Hikoyalar

5667 marta o'qildi
KAPALAK

Bahromjonning tili biyron chiqqan bo'lsa ham, hali ko'p narsalarning otini bilmasdi. Bir kuni u yugurib uyga kirdida, Bahodir akasining qo'lidan tortqilay boshladi. Menga ham yopishdi. “Yuringlar, kattakon kapalak”.

Hovliga chiqdik. Yo'lakda bir chumchuq bola yotardi. Inidan tushib ketibdi. Og'zini kappa-kappa ochadi. Olib qarasam, bir oyog'i singan. Bahodir ikkimiz vrachlik qildik. Qushchaning singan oyog'iga qog'oz o'rab, ip bilan yax-shilab bog'lab qo'ydik. Go'yo taxtakachladik. Iniga qo'yaylik desak, bo'g'otning ichiga qo'l sig'maydi. O'z aqli bilan kirib ketmaydi. Tag'in mushukka yem bo'lmasin, deb botinka qutichasiga solib, uy tokchasiga qo'ydik.

Bahodir pashsha tutib berdi. Bahromjon non uvoq bi­lan mehmon qilib turdi. Qushcha kundan-kun o'sib, qutichadan chiqib, uy aylanadigan bo'lib qoldi. Ba'zan ona chumchuqning ovozini eshitib, chirqillab qo'yadi. Bah­romjon esa kapalak gapiryapti, deb sevinchi ichiga sig'maydi.

—  Kapalak emas, chumchuq, — deb qo'yadi akasi.

Bir kuni oyog'ini yechsak, yarasi bitibdi. Ikki-uch kun­dan keyin esa, pirillab uchadigan, o'zini derazaga uradigan, tinimsiz chirillaydigan bo'lib qoldi.

—  Uchirib yuboramizmi chumchuqni? — deb so'radi Bahodir ukasidan.

Bahodirjon ko'nmadi:

—   Kerakmas, kerakmas! Chumchuqni uchirmayman, — deb turib oldi.

Men, ular qanday to'xtamga kelishar ekan, deb indamay turdim.

Bahodir bir oz turgach, so'z boshladi:

— Bir bola bor ekan. Yiqilib tushib, oyog'i sinibdi. Uni kasalxonaga olib borishibdi, oyog'i tuzalgandan keyin ham doktorlar uni uyiga yuborishmabdi, shundan keyin bola ertayu kech yig'Iayveribdi.

Shu yerga kelganda Bahodir bir oz to'xtadi-da, keyin so'radi.

—  Bilasanmi, nega yig'lagan?

—  Uyiga yuborishmagani uchun yig'lagan. Adasini, oyisini sog'ingan, — javob qildi Bahromjon.

—  Topding, — dedi Bahodir, — biz vrach bo'ldik. Chumchuqning oyog'ini tuzatdik. Endi u adasi bilan oyi­sini sog'inib yig'layapti. Ushlab o'tiraveramizmi?

Bahromjon bir oz ikkilanib turdi-da:

—  Qo'yib yuboramiz, — dedi.

Chumchuq bola derazadan chiqib, gilos shoxiga qo'ndi, keyin pastga qarab bir-ikki chirqilladi-da, uchib ketdi.

—  Chumchuq nima dedi — so'radi Bahromjon.

—  Bahromjon akamga rahmat! — deb aytdi. Bahromjon irg'ishlab qichqirdi.

—  Rahmat! Rahmat!

Mahmud MURODOV

Orqaga qaytish