Hikoyalar

4935 marta o'qildi
Oppoq qiz.

Ziyoda - qorachadan kelgan qiz. Lekin uni boqcha opasi, mudira xolasi "oppoq qiz" deyishadi. Oyisi, dadasi ham uni "oppog`im, oppoqinam", deb erkalashadi. Nega shunaqa? Bunga bog`chadagi hamma o`g`ilu qiz bolalar, hatto Ziyodaning o`zi ham hayron.

 

Oppoq qiz.

 

Ziyoda - qorachadan kelgan qiz. Lekin uni boqcha opasi, mudira xolasi "oppoq qiz" deyishadi. Oyisi, dadasi ham uni "oppog`im, oppoqinam", deb erkalashadi. Nega shunaqa? Bunga bog`chadagi hamma o`g`ilu qiz bolalar, hatto Ziyodaning o`zi ham hayron.

Zilolaning yuzi, qo`llari momiqday oq. Ammo uni hech kim "oppoq qiz" demaydi.

Kecha Zilola shu to`g`rida Ziyodani xafa qildi:

-  Hammayog`ing qop-qora-ku, qozonkuyaga o`xshaysan. Nimaga bog`chamizdagilar seni "oppoq qiz" deyishadi?

-  Bilmasam, - yelkasini qisdi Ziyoda.

-  O`zing yalingansan. Shunaqa denglar, degansan-da! - bidirladi Zilola.

-  Hech-da. Unaqa deganim yo`q.

-  Degansan.

-  Demagansan.

-  Degansan! - Zilola Ziyodaning yoqasiga chang soldi.

-  O`rtada janjal chiqdi. Shovqin-suron ko`tarildi.

-  Ha, ha, nima gap? - Sanobar opa yugurib bolalarning oldiga keldi .

Zilolaning rangi oqargan, lablari pir-pir uchardi. Ziyoda esa qovog`i soliq, yig`lamsirab turardi.

-  Bildim. Ikkovlaring ham janjalkash ekansizlar, - dedi Sanobar opa. - Kim boshladi urushni?

Zilola kipriklarini pirpiratib yerga qaradi, Ziyoda ters o`girilib, ko`zyoshini artdi.

-  Qani, bolalar, sizlar aytinglar. Janjal kimdan chiqdi?

Bolalar oldin bir-birlariga qarashdi-yu, indashmadi. Sanobar opa: "Bundan chiqdi, hammalaring aybdor ekansizlar", degandan keyingina Dilorom bo`lgan voqeani gapirib berdi.

Opa kuldi. Ziyodani yoniga chaqirib, peshonasini, sochini siladi, keyin bolalarga qarab dedi:

-  Ziyoda qorachadan kelgan bo`lsa ham, uni  "oppoq qiz" deymiz. Chunki u o`rtoqlari bilan urushmaydi, talashmaydi, quloqsiz emas. Uylarini ota-onasining aytganini bajaradi. Shu bilan birga,  yuvinish-taranish, toza yuradi. Ust-boshlarini kir qilmaydi. Shunaqa "oppoq qiz"lar bog`chamizda qancha ko`p bo`lsa, shuncha yaxshi.

-  Bog`cha bolalari Ziyodaga havas bilan boqishdi. Zilola unga ko`z qirini tashladi-yu, qizarib ketdi.

 


Orqaga qaytish