Hikoyalar

4935 marta o'qildi
Quvondiq Siddiq asarlari Uvol Boladi

-Kechirasiz,opajon ,sizdan iltimos,mana bu nonni oling.Ivitib,sigiringizga berasiz,-deya mog’or bosgan,qotib qolgan nonni sut sotib yuradigan ayolga tutqazdim .

      -Uka ,ko’nglingizga olmang-u,ammo nima qilardingiz ortiqcha non olib,uni isrof qilib ,-dedi u nonni xaltachaga joylarkan.

    -Nonni isrof qilish yaxshimasligini bilaman.lekin bu non mendan ortgan emas,uzur.Kimdir buni axlat qutisi yoniga tashlab ketibdi.Men xam uvoli tutmasin,deb olgandim.

                                      Quvondiq  Siddiq  asarlari

 

                                        Uvol Bo’ladi

-Kechirasiz,opajon ,sizdan iltimos,mana bu nonni oling.Ivitib,sigiringizga berasiz,-deya mog’or bosgan,qotib qolgan nonni sut sotib yuradigan ayolga tutqazdim .

      -Uka ,ko’nglingizga olmang-u,ammo nima qilardingiz ortiqcha non olib,uni isrof qilib ,-dedi u nonni xaltachaga joylarkan.

    -Nonni isrof qilish yaxshimasligini bilaman.lekin bu non mendan ortgan emas,uzur.Kimdir buni axlat qutisi yoniga tashlab ketibdi.Men xam uvoli tutmasin,deb olgandim.

 -yo tavba,-ayol zayratlanib,allanimalar deb pichirladi.-Voy,xudobexabarlar-ey,nonni axlatga tashlashibdimi-a,voy uvolidan qo’rqmaganlarini-chi...Xay ,attang...Raxmat sizga,uka,ollox risqingizni butun qilsin!

     Men aslida unga raxmat aytishim kerakligini aytdim...Sutchi opa narsalarni ko’tarib,boshini sarak-sarak qilib keta boshladi.Men bundan ancha yillar ilgari, mustaqillikdan oldingi bir voqiyani esladim...

     O’shanda yoz edi. Biz abuturent edik olis viloyattan kelgan abuturentlar o’qishga xujjat topshirgan bo’lishsa,imtixonlar o’tkuniga qadar yotoxxona berishardi.

     Bir kuni abuturentlarga xashar elon qilishdi.Komendant ayol rus tilida baqirib-chaqirib xammamizni xovliga boshlab bordi.Biz qishloqdan kelganimizni,ishdan qoladigan bola emasdik.Aytkanini qilib,yotoxxona tevaragini tozaladik.Atrof toza bo’lsa,bu o’zimiz uchun xam yaxshiku.Men katta belkurak bilan ahlatlarni mahsus qutilarga sola boshladim.Qarasam,axlat quits yonida o’n-o’n besh chog’li buhanka non yotibdi.Qattiq taajjub va afsus bilan bu xaqda komendant ayolga aytdim.U esa parvoyi falak:,,xammasini ahlat qutisiga tashla’’-dedi.

 

 

 

 

    O’sha vaqtlarda ruschani yahshi bilmaganim uchun,, Non- rizq-ro’zimiz, uning uvolidan qo’rqaman. Bu ishni qilolmayman’’,- degan gaplarimni unga tushuntira olmadim. Ammo, aytganini qilmadim.U meni o’qishga kira olmaysan, menig gapimni ikki qilganing uchun seni o’ishga qabul qilishmaydi, dedi.

     Balki soddaliging uchundir,uning so’zlari menga biroz xovotirli  tuyildi.Ammo,men o’qishga kirdim. Talaba bo’lib o’sha yotoxxonaga borganimda esa, xaligi kamendant ayol ishdan bo’shab ketgan ekan.Bu holattan xayron qoldim.

      Shu xotiralar bilan men sutchi ayolning ortidan bir zum qarab qolibman.Song sekin yo’limda davom ettim.Kichkina bir ushoq tushib ketib uni topolgach ,uvolidan qo’rqib, ushoq tushgan joyni devor bilan aylantirib qo’ygan kishi xaqidagi rivoyatni tez-tez eslab turaman .Shu kechayu kundizdagi ushbu voqiya esa kunbo’yi xayolimdan ketmadi.Nonni ahlatga tashlaydiganlar hamon uchrab turishidan ko’nglim hira tortsa,sut sotuvchi opaning mog’ar bosgan nonni tavof aylab ,avaylab haltachaga joylashtirilganini eslab ,dunyoda xalol insonlar ko’pligiga shukrona keltiraman .Bor bo’ling, yaxshi odamlar!Sizga rahmat ,sutchi opa!

     

                                       KIM     QO`RQOQ?

 

       Men xam ko’plab tengdoshlarim qatori talaba bo’ldim.Bu davrning kitoblardan bosh ko’tarmaydigan damlariyu ,quvnoq va extiroslik onlarning birdek boshimda kechirdim .Yaxshi o’qirdim,kurstoslarim meni xurmat qilishardi .Qizlarning xam etiboridan chetda qolma ganman.

         Kursdosh qizlarimiz birbiridan chiroyli,aqilli va odobli edi.Ammo men o’zimizdan ikki kurs kegin o’qiydigan bir qizga ko’ngil bog’ladim.U kursdosh qizlardan birining xamshaxari edi va shu bois unga yordam berishimni so’radi.Men yo’q demadim. Tez orada turli fanlardan o’zlashtirishga ko’mak berishdan boshlangan munosabat sekin asta muxabbatga aylanib ketdi.

