Hikoyalar

5477 marta o'qildi
BOG'CHA BOLA

Oyisi bog'chaga yetaklab borib, ishiga ketayotganda Shukurjon yig'lab qoldi. Kichik gruppa tarbiyachisi Mo'tabaropa uni zo'rg'a ovutdi. Shkaflarga terib qo'yilgan o'yinchoqlarni, oppoq choyshablar toshalgan karavotlarni, arg'imchoq, innana va boshqa narsalarni ko'rsatdi.

Shukurjon avvaliga tortinib turdi, keyin qum o'ynayotgan bolani ko'rib, yugurganicha uning oldiga bordi-da, kurakcha bilan qum olib, o'yinchoq yuk mashinani to'ldira boshladi.

Shu payt Mo'tabar opa hamma bolalarni yuvinadigan xonaga olib kirdi. Qo'llarini yuvdirib, arttirdi. Shukurjon durustroq yuvina olmagan edi, Mo'tabaropa yordamlashdi.

—  Voy, anavi bolani, o'zi yuvinmas ekan, — dedi Karima boshqa bolalarga ko'rsatib.

Keyin yemakxonaga kirishdi. Pastgina stollar yonidagi kichik-kichik stulchalarga o'tirishdi.

Oshpaz xola juda ham mazali shirguruch pishirgan ekan.

Hamma bolalar qo'llariga qoshiqni olib, shirguruchni yeya boshlashdi.

—  Sen nega yemay o'tiribsan? — deb so'radi Mo'tabar opa Shukurjondan.

—  Ko'ylagimga tomib ketadi, — dedi Shukurjon labini cho'chchaytirib.

— Uyda nima qilarding?

—  Uyda oyimla... — dedi Shukurjon.

Buni eshitib, hamma bolalar kulib yuborishdi. Karima hammadan ko'proq kuldi.

Mo'tabar opa Karimaga qaradi:

—   Karima, kulma, yaxshi emas. Birinchi kuni kelganingda sen ham bilmasding, esingdami?

Mo'tabar opa Shukurjonga qoshiq ushlashni, ovqatni taqsimchadan qanday qilib olishni ko'rsatdi. Uning qo'llarini to'g'rilab turdi. Oxiri:

— Endi sen bog'cha bola bo'lding. Ovqatni o'zing yeya bilishing kerak. O'rtoqlaringni ko'rdingmi, sendan kulishyapti, — deb qo'ydi.

Oradan ikki-uch kun o'tdi.

Buvisi endi ovqatni suzib dasturxonga keltirib qo'yganda, Shukurjonning oyisi ishdan keldi. U darrov yuvinib-artinib, Shukurjonni o'pdi-da, unga ovqatini yedirib qo'ymoqchi bo'ldi.

—  O'zim, — dedi Shukurjon qolini qoshiqqa cho'zib.

—  Hammayog'ingga tomizasan, — dedi onasi.

—  Yo'q!

Shukurjon ovqatni yeb bo'lganda ko'ylagida bitta ham dog' ko'rinmadi.

—  O'zim aylanay sendan, — dedi onasi, — katta bola bo'lib qolibsan-ku!

Shukurjon mag'rur javob qildi:

—  Endi men bog'cha bolaman.

 Mahmud MURODOV

Orqaga qaytish