Hikoyalar

4944 marta o'qildi
Teddi va Malika

Nihoyat barcha do’konni tark etti va yashiringan joyidan chiqib keldi. Kun juda uzoq davom etganligi uchun Teddining oyoqlari juda ham toliqib ketgan edi.  Hech bir bolakay so’zlar bilan liq to’lgan bu kitoblar turgan tarafga hech ham qaramasligi  sababli, bu yer berkinishga juda ham qulay joy edi.

Teddi va Malika

Katherine E.Zimmermann-Wiget

       Nihoyat barcha do’konni tark etti va yashiringan joyidan chiqib keldi. Kun juda uzoq davom etganligi uchun Teddining oyoqlari juda ham toliqib ketgan edi.  Hech bir bolakay so’zlar bilan liq to’lgan bu kitoblar turgan tarafga hech ham qaramasligi  sababli, bu yer berkinishga juda ham qulay joy edi.

     Yo’q, Teddi bolalardan qo’rqqani uchun yashirinib olmagandi. U hech narsadan  qo’rqmas edi… Deyarli hech narsadan… U faqatgina bir nrsadan-sotilib ketishdan juda qo’rqardi. Uning hamma do’stlari sotilib ketgan edilar. O’shandan beri ancha vaqt o’tib ketti, ammo u do’stlarni boshqa ko’rmadi.

      Lekin… Uni hech kim topa olmasa, demakki hech kim sotib ololmaydi. Umuman olganda do’konda yashash unchalik ham yomon emas. Ayniqsa tun eng zo’r payt. Butun tun davomida u istagan o’yinchog’I bilan o’ynashi mumkin edi. Ayni damdagi kabi, Rojdestvo arafasi eng zo’r payt edi, chunki ko’plab hali umrida ko’rmagan o’yinchoqlarni keltirishar edi. “Mazza qilib o’ynash payti keldiiiiii” deya yashiringan joyidan pastga yugurgancha tushib ketdi.

         U yangi to’plarni do’kon bo’ylab tepar va do’mbiralarni chalardi. Qolaversa, u yerda “Bas qil” deydigan hech kim yo’q edi.  Narigi burchak tarafga yugurar ekan, bir narsaga ko’zi tushdi. Katta, qip-qizil va yarqiragan o’t o’chirish mashinasi! U biroz tikilib turgach boshiga shlemni kiydi.

     “Yaxshi”- dedi Teddi.  “Qani bir aylanib ko’raychi, biror yerda yong’in bo’layotgan yo’qmikan yoki biror xonimni qutqarish kerakmasmikan. Balki, biror bir mushukni daraxtdan tushurib qo’yish kerak bo’lar”.

     U mashinaning chiroqlarini va sirenalarini yoqib olgan holda do’konni aylanishga tyushdi. Shundan so’ng u yo’laklarning birini tekshirish uchun mashinani to’xtadi. “Xosh!” dedi u, boshini qashib,  “Hech qayerda yong’in yo’q ekan. Bu yerdagi qizaloqlarbop o’yinchoqlardan birortasi yig’layotgan bo’lsa kerak, deb o’ylagan edim!”

     - Hoy sen… Yordam berib yubor!- degan ovoz keldi, lekin u hech kimni ko’rmadi.

    - Psssst! Hoy sen! Yordam ber! Teddi o’ngga ham, chapga ham qaradi lekin ovoz qayerdan kelayotganining farqiga bora olmadi.

    - Hey! Qalpoq kiygan kaltafahm ayiq. Tepadaman! Teddi boshini tepaga, keyin yanada teparoqqa ko’tardi. Javonning eng yuqoridagi tokchasida yoqimtoygina qo’g’irchoq Malika unchal;ik ham yoqimli bo’lmagan nigoh bilan qarab turardi.

     - Meni chaqirdingmi?- deya so’radi Teddi.

     - Bu yerda yana boshqa kishi bormi?- deya savolga savol bilan javob berdi Malika.

    -  Yo’q, hozircha yo’q. Lekin, yana kim biladi deysan.

     - Mayli bo’lmasa ishga kirish va vazifangni bajar.

     - Qaysi vazifamni?- deb so’radi Teddi.

    - Sen shlem kiyib olgansan va o’t o’chirish mashinang ham bor, shuning uchun biror yo’lini topib meni pasytga olib tush!-dedi Malika

    - Nima qilishishni ham bilmayman-dedi Teddi.

