Hikoyalar

5528 marta o'qildi
BUVISINING YORDAMCHISI

Buvisi bilan bog'ga chiqishganda, Ruslan so'radi:

—   Buvijon, hozir hamma daraxtlar uyg'onganmi?

—  Hammasi uyg'ongan. Ana, o'rik ham gullagan, — dedi buvisi.

—  Nega unda olma hali gullamagan? U hali uxlayaptimi?

—   Olma ham yaqin orada uyg'onadi. Kel, yerini  chopib,  suv quyib  qo'yamiz.

—   Bo'pti, — dedi Ruslan, — men o'zim hamma  ishni  asta-sekin  qilaman.

—  Nega endi asta-sekin bo'larkan? — hayron  bo'ldi  buvisi.

BUVISINING   YORDAMCHISI.

—   Balki olma hali tush ko'rayotgandir. Uni bezovta  qilmoqchi  emasman.

Buvi gapga ko'ndi. Ular daraxtlar atrofini yumshatib, suv quyib, keyin buloq boshiga yuvingani borishmoqchi bo'lishdi. Shunda bog'ga chumchuqlar galasi     kelib qo'ndi.

—  Buvijon, chumchuqqa qarang, patlari oqarib ketibdi. U buva bo'lsa kerak, hammadan uzoq va baland ovozda chug'urlayapti. Nevaralarini  chug'urlashga  o'rgatyapti,  shekilli.

Ruslan zavqlanib,  o'zicha pichirladi.

—  Nimalar deb pichirlayapsan? — deb so'radi buvisi.

—   Men  ularni  sanayapman.

—   Nechta ekan?

—  Barmoqlarim yetmayapti. Buvi, sizning barmoqlaringizdan  ham  foydalanaylik.

To'satdan  bir qush  yoqimli  sayrab yubordi.

—   Qaysi biri sayrayapti? — qiziqib so'radi Ruslan.

—  Bu mayna, — javob berdi buvisi. — O'tir, sayrashini  eshitamiz.

—   Bo'pti, —dedi Ruslan buvisining yoniga o'tirib. — Chiroyli sayrarkan. Bu xursandligidan bo'lsa kerak.

—   Nimadan  xursand  ekan?

—   Kecha Petkaning cho'zmasini sindirib tashladim.

—  Yashavor! — Ruslanni  alqadi  buvisi.

—   Buvi,  biz  hamma  ishni  bajardikmi?

—   Ha,  hammasini  bajardik.

—   Demak,   biz  kimmiz?

—   Kim  ekanmiz? — deb so'radi  buvisi.

—   Mehnatkashmiz!  Haqiqiy  mehnatkashmiz!

—  Albatta! — buvisi mamnun bo'ldi. — Mehnat qilib rohatlandik, daraxtlarga ham foyda bo'ldi.

—  Qushlarga ham. Bu ularning chug'urlashidan  ma'lum,  — dedi  Ruslan.

Orqaga qaytish