Hikoyalar

5302 marta o'qildi
QORAVOY

Sarvarning Chipor tovug'i to'qqizta jo'ja ochdi. Jo'jalarning sakkiztasi sap-sariq, bittasi qop-qora. Chipor tovuq jo'jalarining hammasini birday yaxshi ko'radi. Ayniqsa, qora jo'ja sho'x. Sarvar unga qoravoy deb nom qo'ydi. O'sha Qoravoy onasining ustiga chiqib sakrashni, ustidan umbaloq oshishni yaxshi ko'radi. Chiporga ham uning sho'xliklari yoqadi shckilli, indamaydi.

QORAVOY

Sarvarning Chipor tovug'i to'qqizta jo'ja ochdi. Jo'jalarning sakkiztasi sap-sariq, bittasi qop-qora. Chipor tovuq jo'jalarining hammasini birday yaxshi ko'radi. Ayniqsa, qora jo'ja sho'x. Sarvar unga qoravoy deb nom qo'ydi. O'sha Qoravoy onasining ustiga chiqib sakrashni, ustidan umbaloq oshishni yaxshi ko'radi. Chiporga ham uning sho'xliklari yoqadi shckilli, indamaydi.

—  Sarvar, jo'jalarga ehtiyot bo'l. Kalxatdan, mushukdan qo'riqla. Onasidan adashib, tashqariga chiqib ketmasin, — tayinladi onasi ishga otlanayotib.

—   Xo'p bo'ladi, palaxmonimni olib hovlida o'tiraman. Kalxat ko'runguday bo'lsa, ta'zirini beraman, — maqtandi Sarvar.

Oyisi darvozadan chiqishi bilanoq Sarvar tovuqxona eshigini ochdi. Cho'ntagiga solib olgan oqshoqni yerga sochdi: «Ma, chip-chip». Onasining bag'rida yotgan jo'jalar chiyillagancha otilib chiqib. donga yopirilishdi. Chipor bolalarini Sarvardan qizg'andi shekilli o'zicha o'dag'aylab, oyoqlarini jahl bilan silkitib-silkitib Sarvarga tashlandi.

—   lye, hali sen meni cho'qimoqchimisan, ahmoq, — Sarvar tovuqxona burchagida yotgan uzun, ingichka cho'pni olib Chipor tovuqqa do'q qildi. Chipor endi jo'jalariga qarab boshini sarak-sarak qilib qoqog'ladi. Jo'jalar xuddi biron xavfhi sezganday cho'qiyotishgan donlarini ham tashlab onalari pinjiga suqilishdi. Yolg'iz qora jo'jagina sekin-sekin eshik tomonga o'tdi. Qiya ochiq qolgan eshikdan sezdii-may tashqariga chiqdi.

—  Voy-bo', atrof buncha yorug' va keng. Mazza qilib o'ynasa, yemish izlasa bo'ladi, — o'yladi Qoravoy,— qiziq nega oyim endi buyoqqa chiqishimizni ta'qiqlagan ekanlar-a. Torgina katakdan ming marta yaxshiroq-ku bu joylar. Endi bir hovlidagilar bilan tanishib olay. Qani bizdan boshqa yana bu yerda kimlar bor ekan?—

U asta sayohatini boshladi.

Dastlab o'z uylariga tutash xonaga mo'raladi. Bu yerda ikkita oppoq to'rt oyoqli shoxchalari anchagina sezilib qolgan jonivorlar bor ekan.

—  Assalomu alaykum, akalar, men qo'shningiz jo'javoy bo'laman.

—   Me-me, jo'jaliging shundoq basharangdan bilinib turibdi. Aytmasang ham qo'shnimiz Chipor xolaning tantiqchasi ekanligingni bilamiz,— deyishdi Oppoqvoylar baravariga.

—  Meni bilar ekansizlar-da, rahmat. Afsuski men sizlarni tanimayapman. Umuman, men hali hech kimni tanimayman, — ochiqchasiga tan oldi Qoravoy.

—  Nega xafa bo`lasan og'ayni, tug'ilganingga endi uch kun bo'ldi-yu, birdaniga butun olamni bilib olging kelyaptimi?

—  Biz uloqchalar — Echki xolaning bolalarimiz. Oyimiz hozir dalada, bizga sut to'playaptilar, — deyishdi ular. Ovozlaridan oyilarini sog'inganlari bilinib turardi.

—  Kichkina bo'lsangiz ham soqolingiz bor ekan. Meni esa hali qanotim ham yo'q. Oyimning aytishlaricha, hali mendan Xo'roz dadamlarnikiga o'xshagan mustahkam qanotlar chiqarkan. Oyoqlarim ham dadamnikiday baquvvat bo'larkan. O'shanda men echkini ham tepib yiqita olarkanman. Yana men huv balandga, osmonga uchaman. Mana  ko'rasiz,—   u  xuddi  hoziroq  uchadiganday  tepaga

 

sakradi. Biroq uchaolmacli, yerdan ko'tarilishga ko'tarildi-yu, darrov boshi bilan yiqikli.