    - Bilmayman, deganing nimasi.

   - O’t o’chiruvchilarning yong’in bilan kurashishlarini va mushuklarni daraxtlardan olib tushushlarini bilardim, lekin qo’g’irchoqlarga yordam  berishlari kerakligini eshitmaganman!- Teddi uni shunchaki mazax qilayotgan edi. Lekin Malika bundan jahli chiqib, aqlini yo’qotayozdi. U oyoqlarini tapilatgancha “Men qo’g’irchoq emasman! Men Malikaman!”- deya baqirdi.

   - Yaxshi!Yaxshi!-dedi Teddi Hazillashdim holis. O’t o’chiruvchilar hammaga yordam berishadi. O’sha yerda tur, hozir men narvonni ko’taraman.

      Teddi mashinaning orqa tarafiga yugurib o’tib hamma tugmalarni bosishga tushib ketdi va nihoyat u kerakli tugmani qidirib topdi va Narvon eng tepa tokchaga qarb harakatlana boshladi.

    - Hammasi joyida-dedi u.-Endi narvondan tushaver.

   - Sen tepaga chiqib meni olib tushishing kerak- deya javob berdi Malika.

Teddi boshini qimirlatdi. Nega uning o’zi tusha olmasligini Teddi juda yaxshi bilardi. Qizlar shunchaki tentak bo’ladilarki ular hamma narsadan qo’rqaveradilar. Endi uning o’zi tepaga chiqishi va uni olib tushishi kerak! Teddi uni pastga olib tushgach, Malika unga minatdorchilik bildirish o’rniga uni e’tirozlar bilan ko’mib tashladi.

   - U yer juda ham qo’rqinchli joy ekan!- deya baqirdi.- Ular doim meni kir bo’lib qolmasligim uchun  eng tepaga qo’yadilar. Yolg’izlanib qolishim yoki boshim aylanib ketishi  mumkinligini hech kimning hayoliga ham kelmaydi

   - Rostdanmi?

   - Nima rostdanmi?

   - Rostdan boshing aylanadimi?

   - Yo’q,- dedi Malika-“ Lekin hech bo’lmasa so’rasalar bo’lardi. Mayli qo’yaver, endi men pastdaman va senga so’z beramanki, endi hech qachon bunday tepaga chiqmayman. Hohlaganimcha kirga belanaman va hech qachon cho’milmayman!

   -  Teddi, Malikaning ming’ir- ming’iridan faqatgina uning istaganicha kirga belanishini tushuna oldi holis. Qiz bola bo’lsa ham balki bunchalik yomonmasdir, bundan tashqari yolg’izlikdan ko’ra yaxshiroq, degan qarorga keldi Teddi. Shunday qilib Malika bilan Teddi birinchi tunni o’yinchoqlar o’ynash bilan o’tkazdilar.

     Ular  yuk mashinalarini mindilar va yengil mashinalarda poyga o’ynadilar. Futbol va basketbol to’plarini ham o’ynadilar. Agar nolishni bas qilsa Malika unchalik ham yomon emas ekan, degan fikrga keldi Teddi. Ular shunchalik mazza qilib o’ynayotgan edilarki, hattoki chiroqlar yoqilib, odamlarning ishga kela boshlaganini ham sezmay qoldilar.

  - Xatar! Xatar!- deya baqirdi Teddi.

  - Bekinishga joy qidirishimiz kerak. Tezroq! Tez bo’l, pastdagi tokchaga sacra.

    Ular iloji boricha kichrayib oldilar va Malika Teddining qo’lini ushlab oldi. Odatda Teddi bunga ruxsat bermagan bo’lardi, faqatgina Malikaning qo’rqib ketganligi bois hech nima demadi qolaversa Malikaning qo’li uning qorniga tegib, Teddi ajib bir his og’ushiga tushib qoldi. Ular bir-birlariga yopishib ketgan edilar. Ust-boshlari kir bo’lib ketgan, narx yorliqlari ham yo’qolgan edi. Malikaning ko’ylagi yiritilgan, Teddi esa hamon shlemni yechmagan edi.

  -  Hammasi joyda –dedi Teddi.- Ulr bizni bu yerdan topa olmaydilar. 

  -  Jim bo’l!-dedi Malika.- ULr bizni eshitib qolishlari mumkin!

