Ertaklar

5355 marta o'qildi
BAHROM VA GULJAMOL

Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadim  zamonda bir kambag'al chol va kampir bo'lgan ekan. Ularning farzandi yo'q ekan. Bir kuni chol o'tin to'playotib og'ir uf tortibdi. Yo'lda o'tib ketayotgan kishi cholning yoniga kelib:

- Ha,otaxon,nega uf  tortayapsan?   Yo'qchilik charchatdimi? — deb so'rabdi.

BAHROM VA GULJAMOL

Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadim  zamonda bir kambag'al chol va kampir bo'lgan ekan. Ularning farzandi yo'q ekan. Bir kuni chol o'tin to'playotib og'ir uf tortibdi. Yo'lda o'tib ketayotgan kishi cholning yoniga kelib:

- Ha,otaxon,nega uf  tortayapsan?   Yo'qchilik charchatdimi? — deb so'rabdi.

-        Qashshoqlikka-ku ko'nikkanman, ammo befarzandlik
dardi ichimni   kuydiradi, — debdi xo'rsinib chol.

Shunda haligi kishi, otajon men sizga bir giyoh beraman. Xotiningiz shuni damlab ichsin, ana shunda qizlik bo'lasizlar, debdi va ko'zdan g'oyib bo'libdi. Chol sevinib o'tinini terib uyiga boribdi va bo'lgan voqeani xotiniga so'zlab beribdi. Kampir chol bergan giyohni damlab ichibdi. Oradan 9 oy, 9 kun o'tib, chol va kampir qizlik bo'lishibdi. Chol xursand bo'libdi. Chaqaloqning husni jamolini ko'rgan chol unga Guljamol deb ism qo'yibdi.   Ular qizlarini oq yuvib, oq tarabdilar. Qiz nihoyatda sohibjamol bo'lib voyaga yetibdi. Guljamol kunlardan bir kuni maymunjon tergani o'rmonga  boribdi. O'sha kuni mamlakat podshohining o'g'li ham ov qilish uchun o'rmonga borgan ekan.   U Guljamolni bir  ko'rishda yoqtirib qolibdi. Shahzoda saroyga borib bo'lgan voqeani otasiga so'zlab beribdi.  Podshoh   g'azab bilan:

-        O'g'lim, ular kambag'al, sen esa snahzodasan. Qiz
sening tenging emas, o'z qadringni bil, — debdi.

Shahzoda juda xafa bo'lib:

-Otajon men uylansam shu qizga uylanaman, -debdi
va ko'kragini zaxga berib yotib olibdi. U bir necha kun
hech kim bilan gaplashmabdi va hatto ovqat ham yemabdi.
Kundan-kunga rangi somondek sarg'ayibdi. Bu holni ko'rib
podshoh maslahat qilishga vazirni chaqiribdi va bo'lgan

voqeani so'zlab beribdi. Vazir biroz o'ylab so'ngra javob qilibdi:

-Podshohi olam, o'g'lingiz shu qarorga kelgan bo'lsa, majbur qila olmaysiz.

Vazirning gapi podshohga ma'qul bo'libdi. Podshoh bir oz o'ylab turib so'ngra javob qilibdi:

- Mayli, men o'g'lim uchun hamma narsaga tayyorman, chunki o'g'lim ko'zimning oqu qorasi, yakkayu yolg'izimdir.
Bu ishni senga topshiraman, o'zing borib aniqlab kelasan.

Vazir shu kuniyoq qizning uyiga boribdi. U qizning chevarligini, aqlli, dono va orastaligini, hovlining saranjom-sarishtaligini o'z ko'zi bilan ko'rib qaytibdi. Vazir bu gaplarni podshohga yetkazibdi. Podshoh qiznikiga sovchi yuboribdi.

Qizning otasi sovchilarni xushmuomalalik bilan kutib olibdi. Qizning pazandaligi dasturxonga qo'yilgan taomlardan ham bilinib turarkan. Sovchilar chol va kampirni chaqirib, qizingizga qulchilikka keldik, debdilar. Chol, qizimning ixtiyori o'zida, u rozi bo'lsa men nima qila olardim deb, qizini chaqiribdi, qiz odob bilan salom beribdi. Chol qizidan:

-Senga qulchilikka kelishibdi, nima deysan,- deb so'rabdi.
Shunda qiz:

-Men roziman, lekin, bir shartim bor. Awal shahzoda biror bir hunarni o'rgansin. To'y qilish qochmas,- debdi.

Sovchilar bu gapni podshoga yetkazibdilar. Podsho qizning donoligiga tan berib, o'g'lini shaharning eng mashhur duradgoriga shogirdlikka beribdi. Bir yilu olti oy deganda hamma havas qilgudek usta bo'lib yetishibdi. Bahrom hunarini sevgilisiga ko'rsatish uchun naqshinkor darvoza yasabdi. Yigitning mahoratiga tan bergan qiz to'yga rozilik beribdi. Podshoh qirq kechayu, qirq kunduz to'yu tomosha qilib, Bahromga Guljamolni olib beribdi. Ular uzoq yillar baxtli hayot  kechirib, murodu maqsadlariga yetibdilar.

 

Mohigul ERGASHOVA,

Buxoro viloyati, Qorakol tumanidagi 8-maktab o'quvchisi.


Orqaga qaytish