Jahon adabiyoti

5459 marta o'qildi
alila va Dimna

    "Kalila   va   Dimna"   rivoyatlarga   ko'ra   aslida   qadim   zamonlarda   hind  faylasuf olimlari  tarafidan  yozilgan.   U  hind  folklori  asosida  yaratilgan bo’lib,   "Panchatantra",  "Xitopadeshe"  va  boshqa  asarlar  bilan  ildizi  birdir.

"Kalila   va   Dimna"   Eron   shoxi   Anushiravon   (531-579)   davrida   Hindistondan   saroy   fuzalolaridan  bo’lgan   Barzuya   hakim   tomonidan   yashirincha  Eronga keltirilib,   pahlaviy   tiliga  tarjima   qilingan.   Bu  tarjima   yo’qolib   ketgan, lekin pahlaviy tilidan suriya  tiliga  qilingan  tarjima  (taxminan   570  yillar, mutarjim   Bud   nomli   shaxs)   adabiyotga   nodir   yodgorlik   sifatida   qo’shildi.

alila va Dimna , T-,2010

 

                                  ABADIYATGA DAXLDOR  YODGORLIK

 

    "Kalila   va   Dimna"   rivoyatlarga   ko'ra   aslida   qadim   zamonlarda   hind  faylasuf olimlari  tarafidan  yozilgan.   U  hind  folklori  asosida  yaratilgan 

bo’lib,   "Panchatantra",  "Xitopadeshe"  va  boshqa  asarlar  bilan  ildizi  birdir.

"Kalila   va   Dimna"   Eron   shoxi   Anushiravon   (531-579)   davrida   Hindistondan   saroy   fuzalolaridan  bo’lgan   Barzuya   hakim   tomonidan   yashirincha  Eronga keltirilib,   pahlaviy   tiliga  tarjima   qilingan.   Bu  tarjima   yo’qolib   ketgan, lekin pahlaviy tilidan suriya  tiliga  qilingan  tarjima  (taxminan   570  yillar, mutarjim   Bud   nomli   shaxs)   adabiyotga   nodir   yodgorlik   sifatida   qo’shildi.

"Kalila   va   Dimna"ning   Abbosiylar   xalifaligi   davrida  o’sha   zamonning   eng donishmand   olimlaridan   bo’lmish   kotib   Abdulla   ibn-al   Muqaffa   (721-757) tomonidan   arab  tiliga   qilingan  tarjimasi   uning   butun  dunyo  bo’ylab tarqalishiga sabab  bo’ldi.

Eski sharq an'anasiga ko’ra, Ibn-al Muqaffa "Kalila va Dimna"ni tarjima etish asnosida faqat muqaddima yozibgina qolmay, asarning asosiy matniga ham birmuncha  o’zgarishlar kiritgan.  Masalan, u "Dimna ishining tekshirilishi " faslin o’zidan qo’shgan.

X-X1 asrlarda "Kalila va Dimna" Ibn-al Mutaffa tarjimasi asosida  yana suriya tiliga, XI asrning oxirlarida yunon tiliga, XII asrda yunonchadan  slavyan tiliga, XIII asr o’rtalarida yahudiy tiliga, bir necha o’n yillardan lotin tiliga tarjima qilingan. Ana shu oxirgi tarjima fransuz, italyan, nemis na boshqa g’arb tillariga qilingan tarjimalarga asos bo’lib xizmat qilgan.

1889 yilda mashhur rus sharqshunoslari M.Attae va M.Ryabinini "Kalila Dimna" ni rus tiliga tarjima qildilar. Rus olimi I.Yu.Krachkovskiy o’zining yosh iste'dodli shogirdi I.R.Kuzminga   "Kalila   va  Dimna"ni   arabchadan rus tiliga  tarjima   qilishni   topshiradi.

Abdulxasan  Abdulla ibn  Mutaffa  shunday  naql  etadi:  Xudo  o’z qudrati bilan olamni yaratdi,  insonlarni  aql_idrokda boshqa hayvonlardan afzal qilib yaratdi. Chunki aql  saxovat  eshiklari  va  saodat  xazinalarining  kalitidir. Bu ish  nozu  ne'matlariga  ega  bo’lish, u dunyoning azobu uqubatlaridan xalos bo’lish  aql va idrokka bog’liqdir.  Iste'dod,  aql_idrok  esa ikki xildir:  biri -tabiiy,  ya'ni onadan tug’ma bo’lib,  ikkinchisi -  kasbiy,  ya'ni unga tajriba vositasi bilan  erishiladi.  Insonlarda  bo’lgan tabiiy  iste'dod yog’ochdagi  yonish xususiyatiga

o’xshaydi:   yog’ochga  o’t  qo’yilmasa   yonmaydi,   shunga  o’xshash  tabiiy .  iste'dod, aql  va  kamol   ham   tajriba   bo’lmasa,   o’zini   ko’rsata   olmaydi.

Olimlar. tajriba  inson  aql-idrokini  kamolga  yetkazadi,  deganlar.