Teddi  kulib yuborishdan o’zini arang tiyib turdi.

  - Bu yerda hech qanday kulguli narsa bo’lgani yo’q!

  - Bilasanmi, yoqimtoyginasan-u, lekin ba’zida ahmoqroq ko’rinasan. Senga shunday tuyulmaydimi? Ular bizni eshitaolmaydilar-ku.

  - Bizni eshita olmaydilar, deganing nimasi?

  - Hop mayli - dedi Teddi.

  - Sababini bilmadim-u, lekin shuni bilamanki, biz ularni eshitaolamiz-u ular bizni eshitaolmaydilar. Ba’zida qattiqroq kulganimizda bolalar bizni  eshitaoladilar. Ammo ota-onalarga aytganlarida ular bolalarini tentak bo’lmasang-chi deya urishib beradilar.

  - Demak, men istaganimcha baqirsam ham meni hech kim ashitmas ekanda?

  - Ha, lekin hozir buni sinamaganming ma’qul!

  -  Sen nega bunchalik qo’rqyapsan?

  -  Yo’q, men hech narsadan qo’rqmayman!

  -  Hech narsadan?

  -  Ha mayli, deyarli hech narsadan.

  -  Nimadan qo’rqasan, bo’lmasa?

  -  Mening yagona qo’rqadigan narsam bu QOG’OZ HAXTA. Endi bus afar Malikaning kulish gali keldi.

  -  Qog’oz xaltadan qo’rqaman dedingmi? Men hali hayotimda , bunchalik ahmoqona gapni eshitmagan edim.

  - Yo’q-dedi Teddi.- Bu oddiygina qog’oz  halta emas. Bu “QOG’OZ HAXTA” deya shunday aft burushtirdiki hattoki Malikani ham biroz qo’rquv bosti.

   -  Bilasanmi- deya davom etti Teddi, “buning hammasi yolg’on!  Ular seni sotyapmiz deydilar va qog’oz haltaga tiqadilar va…” shunday deganicvha Teddi panjasi bilan tomog’ini kesganday harakat qildi va qo’rqinchli ovoz chiqardi.

  -  Sen meni qo’rqitmoqchimisan!-dedi Malika..

  -  Shundaymi? Sen birorta do’stimizni qog’oz xaltaga tushganidan keyin ko’rganmisan?

    Ular shunchalik gap bilan ovora bo’lib ketgan edilarki, ro’paralarida to’xtagan oyoqni ham ularga qarata cho’zilgan qo’llarini ham sezmay qoldilar

  - Ular shu yerda!-deya baqirdi Teddi. Biror narsa qilsangchi!

  - Nima qilay?- dedi Malika. U qo’rqqanidan zo’rg’a qimirladi.

  - Bilmadim. Biror narsa qil! Bilasanmi, tilingni chiqarib, barmog’ingni burningga tiqib ol! Ish qilib nima qilsang qil!

     Ular ko’zlarini yumib oldilar, Teddi shlem kiygan yoqimsizgina ayiq qiyofasiga kirib olgan, Malika esa tilini chiqarib olgan edi. Hamma biladiki malikalar hech qachon barmoqlarini burnilariga tiqmaydilar. Ular qo’llaridan kelgancha harakat qildilar, lekin baribir bu yordam bermadi. Pastga uzatilgan qo’llar ularni tokchadan ko’tarib oldi.

-  Hey! Bo’ldi, ko’zingni ochaver.

- Teddy, biror nima dedingmi?-deya so’radi Malika.

-  Kim, menmi?- Teddi ko’zlarini qattiq yumganicha-Men hech nima deganim yo’q!-dedi.

-  Unday bo’lsa, kim menga ko’zlaringni ochaver deb aytdi?

-  Bilmadim kim aytganini, lekin unday qila ko’rma-deya javob berdi Teddi.

   Ular hali ham bir-birlarini quchoqlab turishardi, lekin bu safar  endi Teddi Malikani qo’yib yubormayotgan edi. Uning qattiq qo’rqib ketganini shlemining titrab turganidan ham bilsa bo’lardi.

     Ikalasini ham peshtaxtaga olib bordilar. Odamlarning gaplaridan, ularning narxlarini bilolmayotganlarini tushundilar. Malika ham Teddi ham, qo’rqinchli hodisani kutganlaricha nafaslarini ichlarida tutib turardilar va shunda u sodir bo’ldi.