      Bizga havasmantlar ko’p bo’ldi va tabiyki xasat qiluvchilar ham topildi.Biz hech narsaga parvo qilmadik,muxabbatimiz tobora kuchayib bordi.Turmush qurishganda ahtlashdik.Xali ota ona larimiz nima deyishadi,bu haqda o’ylamasdik.Bilardik,bu havotir  orzumiz yo’lidagi katta dovonlardan biri edi.Xammasini to’g’ri tushuntirilganini, biz bu devonni zapt etishimiz mumkin va bunga qattiq ishonardik.

      Ammo...ammo taassuf bilan aytishga majburmanki,biz bu devongacha yetip ham borolmadik.xayotta xardoim ham istaganingiz bolavermaydi.Uning so’qmoqlari kutilmaganda boshqa bir to’siqlarga duchkeltirib qo’yar ekan.Sevgilim birkuni meni vadaga vafosizlikda ayibladi.sevganingizga vadalar tabiyki ko’p bo’ladi Uni xamisha xarqanday xafdan ximoya qilishga vada bergandim.Kunlarning birida ximoya qila olmagan odamga o’xshab qoldim...

        Biz barcha yoshlarga yoqadigan kinoga tushdik. Atrofimizdagi o’rindiqlarda asosan yigitlar o’tirib qolishdi. Bizga yaqin o’rindiqdagi yigitlardan biri biroz  shrakayf edi. Ular kino boshlangach, xar-hil bolmag’ur, uyatsiz so’zlarni aytib ,kinoni muhokama qilib ko’rishardi. Jamoat joyi ekanligi ularni also qiziqtirmas, bazan baqirib kulishardi. Bunga- ku, unchalik etibor bermadik. Bir payt ulardan biri yonimga o’irgan sevgan qizimga xam shilqimlik qila boshladi.

         -Biz sizga xalal bermayapmiz-ku , sizlar ham bizga halaqt bermanglar, -dedim.

       Yo’q , ular yahshi gapni tushinadiganlar toyifasidan emasdi. Mendan yaxshigina so’kishni eshitgach, albatda, janjal boshlandi. Janjalga qiz ham aralashib, ularni qarg’ab berdi. Munosabatlarni tashqariga chiqib, yakkama –yakka oydinlashtirishga  kelishib, jimbo’ldik.

       Kino tugagach, kinosaroy ortidagi darahtzorga bordik . Yigitlar uch kishi edi. Men mushtlashishka xam chakki emasdim. Xatto, uchalasi bidek yopirilsa xam ularni yengishimga ushanardim. Xech narsadan cho’chimay, ular aytgan joyga bordim. Ammo  bu shovvozlar kino tugaguncha, bir guruh xamtavoqlariga telefon qilib ulgurishgan va alla qachon daraxtzorga bizni yana o’n-o’n besh chog’li yigit kutib turgan ekan. Men vaziyatni tushnib, shartta joyimda tohtadim .

     -Xammasi mendan o’tibdi, uzr, yigitlar, -deb qizng qo’lidan tutib, ortga qaytdim.

       Sevgilimning esa jaxli chiqdi. Meni qorqoqlikda, g’urursilikda aybladi. Kerak bo’lsa, kuchum yetmasa, mushtlashishda o’zi menga yordam berishi mumkunligini xam aytdi. Shu-shu men bilan gaplashmay qo’ydi.

       Endi o’ylang... Men bu kabi nomart shovvozlarni ko’p ko’rganman. Ularda na uyat borki ,na farosat. Ular xech qachon er yigitga xos ish tutushmaydi. Agaar mart bo’lishganida yonimda bir ojizgina qiz bo’lgani xolda menga bunday munosabatda bo’lmasdilar. U qiz mening xotinm , singlim yoki jiyanim bo’lishi mumkin- ku ... Mard yigitlar bunday paytda bo’lmag’urso’lar aytib, shilqimlik qilmaydilar.

       Xullas, men bu vaziyatda boshqa narsani o’ylagandim. Yani sheriklarni chaqirib, pastkashlik qildilarmi, demak, xech qachon yakkama-yakka urimaydilar va tabiyki, yonimda sevgan qizim turganligi ular uchun mening ojiz nuqtam sifatida xizmat qilishini yaxshi biladilar . Ulardan xar narsa kutsa bo’ladi. Aslida men ular bilan urishmay,o’z jonimni og’ritgim kelmadi emas, balki yonimdagi qizga biror zarar yetishidan hovotirga tusha boshlagandim. Bu yerdan tinchgina ketishiga boshqa to’g’ri yo’lni ko’magandim. Qiz esa meni qo’rqoqlikda ayiblab, barcha munosabatlarga chek qo’ydi.

       Aslida qizdan xafa emasman.Kap-katta yigitlarning xaqiqiy erkaklarga xos bo’lmagan qiliqlari tushunchalariga kuyaman.Gap-so’zlari quloqni qomatga keltiradi-yu,aslida ular eng ko’rqoq kimsalardir.Bir shoirning sherida taxminan shunday manodagi so’zlar bor edi:,,Botirlar xech qachon dushmandan yengilmagan,ularni xamma zamonlarda nomartlar va qo’rqoqlar o’ldirganlar’’.                   

 


Orqaga qaytish