Hikmatlar

5322 marta o'qildi
Daraxt ekishning mukofoti (ibratli hikoya).

Bir podsho o’z vaziri bilan sayrga chiqib, bir qishloqdan o’tib borar ekan, bog’ida ishlayotgan qari cholni ko’rdi.  Chol qarib qolganiga qaramay mehnat qilib daraxt ko’chatlarini ekar ekan. Cholning bunday mehnat qilishi podshoga juda yoqdi....

Bir podsho o’z vaziri bilan sayrga chiqib, bir qishloqdan o’tib borar ekan, bog’ida ishlayotgan qari cholni ko’rdi.  Chol qarib qolganiga qaramay mehnat qilib daraxt ko’chatlarini ekar ekan. Cholning bunday mehnat qilishi podshoga juda yoqdi.

Podsho vaziri bilan shu chol bilan biroz suhbatlashaylik , deya cholning oldiga keldi.

Podsho: - Hormang ota, nima qilyapsiz, yerga nima ekyapsiz ? – dedi.

 Chol: - Salomat bo’ling shohim, mevali daraxt ekyapman - dedi.

Podsho: - Otaxon, bularning mevalarini yeyish sizga nasib etarmikan, axir siz qarigan bo’lsangiz, bu daraxtlar ko’p yillardan so’ng hosil beradiku, - dedi.

Chol: - Bulardan yeyish menga nasib etmasa kerak, - deb javob berdi.

Podsho: - U holda nega o’zingizni bunchalar qiynab mehnat daraxt ekyapsiz. O’zingiz mevasini totib ko’rmasligingizni bilib turib mehnat qilyapsiz-a , - dedi.

Shunda chol podshoga qarab bunday javob berdi: - Podshohim, bizdan oldingi ota-bobolarimiz ekdilar, biz yedik. Endi biz ekamiz, bizdan keyingilar yesin.

Bu javob podshoga maqul bo’ldi va cholga bir hamyon oltin berdi. Chol oltinlarni olib: - Allohga shukrlar bo’lsinki bizning daraxtimiz bugunning o’zida hosil berdi. – dedi.

Bu go’zal  javob podshoga yana xush keldi va yana bir hamyon oltin berdi.

Chol: - Xudoga hamdu sanolar bo’lsinki, hamma daraxtlar bir yilda bir marta hosil bersa, mening ekkan daraxtim ikki marta hosil berdi, - dedi.

Podsho unga yana bir hamyon oltin bermoqchi bo’ldi, shunda podshoning vaziri darhol to’xtatib: - Ey podsho, bu yerdan tezroq ketmasak xazinangizdagi oltinlar tugab qoladi. – dedi. Podsho o’z yolida davom etdi. 

Chol esa xursand bo’lib qo’lini duoga ochdi: - “Yo Rabbim, Sen buyuksan. Men vaqtimni bekor o’tkazmay sening roziliging uchun daraxt ekaman.” – dedi.

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom hazratlari shunday deganlar:  “Qiyomat kuni bo’lsa ham qo’lida bir niholi bor odam uni eksin”.

Daraxt ekishlikda foyda ko’p: Daraxt mevasini odamlar yoki qushlar yeganda savob bo’ladi. Yo’lovchilar uning soyasida dam olsa haqingizga duo qilishi mumkin.  Atrofdagi havoni tozalashga xizmat qildi.


Orqaga qaytish