Jahon adabiyoti

5099 marta o'qildi
"O`g`ri" hikoyasi

Deydilarki, bir o’g’ri o’z hamrohlari bilan boy odamning uyiga o’g’irlikka tushadi. U y egasi oyoq tovushidan uyg’onib ketadi va tomda o’g’ri borligini sezadi. Xotinini asta uyg’otib, unga ahvolni tushuntiradi va deydi: “Men o’zimni uxlaganga solib yotaman, sen baland tovush bilan mendan bunchalik mol-denyoni qanday qilib topganligimni so’ragin.

O’G’RI HIKOYASI

  Deydilarki, bir o’g’ri o’z hamrohlari bilan boy odamning uyiga o’g’irlikka tushadi. U y egasi oyoq tovushidan uyg’onib ketadi va tomda o’g’ri borligini sezadi. Xotinini asta uyg’otib, unga ahvolni tushuntiradi va deydi: “Men o’zimni uxlaganga solib yotaman, sen baland tovush bilan mendan bunchalik mol-denyoni qanday qilib topganligimni so’ragin. Men javob berishni istamasam, sen qattiq turib javob berishni talab qil”. Xotini eri aytganidek savol berdi. Eri dedi: “Ey xotin, meni tinch qo’y, bunaqa savollar beraverib boshimni qotirma. Tog’risini aytadigan bo’lsam, odamlar eshitib qoladilar, deb qo’rqaman, biz beobro’, jamoat bizdan yuz o’giradi.”.

         Xotin uni qo’yarda-qo’ymay, aytib berishni so’rayveribdi.

         Eri dedi; “Sening so’rashingning sababi nima? ‘rning yashirin siri bilan xotining nima ishi bor?”

         Xotini dedi: “Bilgim kelyapti”.

 Eri dedi: “Bu mol-dunyo o’g’rilik bilan topilgan. Men bir vaqtlar abjir o’g’ri bo’lganman. Oydin kechada davlatmand jdamlarning devorlari tagiga kelib afsun o’qirdim-da, oy nuri tushib turgan uyning tomiga chiqib, yeti marta “Sholem, sholem” deb, oy  shul’asi ustiga o’tirib, uyning o’rtasiga hech qiynalmasdan sakrab tushardim. U yerda ham yeti marta “Sholem, sholem” deya oy shul’asiga suvora bo’lib darchadan chiqib ketardim. Mana shu afsun tufayli hech kim meni ko’rmas va mendan badgumon ham bo’lmas edi. Sekin-asta mana shu boyliklarni qo’lga kiritdim. Bu so’zni hech kimga o’rgata ko’rma”.

         O’g’rilar buni eshitib, afsun o’rganib olganliklari uchun juda quvondilar. Biroz payt poylab yotdilar-da, uy egalarining uxlaganliklariga ishonch hosil qilgach, o’g’riboshi yeti marta “Sholem, sholem” dedi, lekin oyog’ini darchaga qo’yishi bilan darchaga qulab tushdi.

         Uy egasi darhol o’rnidan turib to’qmoq bilan o’g’rining boshiga tushirdi. Keyin u: “Men aziz umrimni sarf qiolib topgan davlatimni osonlikcha olib ketaman deb o’yladingmi? Sen kimsan? Aytmasang, hozir o’ldiraman”, dedi.

         O’g’ri dedi: “Men sendek tilyog’lama odamning so’ziga aldanib to’rga ilingan laqma va nodon odamman”.

         ullas, laqma bo’lganim uchun haqiqatni topa olmadim va o’z-o’zimga dedim: “Avlod-ajdodimning dinida qolib, ko’r-ko’rona unga rioya  etsam, men faqat ajdodi jodugar bo’lgani uchun o’zini haqli hisoblagan jodugarga o’xshab qolaman. Agar yangidan din axtarishga boshlay desam, umr yetmaydi deb qo’rqaman, chunki o’limim yaqinlashib qolgan. Taraddud ichida yashaydigan bo’lsam, fursatni qo’ldan berib, hech bir savob ish qila olmay, bu dunyodan o’tib ketaman. Shuning uchun men barcha dinlardan voz kechib, har narsadan ustun hisoblangan hayrli ishlar bilan mashg’ul bo’lishga, aqlga sig’adigan ishlar bilan shug’ullanishga ahd qildim.

     Shundan beri men jonivorlarni urish, o’ldirishdan, odamlarni ranjitish, tahqir etishdan, ularga hiyonat qilishdan voz kechdim, yolg’on so’zlash, bo’xton, g’iybatdan tilimni tiydim: xalqqa ozor berish va dunyo moliga hirs qo’yishdan, nayrangbozlik va jodugarlik kabi noloyiq ishlardan chekindim. Yomonlardan qochdim, yaxshilarga qo’shildim. To’g’rilik va tozalikka do’st bo’ldim. Chunki dunyoda to’g’rilikdan yaxshi do’st bo’lmaydi. To’g’rilik bilan har narsaga erishsa bo’ladi. Bu shunday davlatki ulashganing bilan ozaymaydi, harjlaganing bilan kamaymaydi. To’g’ri odam podshohdan ham qo’rqmaydi, o’t, suv, vaxshiy hayvonlar va boshqa zararli narsalar ham unga ziyon yetkaza olmaydi. Kimki to’g’ri yo’ldan chetga chiqib , davlat orttirish bilan shug’ullansa, o’z umrini yomon sarf etsa, u odamning boshiga quyidagi hikoyada zikr etilgan savdogarning boshiga tushgan ish tushadi.


Orqaga qaytish