-  Haltaga solib beraymi?

  Savolga javob berilayotgan paytda Malika bilan qochib ketishga shay edilar: Shundoq ham qo’rqib ketgan ko’rinishadi!

    Xonim ularning pulini to’lab, do’kondan olib chiqib ketdi. Teddi ham Malika ham, xonim avtomobilni to’xtatmagunicha ko’zlarini ochishga jur’at etolmadilar.

-  Biz qayerdamiz?- so’radi Malika.

-  Bo’ldi ikkalangiz ham ko’zlaringizni ochavering, biz uyga keldik- dedi xonim.

-  U bizni eshitmasligi aniqmi?- so’radi Malika Teddidan. Ikkalari ham ko’zlarini ochib xonimga qaradilar. Xonim yoqimtoygina bo’lib, ko’zlari ham Malikanikidek moviyrang edi. U larni uyga kirib tepaga, yotoqxonaga olib chiqib ketdi.

     Yotoqxona kattagina edi va u yerda ikkita kravat turardi. Bittasi sariq rangli bo’lib ustida juda ko’p yostiqchalar bor edi. Ikkinchisining atrofida devorlar esa basketbol plakatlari bilan to’la edi.

-  O’zingizni o’z uyingizdagidek his qilinglar. Birozdan keyin bolalar ham kelib qolishadi. Eng aval ular bilan uchrashasizlar. Ular sizlarga juda ham o’xshaydilar!

     Teddi va Malikaning oldnigi qo’rquvlaridan asar ham qolmagan edi. Ular hali ham birga edilar, ular bilan suhbatlashayotgan bu go’zal xonimning ikkita farzandi bor ekan. Bittasi qo’g’irchoq malikaga, ikkinchisi esa ayiq-polvonga o’xshar ekan! Shundan  so’ng xonim Teddining burnidan o’pib qo’ydi.

-  Voy dod! Hozirgina meni o’pib qo’yishdi!- deya baqirdi Teddi.

-  Sen juda bejirimgina ekansan.-dedi xonim.

-  Unga ayt, meni o’pavermasin! Malika qotib-qotib kulayotganidan javob berishga holi yo’q edi. Shunda xonim Malikaga qaradi.

-  Bir hammom qilib olishingiz keakka o’xshaydi yosh xonimcha!-dedi u. Malika darxol kulgudan to’xtadi.

-  Men hammom qilmayman! Teddi! Unga ayt menga tegmasin!

-  Hechamda.- dedi Teddi, yuzini xonimdan yashirib artar ekan.-Hammom qilish o’pichdan million marta yaxshiroq!

Xonimning hali qiladigan ishlari ko’p edi, shuning uchun Malika bilan Teddini yotoqxonada yolg’iz qoldirib chiqib ketdi.

Malika bilan Teddi kravatlariga sakrab chiqib oldilar va bolalarni maktabdan kelishini kutdilar. Biroq, ko’p vaqt o’tmay ikalasi ham uxlab qoldilar.

   Eshik shaxd bilan ochildi va bolalar xonaga otilib kirdilar.

Ikkalasi ham yuzlari kulib turgan bolalar bo’lib, sariq sochlari va moviy ko’zlari xonimga o’xshab ketardi. Ular egizak edilar.

-  Oh!- dedi Teddi. Ishimiz osonlashdi.Ular bir xil ekanlar demak janjallashmasdan bolalardan birini tanlashimiz mumkin!

-   Xuddi bizda tanlash imkoni bordek gapirasan-a- dedi Malika.

-   Albatta bor-da. Har birimiz istagan bolamizni tanlashimiz mumkin. Bu bir sehrga o’xshaydi. Sen ularning ko’ziga tik qarab o’z ismingni pichirlab aytishing kerak. Agar sen buni to’g’ri bajarsang, ular seni hech qachon tashlamaydilar va bir umrga o’zlari bilan olib qoladilar!

  Bolalar ularni ko’rish uchun, kravatdan qo’llariga oldilar, lekin Teddi va Malika hamon bir-birlarining barmoqlarini tutib turardilar. Qizcha malikani bolakay esa Teddini ushlab turardi. Ular bir-birlariga qarab turishar, xona esa jimjit edi. Malika va Teddi ismlarini past ovoz bilan aytganlarida bolalar jilmaydilar. Shunda ular hammasi yaxshi bo’lishini tushundilar.

