Hikoyalar

5528 marta o'qildi
Onamni yig`latib qo`ydim

Shodibek uyiga buncha ko`p odam yig`ilganining sababini  bilmasdi. Yo`q, bilardi, ammo ma`nosiga tushunmasdi. Otasi yaqinlarini uyiga to`planganda faqat quvnoq kulgular yangrardi. Otasi kulgili gaplarga rosa usta edi-da. Ammo bugun yig`ilgan odamlarning barisi jiddiy, hech biri kulmasdi. Qarindoshlar, qo`ni-qo`shnilar, hamma shu erda. Faqat ular orasida otasi yo`q edi.  Yo`q, otasi ham bor edi… Faqat otasi chekka uydagi krovatda uxlab yotardi. Atrofida ammalari, yangalar, opalari “uv”lab yig`lashardi. Ayniqsa, onasi o`ksib-o`ksib yig`lardi.

 

Onamni yig`latib qo`ydim…

Shodibek uyiga buncha ko`p odam yig`ilganining sababini  bilmasdi. Yo`q, bilardi, ammo ma`nosiga tushunmasdi. Otasi yaqinlarini uyiga to`planganda faqat quvnoq kulgular yangrardi. Otasi kulgili gaplargarosausta edi-da. Ammo bugun yig`ilgan odamlarning barisi jiddiy, hech biri kulmasdi. Qarindoshlar, qo`ni-qo`shnilar, hamma shu erda. Faqat ular orasida otasi yo`q edi.  Yo`q, otasi ham bor edi… Faqat otasi chekka uydagi krovatda uxlab yotardi. Atrofida ammalari, yangalar, opalari “uv”lab yig`lashardi. Ayniqsa, onasi o`ksib-o`ksib yig`lardi. Shodibek murg`akkina go`dak edi o`shanda. U onasining etagidan tutib, birzum nari ketmas, onasiga qo`shilib yig`lagandi. Faqat u qo`rqqanidan yig`lagandi. Hali aqli pishmagan bola edi-da. Onasining dod-faryodi-yu, o`ksib-o`ksib yig`laganining ma`nisini bilmasdi. Shodibek o`shanda onasining tizzalarini mahkam quchib:   “Oyijon yig`lamang” debrosayeg`lagandi. Negadir onasining yeg`lashidan qo`rqardi…

Keyin-keyin ham onasi tez-tez yeg`lab turardi. Shodibek bu holatga faxmi etmay qiynalardi. Aka-opalari ko`pchilik edi. Otasiz oyila ko`p qiynalar ekan. Onasi bechora ularni boshqalardan kam qilmaslik uchun tinmay ishlardi. Biroq qo`lidan kelgani shifoxonada farroshlik edi, xolos.

Ish ro`zg`or yumushlaridan ozgina bo`sh qolsa: “Bolalarim, maktabda yaxshi o`qinglar, xech bo`lmasa biror tuzuk hunar o`rganinglar. Shunda qachondir ulg`ayganlaringda qiynalib yashamaysizlar. Yaxshi bolalar bilan do`stlashinglar…”- derdi. Onasi uzoq nasihat qilib o`tirmasdi. To`g`rirog`I, tuzukroq nasihat qilishni xam bilmasdi. Eh, soddagina ona!..

Opalari yaxshi o`qishardi. Ammo, Shodibek va o`g`illarning savodxonligi juda-a-a oqsoq, o`yinqaroqlik esa joyida edi.

Ettinchi sinfda ularga yangi sinf rahbari keldi.  Adabiyot o`qituvchisi ekan. U shu qadar berilib dars o`tardiki, go`yo sinfxona teatr sahnasini eslatardi. Avvaliga yangi o`qituvchiga o`zlarini bir ko`rsatib qo`ymoqchi bol`gan sho`x, to`polonchi bolalar turli “qiliqlar” chiqarardilar. Ammo yangi o`qituvchi xar safar bu qiliqlarning hech bir ma`nisi yo`qligini hazil-huzul bilan isbotlab berib, ularning o`zlarini izza qilib qo`yaverardi.

Hullas, hammalari bu o`qituvchiga o`tganim qolishdi. Uning hikoyalari shunaqangi qiziq ediki… Hatto, bolalar darsdan keyin o`qituvchining uyiga xam boradigan bo`lishdi.

Bir kuni o`qituvchi sinfdagi barcha bolalarga o`zining shaxsiy kutubxonasidan kitoblar ulashdi va dedi: “Avaylab, yertmasdan o`qinglar, o`qib bo`lib, qaytib beringlar”. Biroq, negadir Shodibekka kitob bermadi. Uni ajiratgani uchun o`qituvchidan xafa bo`ldi… Nega axir? Otasi bo`lmagani uchunmi?... Boshqa bolalar kabi xursand bo`lishga, o`qituvchidan kitob olishga uning haqqi yo`qmi?.. Bu nimasi axir?...

Shodibek, balki meni ko`zi ilg`amay qolgandir, degan o`yda boshqa bolalar kabi o`qituvchidan kitob so`ramoqchi bo`ldi. Ammo, oxirgi martda qachon kitob olgani xam sedan chiqib ketgan edi. Hatto, maktabga sumkasiz qub tere quruq qo`l bilan kelishga odatlanib qolgandi. Shu bois hozir o`qituvchidan kitob so`rasa, hamma uning ustidan kulib yuboradigandek tuyuldi. Dars tugagach, bolalar bir-bir sinfdan chiqa boshlashdi. Shodibek joyida qoldi. Hamma chiqib ketgach, o`qituvchidan kitob so`radi.