—   O'zing yoqimtoygina bo'lsang ham o'lguday maqtanchoq ekansan. Biz shu choqqacha Echkilarni tepib yiqitish uyoqda tursin, hatto ularga oyoq ko'tarishga jur'at qilgan Xo'rozni ko'rmaganmiz. Echkilarni qilichday o'tkir shoxlari bor, bildingmi. Undan keyin bironta tovuqni osmonda uchganini ham ko'rmaganmiz. Ishonmasang oyimizdan so'ra! — jahli chiqdi uloqchalarning.

—   Nima, sizning oyingiz hammadan aqlli bo'ptimi. Oyingiz hali aytgan gapiga uyalib qoladi, men albatta uchaman, — u echkilarning gapiga quloq solmay, xafa bo'lib molxonadan chiqdi. Yana olg'a yurdi. Shunda ro'parasidan limmo-lim to'lib oqayorgan ariq chiqdi. Suvning o'rtasida ona o'rdak o'z polaponlari bilan sayr qilib yurardi.

—  Voy oyijon, anavi mo'ndi jo'jani qarang, namuncha tumshug'i kalta, namuncha xunuk, — baravariga g'og'oqlashdi o'rdakchalar.

—  Namuncha shovqin solasiz, boshimni og'ritvordingiz, nima gap o'zi, — tumshug'ini suvdan chiqardi O'rdak xola. Keyin qirg'oqqa qarab ko'zi Qoravoyga tushdiyu g'og'olab yubordi: — Voy sho'rim, axir bu egachim Chiporning o'g'li-ku. Sekinroq chiyillang, eshirib qolsa xafa bo'ladi Nimasi xunuk, bip-binoyi jo'ja. Tovuqzodalar shunaqa bo'ladi-da. Xali qarab turing, shunday kelishgan Dakang xo'roz bo'lsin-ki, sen yapaloqlar uyalib qollaring, — unga havas bilan qaradi ona o'rdak.

—   Nima, biz chiroyli bo'lmaymizmi? — xafa bo'ldi o'rdakchalar va suzishni ham unutib onalari atrofida to'xtab qolishdi.

—  Men unaqa deganim yo'q, dunyodagi eng chiroyli, ozoda parranda  bu shubhasiz biz o'rdaklar, ya'ni siz polaponlarim. Lekin o'ziga bino qo'yib, boshqalarni kamsitish odobli o'rdakchalarga xos ish emas. Tushundingizmi? Qani endi qirg'oqqa, marsh. Men darrov Chiporxonni aytib kelaman. Ungacha sizlar ukalaringizdan xabardor bo'lib turinglar.

Ona o'rdak polaponlarini bir-bir qirg'oqqa chiqarayotganini kuzatib turdi, oxirida bir amallab o'zi ham qirg'oqqa chiqdi. Patlarini tumshug'i bilan silliq qilib taradi. Suvga bir qarab, husnidan ko'ngli to'ldi shekilli, bolalariga yuzlandi:

— Hushyor bo'ling. tag'in anavi pismiq mushuk kelib qolmasin.

—  Qpravoy, oppog'im, gapimni yaxshilab eshit. Men hozir onangni chaqirib kelaman, hoynahoy seni yo'qotib, yig'lab o'tirgandir. Sen yaxshi jo'ja bo'lib, mening bolalarim bilan o'ynab tur. Xohlasang, senga qirg'oqdan qurt, hasharotlar tutib yeyishni o'rgatishadi. Anavi bo'yni marvaridday oppoq o'rdakcha — kenja qizim Marjonoy, juda xushmuomala. O'sha bilan tanishib ol, zeriktirmaydi. Men bir zumda Sarvarni yoki oyingni boshlab kelaman, xo'pmi daydivoy.

—  Men daydivoymasman. Men judayam aqlliman. Oyim shunday deganlar. Siz o'zi kimsiz, xola?

—   Voy sen-ey, buncha mahmadona bo'lmasang. Men dadang bilan oyingni do'sti O'rdak xola bo'laman. Otim — Uzuntumshuq. Aqlli bolalar onasini tashlab ketmaydi. Yaxshiyam ko'rib qoldim. Xudo ko'rsatmasin, moshning panjasiga tushganingda bormi?.. — Uzuntumshuq oyim lapanglab yo'lga tushdi.

—   Qoravoy, suzishni bilasanmi? — uni qurshab oldi o'rdakchalar.

—   Xo'rozlar suzmaydi. uchadi, — maqtandi Qoravoy. Suvga tushib hammayoqni shalabbo qilgandan ko'ra, osmonda uchish naqadar maroqli.

—  Qanoting yo'g'u, qanday qilib uchasan?

—  Hademay qanot o'sib chiqadi. Ana o'shanda...