   Bolalar birga o’ynadilar va uy vazifasini  bajardilar. Uy vazifasini bajarib bo’lgach esa pastga tushib ketdilar. Ular eshikni yopishlari bilanoq, Teddi ham Malika ham kravatdan sakrab tushdilar.

  Ular kravatlarning tagiga va javonlarning ichiga qarab chiqdilar. Shundan so’ng barcha tortmalarni ham qarab chiqqach, bolalar uy vazifasini bajarishgan stolning ustiga chiqdilar. U yewrda birqancha kitoblar va qalamlar bor edi.

-  Hey Malika, agar sendan bir narsa so’rasam, meni tentak deb o’ylamaysanmi?-dedi Teddi.

- Yo’q- deya jilmaydi Malika.

-  Nega?

- Chunki, men seni shundoq ham tentak deb o’ylayman, mayli qani so’raginchi.

  Malika uning jig’iga tegayotganini Teddi juda yaxshi bilardi. Malika ahmoqona tabassum qilardi. Bundan tashqari, Teddi mashinani ham undan ko’ra yaxshiroq minardi va to’pni ham zo’r  o’ynardi.

   -  Menga o’qish va yozishni o’rgatasanmi?-so’radi Teddi.

     Bu juda jiddiy savol edi, shuning uchun, Malika Teddini mazah qilganidan uyalib ketdi.Balki u ham menga biror narsani o’rgatsa o’zini noqulay sezmasmidi deb o’ylab qoldi Malika.

-  Mayli Teddi, men senga o’qish va yozishni o’rgataman, agar sen ham menga yordam berishga so’z bersang.

   Teddi jilmayib dedi,- Albatta, men juda ko’p narsa bilaman. Senga nimani o’rgatay?

- To’g’risi, buni o’rganish deb ham bo’lmasa kerak. Aytmoqchimanki, balki menga o’t o’chirish mashinasini minishni o’rgatarsan?

-  Bo’ldi, gap yo’q! Agar bu yerda mashina bo’lsa- dedi Teddi.

Menimcha orqa hovlida bitta ko’rganday bo’luvdim, lekin u yerga hozir chiqaolmaymiz.

- Qorong’u tushishini kutishimiz kerak,- dedi Teddi. Hmma uxlashi bilan istaganimizcha o’ynashimiz mumkin. Lekin hozircha shu yerda qolganimiz ma’qul.

      Kechroq bolalar yotoqxonaga qaytib kirdilar va Teddi bilan Malikani qo’llariga olib ularga  dadalarini kutib olganlarini, kechki ovqatni yegani pastga tushganliklarini gapirib berdilar. Bola ham xuddi onasidek mehribon bo’lib, hammani o’pb qo’yarkan Teddi va Malikani ham chetda qoldirmadi.  U ularga o’zini, xuddi haqiqiy odamlar bilan tashinshgandek tanishtirdi. Ayniqsa, o’zini “Xo’jayin” deb ataganida hamma kulib yubordi.

     Ko’p o’tmay Malika ham Teddi ham bu oilaga o’rganib qoldilar.  Ertalablari hammayoq tinch bo’lardi. Ota ishga va bolalar maktabga ketishgach uyni tozalashga tushdi. Lekin u xarid uchun do’konga ketishi bilan boshlandi…

-  Mazza qilib o’ynash payti keldiiiii- deganicha yugurddi Teddi.

- Bugun qayega boramiz?-so’radi Malika.

  Ular zinani qidirib topib bo’lishgandi, lekin pastga tushish oson ish emasdi.Ikkalasi zinapoyaning tepasida turardi. Teddi bilan Malika uchun bu zinapoyalar uzoq yo’l edi, qolaversa uning pog’onalari ham juda katta-katta edi.

- Yo’q! Men tusha olmayman!-dedi Malika.-Bu huddi eng tepadagi tokchaga chiqib olish degandek gap.Bilasanku men balandlikdan qo’rqaman!

-  Xavotir olma. Men biror narsa o’ylab toparman-dedi Teddi.

