Hikoyalar

5088 marta o'qildi
DALA XUNUK BO'LIB QOLADI

ndi maza. Tohirjon bilan Sobirjonning dadasi ham, oyisi ham haftada ikki kun dam olishadi. Ularni har qayerlarga olib borishadi. O'tgan shanbada ular juda vaqtli uyg'onishdi.

—  Qani, tezroq kiyininglar, dalaga borib dam olamiz, — dedi dadasi ularga.

Dadasining ishxonasidan avtobus jo'nar ekan, Sobir­jon bilan Tohirjon va boshqa bolalar atrofni tomosha qilib ketishdi. Uzoq yo'l yurgach, nihoyat avtobus to'xtadi. Odamlar anhor bo'yidan joy olishdi.

DALA XUNUK BO'LIB QOLADI

 

ndi maza. Tohirjon bilan Sobirjonning dadasi ham, oyisi ham haftada ikki kun dam olishadi. Ularni har qayerlarga olib borishadi. O'tgan shanbada ular juda vaqtli uyg'onishdi.

—  Qani, tezroq kiyininglar, dalaga borib dam olamiz, — dedi dadasi ularga.

Dadasining ishxonasidan avtobus jo'nar ekan, Sobir­jon bilan Tohirjon va boshqa bolalar atrofni tomosha qilib ketishdi. Uzoq yo'l yurgach, nihoyat avtobus to'xtadi. Odamlar anhor bo'yidan joy olishdi. Hammayoq ko'm-ko'k maysa, g'ir-g'ir shabada, bir yoqda hayqirib suv oqyapti. Ba'zan suv betiga oltin baliq sakrab chiqadi. To­hirjon bilan Sobirjonning oyisi tanlagan joydagi daraxtda qandaydir bur qush tinmay sayraydi. Sobirjon qidiradi-yu, topolmaydi.

—  Bulbul sayrayapti. U juda kichkina bo'ladi, — dedi dadasi.

Bolalar yugurishdi, dumalab o'ynashdi. Hammayoq ularga shunday go'zal ko'rindiki,astiqo'yaverasiz.

Sobirjon oyisiga, Tohirjon dadasiga guldasta terib kelishdi. Dadasi «rahmat» dedi-yu, guldastani oyisiga uzatdi.

—  Qalay, dala yaxshi ekanmi, yoqdimi? — so'radi oyi­si Sobirjondan.

— Juda ham chiroyli ekan!

Kechqurun uyga qaytish oldida Tohirjon o't oralarida yotgan qog'oz parchalarini, shokolad zarlarini, tuxum po'choqlarini terib ola boshladi. Akasining ishidan Sobir­jon hayron bo'ldi.

—  Terib nima qilasiz? Hozir ketamiz-ku.

—  Qiziq ekansan-ku, — dedi Tohirjon. — Terib olmasa, dala xunuk bo'lib qoladi. Bog'cha bolasi bo'la turib shuni ham bilmaysanmi?

Sobirjon ham akasiga yordamlasha ketdi.

Mahmud MURODOV


Orqaga qaytish