Hikoyalar

5647 marta o'qildi
Kimning bobosi zo`r?

Ahmad bilan Rahmat bog`chadan kelishayotganda tortishib qolishdi:

-  Mening bobom zo`r, - dedi Ahmad. - Katta  katta odamlarni ham bir mushti bilan ag`darib tashlaydi.

-  Bekorginani aytibsan,- dedi Rahmat.- Mening bobom zo`r. Qishda tomosha bo`ldiku, ana shunda kurashga tushgan. Bitta polvonni yiqitib musobaqada yutib chiqqan.

Mahmud jim. U o`rtoqlari - Ahmad va Rahmatning bahsini eshitib, bobosi haqida o`ylab borardi.

Uning bobosi qanaqa ekan? Zo`rmi, zo`r emasmi? Bu haqda u hech narsa bilmasdi. Lekin u bobosini katta-katta yig`inlarga olib ketishganini, uchrashuvlarga taklif etishganini ko`p marta ko`rgan.

Bobosi taklif qilingan joylarga borayotganda yangi kostyumini kiyib oladi. Unda orden, medallar qator-qator.

Mahmud uyga kirishi bilan bobosidan so`radi:

-  Siz zo`rmisiz?

-  Bobosi jilmaydi. Bu "ha" deganimi yo "yo`q" deganimi?

-  Mahmud hayron edi.

Orqaga qaytish