   Malika gilamga o’tirib oldi, Teddi esa to’xtamasdan boshini qashib u yoqdan bu yoqqa borib kelardi. U nima qilib bo’lsa ham oshxonaga chiqish chorasini topishi kerak. Chunki u yerda mazaligini pishiriqlar bo’lishi kerak, Teddining esa, juda ham pishiriqlardan yegisi kelayotgandi. Muammo shu ediki, Malika  balandlikdan qo’rqardi, zinapoya esa juda tik edi.

- Yaxshi- dedi Teddi.- Qilishimiz kerak bo’lgan ish, atigi tutqichdan sirpanib tushish. Men boshlab beraman sen esa orqamdan.

-  Hechamda!- deb baqirdi Malika.- Sanchilib qolishim mumkin. Ikkalamiz birga tushamiz.Shunday qilib Teddi tutqichga, Malika esa uning orqasiga qapishib o’tirib oldi.

-  Men uchgacha sanayman. Ko’zlaringni yumib meni ushlab ol!- dedi Teddi. Malikaning shundoq ham  qo’yib yuborish yoki ko’zlarini ochish niyati yo’q edi.

-  Bir………….. ikki…………. Uuuuuuuuuuuuuuuuuuuuch!

   Teddi va Malika tutqichdan pastga qarab ucha boshladilar va tutqich tugagach yerga qarab sho’ng’idilar. Malika Teddining ustiga tushdi va ko’ylagi uning boshiga yopilib qoldi.

-  Hey, ol buningni!

-  Hey ko’ylagimni g’ijimlama!

- Hech nimani ko’rmayapman!

-  Men juda yumshoq qo’ndim!

-   Ha, mening qornimgami!.

  Teddi va Malika o’rinlaridan turib oshxonaga kirdilar.

-  Yo’q bo’lishi mumkin emas!- baqirib yubordi Malika.- Stol juda baland ekan, u yerga chiqa olmaymiz. U yerga chiqishning hech ham iloji yo’q.

-  Pishiriqqa yetishishimga hech nima to’g’anoq bo’laolmaydi!- dedi Teddi boshini qashib. Men u yerga chiqishning yo’lini albatta topaman!

- Teddi, sen doim o’ylaganingda boshingni qashiysanmi? Demoqchimanki, bunday qilganingni bir necha marta ko’rdim. Bu senga yordam beradimi yoki boshqa sababi bormi?- sop’radi Malika.

- Bilmadim. Men buni bir marta do’konda ko’rgan edim, menimcha bunday qilmasang fikrlaring chalkashib ketsa kerak va hokazo.

- Yaxshi. U yerga qanday qilib chiqamiz?

       Teddi Malikaga qanday qilib tortmalarni birma-bir ochib tepaga chiqishni ko’rsatdi. Malika birinchi bo’lib boshlab berdi va tepaga chiqib olgach o’zidan faxrlanib ketdi. Teddiga so’z qotaman deya orqasiga qaragan edi uni topaolamadi. U o’ngga, so’ng chapga qaradi, topa olmagach, yotib stol chetidan pastga qarab ko’rdi. Lekin  Teddi hech qayerda yo’q edi. Shunda u Teddining ismini aytib chaqira boshladi va bo’g’iz ovoz eshitildi. U ozgina balandroq baqirgan edi tortmalardan birining surilayotganini ko’rdi. Teddi tortmaning ichiga tushib ketgan va tortma yopilib qolgan edi. Oradan bir necha daqiqa o’tgach, ular stolning ustida pishiriqlardan yeb o’tirishardi.Bunday sarguzashtdan keyin ular juda charchagan edilar va qaytadan baland zinapoyalardan orqaga qaytishga hollari yo’q edi.

        Xonim qaytib kelgach ular pishiriq uvoqlariga belangancha uxlab yotishardi. “Bu ikkalasi qanday qilib bu yerga kelib qoldilar ekan” xayolidan o’tkazdi xonim. Teddi va Malika shuinchalik qattiq uyquda edilarki, hattoki xonim ularni cho’tkalab, so’ng bolalar xonasiga olib kirib qo’yganini ham sezmadilar.

     Keyinroq tun yarmida Malika Teddini uyg’otdi.

-  Teddi, tur ….. tursangch. Hovliga chiqishning vaqti keldi! O’zing va’da bergan eding-ku dedi Malika. Teddi shoshilmasdan ko’zlarini ochdi.

-   Ko’cha qopqorong’u-ku,

-   Lekin o’zing va’da bergan eding-ku, qolaversa biz faqat tunda o’zimiz o’ynay olamiz. Turaqolsang-chi Teddi, meni juda ham o’t o’chirish mashinasini minishni o’rgangim kelyapti.