—   Ola, osmonda  uchib qo'yganday gapirishini, suvda panjalaringni yoyvolib, xuddi parday yengil suzib ko'rganingda bilarding buni qanday mazzaligini, — dedi bo'yi boshqalarnikidan balandroq o'rdakcha oldinga o'tib. Seni oying ham suzishni bilmaydi, meni oyim esa...

—  Nega oying bilan maqtanasan. Baribir o'zing suzishni bilmaysan-ku,  daydivoy.

—  Daydivoy, daydivoy, — g'og'oqlashdi o'rdaklar. Keyin uni havasini keltirish uchun qator bo'lib ketma-ket suvga tushishdi va keng yoyilib suzib ketishdi. Ular biram chiroyli suzishardiki, chindan ham Qoravoyning ularga havasi kelib ketdi. Aka-opalari yonida bo'lgisi kelib qoldi. U o'rdakchalarga hech narsa demay orqasiga g'izillab qoldi.

—   O'-o', ko'zlarimga ishonmayman. Nahotki sen o'zimizning Baboqning o'g'li bo'lsang. Namuncha do'mboq va ko'zga yaqin ekansan-a. Shoshma, sekinroq yur, yiqilasan, axir! — Bu muloyim ovozdan Qoravoy to'xtab yoniga qaradi. Qarshisida kulrang, shishaday ko'zlarini xunuk suzib Mosh mushuk turardi.

—   Salom, siz kim bo'lasiz, meni dadamni qaerdan taniysiz? — dedi u o'pkasi og'ziga tiqilib.

—   Nahotki bitta hovlida turib meni tanimasang. Axir men tovuq va jo'jalarning rahmdil do'sti Mosh mushukman-ku, — Mosh so'rashish uchun qo'llarini uzatdi.

—   Tanishganimdan xursandman. Mosh tog'a, aytingchi, men uyimizga to'g'ri yo'ldan ketyapmanmi ?

—  lye, hali adashib qoldim degin, akasi. Unda yur men bilan, o'zim oyingni qo'liga topshiraman, — Mosh lablarini yalagancha Qoravoyga yaqinlashdi.

—   Qo-qo-qo, Qoravoy qoch, u ochofat mushuk-ku, ishonma unga, — bu tanish ovozdagi qo'rqinchli ohangni sezgan Qoravoy hushyor tortib oldinga, onasi tomonga chopdi. Tayyor luqmadan ajralgan mosh g'azablanib jo'jani quvdi. Biroq uning ro'parasidan qanotlarini hurpaytirib qo'rqinchli tusga kirgan Chipof paydo bo'ldi. U bor ovozi bilan qoqog'lab Sarvarning orqasidan halloslab yetib kelgan o'rdak xola Qoravoyni bag'riga bosdi. U ham bor ovozi bilan g'og'oladi: g'oq-g'oq, Mosh qo'rqoq, Olapar, kel tezroq!

—   Hali menmi qo'rqoq, — Mosh jahl bilan Chiporga tashlandi, biroq yoqimsiz miyovlab yubordi. Burilib orqasiga qaradi. Ko'zlari g'azabdan qizarib ketgan ashaddiy dushmani

-  Olapar!

Olishish befoyda, — o'yladi Mosh va payt poylab yo'lini chappa burdi, bir sakrab tandir ustiga, undan tomga chiqib ketdi.

Bu orada yetib kelgan Sarvar Chiporni ko'tarib oldi, tovuqning biqinidan qon oqardi.

—  Bechora, bolangga joning achidimi? — dediyu ko'zi bu janjallardan esxonasi chiqib ketgancha dag'-dag' qaltirayotgan Qoravoyga tushdi.

—  Gap buyoqda degin, qayoqlarda daydib yurgandjng?

—  U tomorqamizga o'tgan ekan, — shoshilib tushuntirdi O'rdak xola. Men uni ko'rdimu Chiporxonni xabardor qilishga yugurdim.

—   Senga katta rahmat, yapalog'im. Endi tezroq bolalaring yoniga bor. Ular ham bir baloni boshlashmasin,

—  dedi Sarvar o'rdakni boshini silab.O'rdak xola shosha-pisha ariq tomonga ketdi.

—  Chiporxon, hamma ayb menda. Eshikni bekorga ochib qo'yibman. Yaxshiyam hammasi xayrli tugadi. Iltimos bu haqda oyimga aytma, o'zim senga ko'-o'-p bug'doy beraman, — deb Chiporni bag'riga bosdi Sarvar.

— Bo'ldi, bu haqda hech kimga — na sening onangga, na Qoravoyning dadasiga aytmaymiz. Bundan buyon bir-birmizni xafa qilmay yashaymiz, — dedi Chipor katakka kirib hamma bolalarini bag'riga olarkan. Sarvar xotirjamgina, tovuqxona eshigining ortidan tosh tiradi.

 Sardor TOLIBOV, Qjbray tumatudagi 50-maktab o'quvchisl


Orqaga qaytish