Hikmatlar

5676 marta o'qildi
Konfutsiy hikmatlari

Ustoz aytardi:

—    Ota-onangizning xizmatini ado etayotganda, ularga ohista so’ylang. Agar ular sizning aytganlaringizni qilishni istamayotganliklarini ko’rsangiz, bari bir tavozeda turavering va odob qoidalarini buzmang. Hatto qon yutib turgan bo’lsangiz ham, koyinganingizni bildirmang.

Ustoz aytardi:

—    Ota-onangizning xizmatini ado etayotganda, ularga ohista so’ylang. Agar ular sizning aytganlaringizni qilishni istamayotganliklarini ko’rsangiz, bari bir tavozeda turavering va odob qoidalarini buzmang. Hatto qon yutib turgan bo’lsangiz ham, koyinganingizni bildirmang.

 

Men Sun ustozdan farzandlik burchi nima, deb so’radi. Ustoz javob berdi:

—    Tuzukdan chiqmaslik.

Fan Chi ot aravani haydab borardi, shunda Ustoz aytdi:

—    Men Sun mendan farzandlik burchi nima, deb so’radi. Men unga: tuzukni buzmaslikdir, deb aytdim.

—    Buning ma'nosi nima? — deb so’radi Fan Chi.

Shunda Ustoz javob berdi:

—    Ota-ona tirikligida ularga yaxshi xizmat qilmoqdir. Qazo qilsalar — ko’mib kelmoq va zarur rasm-rusumlarni ado etmoqlikdir.

 

* * *

 

Ustoz aytardi:

—    Agar o’qisang-u o’ylamasang — chalkashib qolasan. Agar o’ylasang-u o’qimasang — shubha-gumonlar tagida qolib ketasan.

 

* * *

 

Ustoz aytardi:

—    Ota-onangiz tirik ekan, ulardan uzoq ketmang. Agar borish zarur bo’lib qolsa, qayerga borishingizni ularga malum qilib keting.

 

* * *

 

Ustoz aytardi:

— Qadimlarda kam so’ylashardi, o’z so’zlarining ortidan yetolmay qolishdan qo’rqishardi.

 

* * *

 

Ustoz aytardi:

—    Ehtiyotkor odamlar kamdan-kam xato qiladilar.

 

* * *

 

Ustoz aytardi:

—    Munosib xulqli kishi so’zlarni shoshilmasdan so’ylagani ma'qul va ishlarni jadal ado etmog’i afzal.

 

* * *

 

Yan Yuan haqiqiy odamiylik nima, deb so’radi.

—    Odam o’zini tuta bilishi va adab taomillariga rioya etishi kerak, — deb javob berdi Ustoz, — mana shu chinakam odamiylik bo’ladi. Bir safar o’zingni tutishga o’rgansang va adabga rioya qilgan holda harakat qilsang, shunda butun Osmon seni odamiy ekan, deb ataydi. Odamiy bo’lish yoki bo’lmaslik faqat kishining o’zigagina bog’liq, — axir bu narsa boshqalarga bog’liq bo’lishi sira aqlga to’g’ri keladimi?

—    Marhamat qilib ayting-chi, bunga qanday erishsa boiadi?

Ustoz aytdi:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xitoydagi ilm-fan taraqqiyotida Konfutsiy va uning maktabi alohida ahamiyatga ega. Uning Xitoy falsafasi tarixida tutgan o’rnini Suqrotning yunon falsafasi tarixidagi o’rnigagina qiyoslash mumkin, xolos.

 

Konfutsiy miloddan ilgari taxminan 551—471-yillarda yashagan. Uning butun dunyoda mashhur bo’lgan nomi «kun» va «futszi» so’zlari asosida yasalgan «Kun» hozirgi vaqtda familiyani anglatuvchi so’z bo’lsa, «fu» faylasuf, «szi» o’qituvchi ma'nolarini ifodalovchi so’zlardir. Ya'ni Konfutsiy «falsafa o’qituvchisi» degan so’zlarning familiya maqomini olgan shaklidir.

Konfutsiy yashagan davrdan «To’rt asos» va «Besh asos» degan ulkan yozma yodgorliklar saqlanib qolgan. «Besh asos» Konfutsiyga qadar yaratilgan «Qo’shiqlar kitobi», «Taomillar kitobi» («Marosimlar kitobi»), «Rivoyatlar kitobi» va «Folbinlik kitobi» («o’zgarishlar kitobi») singari qismlardan iborat bo’lgan. Lekin bu kitoblarning barchasi konfutsiylik ta'limoti asosida qayta ishlangan va Konfutsiy ta'limotining mohiyatini ochishga xizmat qilib kelgan. «To’rt asos» esa Konfutsiy «Hikmatlar»idan tashqari, «Menszi» («Men-muallim»), «Buyuk ta'limot» va «Oraliq haqidagi ta'limot» sin-gari Konfutsiy shogirdlarining hikmatli so’zlaridan tashkil topgan.

Konfutsiy ta'limoti markazida «muruwatli zot» turadi. U hukmron tabaqaning ideal vakili bo’lib, Konfutsiy ta'limoti yordamida o’zida jamiyat farovonligini ta'minlay va ma'naviy asoslarini ifodalay oladigan olijanob fazilatlarni shakllantirgan. Konfutsiy «Hikmatlar»i «muruwatli zot»ning shunday yuksak insoniy fazilatlarini aks ettiradi.

Aniqroq aytsak, bu zot oliy hukmdorga nisbatan chuqur ehtiromli, xalqqa esa muruwatli bo’luvchi, butun kuch va qobiliyatini jamiyat oldidagi burchini oqlashga, milliy urf-odat va an'analarning to’la-to’kis bajarilishini ta'minlashga sarf etuvchi kishidir. Shuning uchun ham uning o’gitlari, pand-u nasihatlari Xitoyda hanuzga qadar e'zozlanib va qadrlanib keladi.


Orqaga qaytish