   Nihoyat Malika Teddini o’rnidan turg’izaoldi va ikkalalari tashqariga chiqdilar. Malika mashina haydashni juda tez o’rganib oldi.

       Hamma o’yinchoqlarini birma-bir o’ynayotgan edilar, to’satdan Teddi sirpanchiqni ko’rib qoldi.

-   Kettik sirpanchiq uchamiz!- qichqirdi Teddi.

   U narvondan tepaga chiqib pastga qarab tezlik bilan tusha boshladi. Malika esa tomosha qilib turdi.

-  Endi sening galling- dedi Tedii.

-  Yo’q. Men balandlikdan juda qo’rqaman. Bu juda mazzaga o’xshaydi, lekin…. Malikaning eng tepa tokchada uzoq vaqt yolg’iz bo’lganligi Teddining yodidan ko’tarilgan edi.

-  Yaxshi . Unday bo’lsa birga uchamiz. Bu xuddi zinapoyadan sirpanib tushganday gap. Sen mening orqamga o’tirib olasan va senga hech nima  bo’lmaydi.  Malika Teddining orqasidan ushlab oldi va birgalikda zinadan tepaga chiqdilar. Tepaga chiqib olishgach Teddi sirpanish hech  ham qiyin emasligiga Mlikani ishontirish maqsadida birinchi bo’lib sirpanib tushishini aytdi.

Teddi pastga sirpanib tushgach, Malikaning ham tushishini kutdi. Malikaning qo’rquvi hali ham bosilmagan edi, shu bois u ko’zlarini yumib, qo’llari bilan quloqlarini yopib o’tirib oldi.

- Malika, sirpanaqol, qo’rqma men seni kutib olaman. Teddi malikani ruhlantirishga shunchalik berilib ketgan ediki, hattoki orqasidan o’g’rinch kelgan katta, semiz mushukni ham payqamay qoldi.

- Ko’zlaringni och! Sirpanaqolgin endi! Qani…

   Shunda mushuk Teddiga bir hamla qilib, uni tishlab, olib qocha boshladi. Teddi shunday dodladiki, Malika uni  eshitib qoldi. Malika ko’zlarini ochar ekan, uning eng yaqin do’stini haqiqiy, katta mushuk olib qochayotganini ko’rdi!

- TEDDY!!!!!

-  YORDAM BERING!!!!!!!!- baqirdi Teddi.

  Malika to’satdan tezlik bilan pastga sirpanib tushdi. U shunchalik tez tushdiki, siqpanchiqning oxiriga yetgach mushukning orqasiga urildi. U o’zini yo’qotib qo’ygan edi! Mushukning quloqlaridan tortar ekan,”Faqat mening eng yaqin do’stimni emas! Bekorga ovora bo’lasan! Uni qo’yib yubor, yoki ikkala qulog’ingni ham uzib olaman!” deya baqirdi. Malika shunchalik qutiurib ketdiki, mushuk to’xtamagunicha unga mahkam chirmashib orqaga tortaverdi. Shunda Malika mushukning boshidan uchib o’tib maysalarning ustiga  tushdi. Mushuk Teddini qo’yib yuborganicha bog’ panjarasidan o’zini tashqariga urdi. Biroz o’tgach ikklalari maysaning ustida o’tirishardi. Malika qiyinchilik bilan Teddining yoniga o’rmalab keldi.

-  Ahvoling yaxshimi? Mushuk seni shikastlamadimi? Iltimos Teddi, biror narsa desangchi! Teddi Malikaga tikilganicha miq etmay o’tirardi. Faqatgina bir necha soniyadan so’ng gapira boshladi.

-  Sen hozirgina mening hayotimni saqlab qolding! Sen mushukning ustiga uchib tushib uning qochib ketishiga yo’l qo’ymading! Malika, men umrim bino bo’lib sendek jasur Teddini quchoqlab dedi,- Agar bilsang, sen ham dunyodagi eng zo’r do’stsan.  Shundan so’ng Malika va Teddi uyga qaytib kirdilar va o’rinlariga yotdilar. Ular juda charchagan edilar. Qolaversa, kim bilsin ertaga ularni qanday sarguzashtlar kutayotgan ekan.


Orqaga qaytish