Hikoyalar

4499 marta o'qildi
AQLLI QIZ

Qadim o'tgan zamonda bir chol va uning uchta qizi yashagan ekan. Qizlarning onasi og'ir kasallikdan vafot etgandi. Cholning qizlari juda qiziqqon va ziyrak bo'lishib, barchaning havasini keltirardi. To'ng'ich qizi boylik va zebi-ziynatga juda qiziqar, o'rtancha qizi esa uzoq shaharlarga borib sayr qilishni yaxshi ko'rar ekan. Kenja qizi esa juda ishbilarmon, chaqqon bolib, ovqat pishirar, uy supurar, har xil narsalar to'qir, kiyimlar tikar ekan. Chol bozorda o'tin sotib, tirikchilik qilardi. Katta qizlari otasi bozordan kelishi bilan topgan pulini olib qo'yishar ekan. Kichkina qizi esa ularning qilayotgan ishidan xafa bo'lib, koyisa ham ular parvo qilmasdilar.

AQLLI QIZ

Qadim o'tgan zamonda bir chol va uning uchta qizi yashagan ekan. Qizlarning onasi og'ir kasallikdan vafot etgandi. Cholning qizlari juda qiziqqon va ziyrak bo'lishib, barchaning havasini keltirardi. To'ng'ich qizi boylik va zebi-ziynatga juda qiziqar, o'rtancha qizi esa uzoq shaharlarga borib sayr qilishni yaxshi ko'rar ekan. Kenja qizi esa juda ishbilarmon, chaqqon bolib, ovqat pishirar, uy supurar, har xil narsalar to'qir, kiyimlar tikar ekan. Chol bozorda o'tin sotib, tirikchilik qilardi. Katta qizlari otasi bozordan kelishi bilan topgan pulini olib qo'yishar ekan. Kichkina qizi esa ularning qilayotgan ishidan xafa bo'lib, koyisa ham ular parvo qilmasdilar.

Kunlar ketidan kunlar, oylar ketidan oylar o'taveribdi. Kunlardan bir kuni chol o'rmonda daraxt kesayotib, daraxt tagidan bir xum oltin topib olibdi. Chol uni hech bir qiziga ko'rsatmay o'z xonasiga yashirib qo'yibdi. Chol har kuni ertalab o'tin tergani chiqayapman, deb chiqib ketar ekanda, to'g'ri bozorga borar ekan. Kenja qizi otasining har kuni keragidan ortiq narsa xarid qilayotganini sezib shunday debdi:

—  Ota, harajatingiz kun sayin ko'payib ketyapti. Nima shunchalik ko'p o'tin terayapsizmi?

Chol ziyrak qiziga haqiqatni aytishga majbur bo'libdi.

—  Endi bu oltinlarni nima qilmoqchisiz? — deb so'rabdi qizi.

—  Shahardan uy sotib olaman,— debdi otasi.

Chol shaharga ketishidan oldin hamma qizlarini yig'ib:

—  Qizlarini men shaharga uy sotib olgani ketayapman,— debdi.

Qizlari rozi bo'libdi. Chol shaharga borib bir yigitdan sakkiz xonali hashamatli uyni yarim xum oltinga sotib olibdi. Keyin qishlog'iga borib uyini sotibdi. Qizlari bilan shaharga ko'chib kelibdi. Katta qizi o'ziga eng katta xonani tanlab olibdi. Ikkinchisi va uchinchi qizlari ham o'zlariga ma'qul xonalarga joylashibdi. Chol alohida xonaga ko'chib o'ribdi. Uyning to'rt xonasini nima qilishni bilishmabdi. Shunda kichkina qizi shunday debdi:

—  Bitta xonani oshxona, yana bitta xonani mehmonxona, uchinchi xonani yemakxona qilib, uyga zarur jihozlar olaylik. — Bu gap hammaga ma'qul tushibdi.

Kech bo'libdi. Hamma dasturxon atrofiga o'tiribdi. Shunda chol:

—  Qizlarim, endi hammamiz ishlashimiz kerak, — debdi.

Katta qizlarini bir boyning uyida  idish-tovoq yuvishga joylabdi. O'zi ham o'sha boyga otboqar bo'lib yollanibdi. Kenja qizi esa ro'zg'orga qaraydigan bo'libdi. Bir kuni ertalab kichkina qiz o'rnidan tursa opalari ham, otasi ham ishga ketgan ekan. Qiz tomorqaga har xil urug'lar sepibdi, gullar ekibdi. So'ng oshxonaga kiribdi. Lazzatli taom pishiribdi. Nihoyat opalari va otasi kelibdi. Ular pullarini hisoblab uyga tashlab ketar ekan. Oradan yillar o'tibdi. Bir kuni ota to'ng'ich qiziga debdi:

—   Sen oltin va pulga juda qiziqasan, shuning uchun seni bozorga sotuvchi qilib qo'yaman.

Qizi rozi bo'libdi. Ertalab katta qizi bozorga, o'rtancha qizi va otasi boynikiga ketishibdi. Kenja qizi uyda qolibdi. Hovlisidagi daraxtlarning qurigan barglari va shoxlarni kesib tashlabdi. Keyin uyiga kirib nima qilishni bilmay to'satdan bugun otasining tug'ilgan kuni ekanligi yodiga tushibdi. U yig'ib yurgan pullarini olib bozorga — opasining oldiga boribdi.  Bugun otamizning tug'ilgan kuni, unga sovg'a olishimiz kerak, debdi. Opasi rozi bo'lib, o'rtancha singlisini ham chaqirib kelishini buyuribdi. Kenja qiz o'rtancha opasini bozorga olib kelibdi. Ular otasiga bosh-oyoq sarpo olishibdi va uni singillaridan berib yuborishibdi. Singlisi kiyimlarni uyiga olib kelibdi. So'ngra uylarini yig'ishtirib, ovqat, har xil narsalar pishiribdi. Nihoyat kun kech bo'libdi. Otasi ishdan qaytsa, uyda hech kim yo'q, hammayoq jim-jit ekan. Chol uyiga kiribdi. Shu vaqt birdan chiroq yoqilib, uy ichidan tug'ilgan kuningiz bilan, degan ovoz eshitilibdi. Ular otasiga bosh-oyoq sarpolarini kiydirishib tug'ilgan kuni bilan tabriklashibdi. Otasi qizlarining qilgan sovg'alaridan xursand bo'lib, ko'ngli tog'day ko'tarilibdi. Keyin hammalari bir dasturxon atrofida o'tirib ovqatlanishibdi. Chol ich-ichdan kenja qizining uddaburonligiga tan beribdi. Shunday qilib, chol va uning qizlari shodu-xurramlikda yashab, murodu maqsadlariga yetishibdi.

CH.IBRAGIMOVA,

Forish tumani, Abu Ali ibn Sino

nomli 33-o'rta maktab o'quvchisi.


Orqaga qaytish