka yaxshilikmi yoki yomonlikmi? — deb yeo‘rabdi. Sigir javob beribdi:

— Albatta yaxshilikka yomonlik. Men yoshligimda har kuni uch mahal sut berardim. Xo‘jayinim yaxshi ko‘rar edi. Endi men qaridim, sut bermay qo‘ydim, oriqladim. Ertaga meni qassobga sotish uchun bozorga olib boradilar, — debdi. Shunda ilon:

— Ana, mening aytganim to‘g‘ri chiqdimi?! Endi seni chaqaman, — debdi. Cho‘pon:

 — Yana bir so‘raymiz, keyin chaqsaig ham mayli! — debdi. Ular yo‘lda bir olma daraxtiga duch kelishibdi. Olma daraxtining shoxlari singan, tagi to‘la tosh, kesak ekan. Cho‘pon olma daraxtidan so‘rabdi:

— Ey daraxt, yaxshilikka yaxshilikmi, yoki yomonlvkmi? Daraxt:

— Ey, do‘stlar, albatta yaxshilikka yomonlik. Masalan, meni oling, yoshligimda ko‘p meva berar edim, o‘tgan-ketgan odam tosh otib, bolalar ustimga chiqib shoxlarimni sindirib shu ahvolga solishdi. Endi meni kesib o‘tin qilishmoqchi. Bu yaxshilikka yaxshilikmi? — debdi. Ilon:

— Ana, eshitdingmi, endi chaqaman, — debdi. Cho‘pon:

— Yo‘q, yana biror kishidan so‘raylik, — debdi. Yo‘lda ketishayotsa, bir tulki uchrabdi.

— Hoy tulki, to‘xta, bizlar sendan bir savol so‘ramoqchimiz? — debdi cho‘pon.

Tulki to‘xtab qarasa, bir katta ilon odamning oyog‘iga chirmashib «chaqaman» deb yopishib turgan emish. Tulki:

— Nima gap? —  deb goh ilonga, goh cho‘ponga qarabdi. Cho‘pon so‘z boshlabdi:

— Ey tulkivoy, men mana bu ilonni o‘limdan kutqarib qolgan edim. Endi u esa, meni chaqmoqchi, shu ham insofmi? — debdi. Tulki:

— Qanday qilib uni o‘limdan qutqarding? —  deb so‘rabdi.

— To‘qayga o‘t tushgan edi. O’t ichida ilonni ko‘rib rahmim keldi, bir yog‘ochning uchiga mana bu xaltani bog‘lab ilon tomon uzatdim, u xaltaga kirdi, tortib oldim, — deb javob beribdi. Shunda tulki qah-qah urib kulib yuboribdi, cho‘ponga:

— Shu kichkina xaltaga katta ilonning siqqaniga men hayron bo‘lib kulib yubordim, — debdi. Ilon «ha, men sig dim», — debdi. Tulki:

— Bo‘lmasa, yana xaltaga tushib ko‘r-chi, sig‘armikansan yoki yo‘qmi? —  debdi. Ilon maqtanib:

— Mana ko‘r, men sig‘aman, — deb cho‘ponning xaltasiga kiribdi. Tulki cho‘ponga ko‘zini qisib:

— Xaltaning og‘zini mahkam bog‘la, ko‘tarib aylantirib yerga ur! — debdi.

Cho‘pon tulkining aytganini qilib, ilondan qutulibdi. Yana o‘z ishiga ravona bo‘libdi.


Orqaga qaytish