Hikoyalar

5527 marta o'qildi
Muhammad Sharif "Bulbullar bayrami" (hikoya)

Bolaligimizning bayramlari ko‘p bo‘lardi. Lekin ular orasida biz uchun eng quvonchlisi Qushlar bayrami kuni edi. O‘sha kuni kallai saharlab maktab darvozasi oldida yig‘ilardik. Birov dakang, birov o‘zi bir qarichu dumi o‘n qarich yapon xo‘rozini, yana birov chipor tovug‘ini qo‘ltiqlab kelar, otasining sayroqi bedanasi yoki kakligini o‘g‘irlab kelganlar kechqurun orqasiga ho‘l gavron shivillab tushganida o‘ynab-kulgani burnidan chiqishini xayoliga-da keltirmay, o‘z qushlarini maqtab, o‘rtoqlariga gap bermasdi. Kaptarlarni aytmaysizmi?!

-

Yuklab olish Yuklab olish


Orqaga qaytish