-Nima-a-a? –dedi o`qituvchi istehzoli kulib. –Sen kitob so`rayapsanmi? Kitob nimaligini bilasanmi o`zi? Senga o`xshagan bolalarga kitobni ishonib bo`larkanmi? Qo`y, yaxshisi ko`cha-ko`yda tuproqqa boti-i-ib, sanqib, daydib yuraver!...

U shunday deya sinf jurnalini ko`tarib, chiqib ketti. Shodibekka rosa alam qildi. O`qituvchini rosmana yomon ko`rib qoldi.

Ertasi kuni bolalar, qizlar birin-ketin qo`llarini ko`tarishib, “men aytay, men aytay” deyishib, kecha olgan kitoblaridan o`qiganlarini bir-bir aytib bera boshlashdi. Hamma xursand. Oqituvchi butun dars davomida  baho qo`yib o`tirdi. Shodibek esa, ham alam, ham havas bilan jim o`tirardi.

Dars tugagach, yana orqada qolib, o`qituvchidan kitob so`radi. Hartugul, bus afar u saxiylik qildi.

-Ha mayli, qani bir urinib kor-chi, o`qiy olarmikinsan. Ertaga bu kitobdagi hikoyalardan kamida beshtasini aytib bermasang, seni sinfdan-sinfga qoldirib yuboraman.

Shodibek quvonib ketdi. Albatta o`qishini aytib, o`qituvchsining qo`lidan olgan kitobni bag`rigamahkam bosganicha ko`chaga yugurdi.

Ertangi kun adabiyot darsida yana hamma qo`l ko`tardi. Bu qo`llar orasida Shodibekning ham qo`li borligini hech kim sezmadi. O`qituvchi bu gal jurnaldan boshini ko`tarmasdan dedi:

-Shodibek, chiq doskaga!

Sinf suv quygandek jim bo`ldi. Hamma unga: “Tamom bo`lding, Shodi-i-i!” degandek qarardi. U shahd bilan o`rnidan turib, doskaga chiqdi va kecha olgan kitobini o`qituvchining stoliga qo`ydi. So`ng o`qiganlarini birma-bir ayta boshladi. Avval biroz hayajondan tutilib-tutilib gapirdi. Bolalar kulishdi. O`qituvchining “jim” degan ma`noda stolni mushtlashi ularning ovozini o`chirdi. Shundan so`ng Shodibek dadil-dadil hikoya qila ketdi. Deyarli darsning oxirigacha faqat u gapirdi.

O`qituvchi:

-Barakalla, bolakay!-deb elkasiga qoqib qo`ydi va Shodibekka o`sha kitobni tutqazdi.-Bu kitob endi seniki, mendan sovg`a! Bahoying esa “besh”!

Shodibek o`qituvchiga rahmat aytib, joyiga o`tirdi.

Maktabga kelib, shu kungacha “4”baho ham olmagan bola, hayotida birinchi marta ”5”oldi. Yuragi o`ynab ketardi. Bolalarning ham unga munosabati  birdan o`zgardi.

Keyingi kun onasi ishga, u esa maktabga birgalikda yo`lga tushishdi. Maktabga etay deganlarida muyulishdan adabiyot o`qituvchisi chiqib qoldi. Salomlashishdi. Bir payt onasi o`qituvchiga qarab turdi-da:

-Uka,sizga katta rahmat!-dedi.

-Nega unday deyapsiz, xola?

-Men… men shu bolamning qo`lida kitob ko`raman deb o`ylamay ham qo`ygandim…Rahmat sizga! –onasi shunday deya, yig`lab yubordi.

-E, xola,   qo`ysangiz-chi, hali o`g`lingiz katta olim bo`p ketadi,-deb, o`qituvchisi bir jilmaydi-da, shoshib maktabga kirib ketdi.

U onasining yig`laganlarini ko`p bora ko`rgandi. Har gal nimadir etishmasligidan yoki Shodibek kabi bezori o`g`illarining navbatdagi g`urbatlaridan kuyib yig`lardi. Ammo bugungi to`kkan ko`z yoshlari unga boshqacha tuyuldi. Shodibek uchun bu yig`i ham yoqimli, ham hasratli edi. U bir lahzada ulg`ayib qolgandek, kattalardek fikrlay boshladi:  “Nahotki, men o`z johilligim bilan onajonimni shunchalar azoblab kelgan bo`lsam. Hali men onam uchun hech bir yaxshilik qilganim yo`q-ku.  Bor-yo`g`i, kichkina bir kitobchani o`qib chiqqanimga shunchalik to`lqinlanib ketdilarmi? Men yana onamni yig`latib qo`ydim-a… Onajon, meni kechiring!”

Bu so`zlar tiliga chiqmasa-da, dilini kuydirib yuborgandek bo`ldi va onasini mahkam quchib, u ham yig`lab yubordi.

Shodibek shu kundan o`zgardi.

Vaqtlar o`tdi… Mana, o`qituvchisi aytgandek, kaa-at-ta olim bo`lmasa ham, katta ro`zg`orni boqishni eplaydigan kasb-korning egasi bo`ldi. Onajoni yonida, ardog`ida! 

 

Ққ қ


Orqaga qaytish