Hikoyalar

5526 marta o'qildi
RUSTAM VA MAHKAM

Rustam hovlida o'yinchoq askarchalarni o'ynab o'tirganda,   Mahkam  kelib  qoldi.

—  Askarlaring zo'r-ku! Xuddi Hasan-Husanlarga o'xshaydi! — dedi  Mahkam.

—  Ularning komandiri ham bor, — dedi Rus­tam  kekkayib.

—   Ko'rsat,  qaysi  biri  komandir?

—   Mana bunisi. Ko'ryapsanmi, u juda baquvvat.

—  Bilasanmi, qaddi-qomatini tik tutish uchun nima  qilish  kerak?

—   Bilmayman.

—  Buvam aytadilar-ki, agar qadding tik bo'lishini xohlasang, boshimda stakan turibdi deb tasavvur qilishing  kerak ekan,   Rustam.

—  Afsus, mening stakanim allaqachon sinib ketgan.

—  Nima  uchun?

—  Boshim  liqillab turgani  uchun.

—  Maktabga chiqsang, hamma narsani o'rganib olasan, — taskin  berdi  Rustam.

Bolalar «askar»larni qo'yib, o'zlari daryo bo'yiga ketishdi. Suv ko'p, daryo tubidagi suv o'tlari ko'rinib turar edi.

—  Qara, tayoq suzib ketyapti, — dedi Mah­kam.

—  Xuddi raqs tushayotganday oqib ketyapti.

—  Albatta!  Axir  u  sayohat qilmoqda.

—  Qani endi, bizlar ham ketidan suzib ketsak! — shirin entikdi Rustam va u buvisining ovozini  eshitib  qoldi:

—  Bolalar, bu yerga kelinglar! Sizlarga yan-gilik bor — hovuzdagi suv isibdi. Cho'milsa bo'ladi.

—  Yashasin! — bolalar xursandliklarini yashirolmay,  hovuz  tomon yugurib  ketishdi.

Orqaga qaytish