Har kim tabiiy aql-idrokka  ega  bo’lib,   ilmu  hunar  kasb  etishga  intilsa, bu dunyoda   g’am   o’z  orzusiga   yetadi,   u   dunyoda   g’am   rohat   ko’radi...   Bilmoq lozimdirki, har ishning  o’z  sababi,   har   sababning   o’z   sababchisi   va   har ishning o’z  makon  va  zamoni  bordir.  Umrning  uzunligi   va  davlatning borligi shularga  boqliqdir.   Bu kitobning  hindistondan  Fors  mamlakatiga

keltirilishining  sababi  shuki,  Olloh taolo  qudratli,  saodatli  Anushiravon Kusro  ibn  Qubodni   aql  nuridan   va   adolat   xazinasidan   bahramand   etgan,

ishbilarmon,  favqulodda   g’ayratli  qilib  yaratgan.  U  o’zining  bu  xislatlari

soyasida ilm  o’rganib,  turli  sohada  shunday  kamolot  darajasiga  yetganki,

undan avvalgi  shohlarning  hech  biri  bunga  erisholmagan.

Kunlardan   bir   kun   uning   qulog’iga   quyidagi   xabar   yetib  keldi:   Hind xazinasida parranda,   darrandalar,   vaxshiy  hayvonlar  tilidan   yozilgan   bir bor  emish;   bu kitob   saxovat   manbai,   ilm-hikmat   kaliti   emish;   u shoxlarga naf keltirganidek,  xalqqa  ham  foydali  emish; bu  kitobning  nomi "Kalila va Dimna"   emish.

Nasihat, hikmat va masallar majmuasidan iborat bo’lgan bu "Kalila va Dimna" kitobi hind brahmanlari va olimlari tomonidan yozilgandir. Har bir xalqning olim va faylasuflari qanday vositalar bilan bo’lmasin, o’z orzu va istaklarini amalga oshirmoq, mavjud tartibni intizomga solmoq uchun hamisha fikr yuritganlar, har xil tadbirlar ila ish ko’rmoqchi bo’lganlar, bu haqda xar xil asarlar yozmoqqa intilganlar. Shulardan biri qqushlarning va yovvoyi, yirtqich hayvonlarning tilidan yozlgan, g’oyat chuqur ma'noli, nafis ramz va muammolarga to’la ushbu kitobdir. Olimlar bu yo’lni tanlab zo’r imtiyozga ega bo’lganlar: avvalo, bu bilan ular xohlagan so’zlarini aytib, har bir bobni orzu qilganlari darajada bezash imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Buning ustiga, ular shu yo’l bilan nasihat, hikmat, latifa va hazil-mutoyiba javohirlarini bir-biriga qo’shganlar, toki dono odamlar bu kitobni mutolaa qilib, foydalansinlar, nodon odamlar esa, uni afsona deb o’qisinlar.

Yosh shogirdlar esa savodli bo’lmoq, ilm orttirmoq, naql aytmoq maqsadida bu kitobda yozilganlarii osonlik bilan yodlarida saqlab qolgusidurlar. Katta bo’lib, aql va tajriba egasi bo’lganlarida, yodlab olgan va esda saqlab qolgan naqllar ustida fikr yuritib, ularni tushunganlarida dillari naqadar foydali hikmatlar bilan

to’lganligini ko’radilar va o’zlari kutmagan ulkan boylikka bitmas-tuganmas xazinaga ega bo’lganlarini biladilar. Yoshlarning xursandligi katta bo’lganda otasidan meros bo’lib qolgan xazinani topgan va shu tufayli umrining oxiriga qadar qiyinchilik ko’rmasdan yashay olishni bilgan odamning sevinchiga o’xshaydi.

Bu kitobni o’qiganda uning nima uchun yozilganligi va qanday maqsadlarni ko’zda tutganligini tushunish kerak. Aks holda odam bu kitobdan foyda ololmaydib uning boyliklaridan bebahra qoladi. Bu kitobni tushunishning birinchi sharti shuki, uni to’g’ri va diqqat bilan o’qiy bilishdir. Zotan, bir narsani diqqat bilan o’qimasdan turib uning ma'nosini tushunmoq mumkin bo’ladimi ahir?  O’qishni yaxshi biladigan odam bu kitobni o’ylab o’qishi va uning ma'nosiga yetishga shoshilmasligi lozim, chunki uning

ma'nosiga odam chuqur o’ylab qiyinchilik bilan erishadi. Naql qilibdurlarkim, bir kishi sahroda xazina topib olibdi va o’z-o’ziga:  "Agar bu xazinani bir o’zim tashisam, ko’p vaqtim bekor ketadi, o’zim qiynalib, qaytaga hafa bo’laman. Yaxshisi, bir necha xizmatkor topib, bir necha ulovni kira qilib, biroz muddat ichida xazinaning hammasini uyga tashib olay", debdi.

U huddi shunday qiladi. O’zi xazinaning tepasida qolib la'l va javohirlar yuklangan ulovlarni uyiga yuboradi. Lekin yukni olib ketayotgan hiylakor odamlar boyliklarni u kishining uyiga emas, o’z uylariga olib borishni maqsadga muvofiqroq deb biladilar.

U nodon kishi esa o’z manziliga kelganda pushaymonlikdan boshqa hech narsa topmaydi.

Yana shunday haqiqatni bilish lozimki, foyda kitobni yodlashda emas, uni tushuna bilishdadir. Kimki bilmagan ishga yopishsa, uning ahvoli so’zni yodlab olgan, lekin ma'nosini tushunmagan odamning ahvoliga o’xshaydi.


Orqaga qaytish