Hikoyalar

4713 marta o'qildi
SENING GALING

Frotima bilan Zuhrani taniysizmi? Ikkovi ham juda yax­shi kiyinib, toza yuradi. Chunki oyisi Bashira xola ularni har kuni yuvib-taraydi, dadasi keltirgan guldor, chiroyli matolardan bejirim kiyimlar tikib beradi. Qo'ng'iroq sochlariga qip-qizil lenta bog'laydi.

Bu lentalar xuddi gulga qo'ngan kapalaklarni eslatadi. Lekin...

Nima bo'ldi-yu, tayg'anoqda Bashira xola zinadan yiqilib tushdi. Voy-voylab oyog'ini ushlaganicha o'tirib qoldi. Uni avaylab uyga olib kirishdi. «Tez yordam» mashinasini

SENING GALING

 

Frotima bilan Zuhrani taniysizmi? Ikkovi ham juda yax­shi kiyinib, toza yuradi. Chunki oyisi Bashira xola ularni har kuni yuvib-taraydi, dadasi keltirgan guldor, chiroyli matolardan bejirim kiyimlar tikib beradi. Qo'ng'iroq sochlariga qip-qizil lenta bog'laydi.

Bu lentalar xuddi gulga qo'ngan kapalaklarni eslatadi. Lekin...

Nima bo'ldi-yu, tayg'anoqda Bashira xola zinadan yiqilib tushdi. Voy-voylab oyog'ini ushlaganicha o'tirib qoldi. Uni avaylab uyga olib kirishdi. «Tez yordam» mashinasini chaqirishgan edi, u Bashira xolani kasalxonaga olib ketdi. Ona ancha kundan keyin qaytib keldi, oyog'i gipslangan, doka bilan chirmab bog'langan edi. Uni karavotga yotqizib qo'yishdi. «Gipsni bir oydan keyin olib tashlaymiz», deyishibdi doktorlar.

Bechora Bashira xola o'rnidan zo'rg'a turadi, zo'rg'a o'tiradi, zo'rg'a yotadi. Yolgan joyida Fotima bilan Zuhraning sochlarini taraydi, lentasini bog'lab, bog'chaga qo'g'irchoqdek qilib yasantirib yuboradi.

Bir kuni Bashira xola Fotimaning paypog'ini sizilgan joyini to'qib berayotgan edi, g'altak ipi pastga tushib ketdi.

—  Ipni olib beringlar, — dedi Bashira xola qizlariga. Bu payt Fotima bilan Zuhra kubiklardan alohida-alohida uy qurib o'tirishgan edi.

—  Sen olib ber, sening paypog'ing, — dedi Zuhra.

— Sen olib ber, sening galing, — dedi Fotima. — Hali «suv» deganlarida men quyib berganman.

—  Yo'q, sening galing!

—  Yo'q, sening!

Fotima bir urib Zuhraning uyini buzib yubordi.

—  Sening galing!

Zuhra ham yig'lab turib, Fotimaning uyini bir tepdi.

—  Bor, bor, sening galing!

Bular janjallashib bo'lguncha Bashira xola inqillab-sinqillab karavotdan tushdi-da, ipni olib ishini davom ettirdi.

 

Mahmud MURODOV


Orqaga qaytish