She`rlar va ruboiylar

5013 marta o'qildi
Tursunoy Sodiqova Jannatim onam

Borsam onam: «Jonimga jon qo’shgani

Tursunjonim klibdi», - db yayrardi.

Mn esam-chi, tashib qo’sha-qo’sh g’amni,

Nuqul bolam tashvishida sayrardim,

Joningizga jon bo’lmadim, onam-a!

Borsam onam: «Jonimga jon qo’shgani

Tursunjonim klibdi», - db yayrardi.

Mn esam-chi, tashib qo’sha-qo’sh g’amni,

Nuqul bolam tashvishida sayrardim,

Joningizga jon bo’lmadim, onam-a!

 

Dr edingiz: «Cho’nglar ichra cho’ngimsan,

Tursunxon, db atang mning bolamni!»

Saltanatim bugun sindi cho’p misol,

Sultonligim ytimlikka talandi,

Sizdan kyin xon bo’lmadim, onam-a!

 

Tevaragi to’kis bolam, boy bolam,

Tursunboyim, dya alqab o’tdingiz.

Ming bir kamim tgramda charx ursa ham,

Yuragimda tog’lar bino etdingiz,

Sizdan kyin boy bo’lmadim, onam-a!

 

Istarangni nurdan qildi xudoyim,

Tursunoyim, oy bolamsan, ddingiz.

Ul to’kislik bugun qani, oyimim,

Nur uzatgich quyoshim siz edingiz,

Sizdan kyin oy bo’lmadim, onam-a!

Sizdan kyin oy bo’lmadim,

boy bo’lmadim,

xon bo’lmadim,

Hargiz butun jon bo’lmadim,

Onamo’-o’-o’-o’v, onam-a...

 

* * * * * * * * *

 

Ikki bahor, ikki kuzak avvali,

Ktdi onam dunyoimning sarvari.

 

Ikki yilki sl quyilar ko’zimga,

Lk jon kirmas zabonimga so’zimga.

 

Yig’lab klib, yig’lab ktar bahorlar,

Qaldirg’ochlar yig’i solar nahorlar.

 

Onam uchun bo’zlamagan qolmadi,

Faqat tilim lol manim-ay, lol manim!

 

O’rik gullar, ko’zim uni ko’rmaydi,

Eshitgim yo’q na dutorni, na nayni.

 

Onajonim, dunyolarim toraydi,

Hamma ranglar bir xil bo’ldi — qoraydi ...

 

Kokil qo’yib boqqan yolg’izingizman,

Faqat sizga yoqqan yolg’izingizman.

 

Siz yashirgan xatolarim topildi,

Bugun armon dorlariga tortildim.

 

Tavbalarni kimga aytay endi-ya!

Afsuslarni qayga otay endi-ya!

 

... Ergashxonim edi oti onamning,

Bardoshdanmi edi zoti onamning,

 

Umri o’t-u otash bo’lgan onam-a,

Otashlarda odosh bo’lgan onam-a.

 

Ikki yildir dunyo qaro ko’zimga,

Ikki yilki, klolmasman o’zimga...

1991

 * * * * * * * * *

 Oyijon, bahorlar gullayvradi,

Mn esa sizdan so’ng gullamay qo’ydim.

Ko’ksimga qamalgan bulbullarimning

Chax-chaxlab sayrashin tilamay qo’ydim.

 

Oyijon, havaslar o’chdi misli cho’t,

Krik qoshlarimdan o’smalar o’chdi.

Sinoat yuz brdi — o’zimda mn yo’q,

Suvratu joningiz jonimga ko’chdi.

 

Yuzim naq o’zingiz — hamisha kulgan,

Odamlar ichida to’lib yuraman.

Ammo dilda doim sizni kmirgan,

G’arib yolg’izlikni ko’rib turaman.

 

O’gil-qiz savdosi — tgirmon toshi,

Mning ham qaddimni etmoqda bukr.

Ammo so’zingizdir so’zimning boshi,

Nniki ko’ryapmiz bariga shukur!

 

Shukur shu parishon turishimga ham,

Qaytardi o’zimga sizni xudoyim.

Oynakka qarasam mo’ltirab turar,

Oq ro’mol o’ragan Ergashxon oyim!

 

Uzi mhribondir bizga xudoyim,

Topib oldim sizni, anjonlik oyim!

 

1995

 

Tursunoy Sodiqova   Jannatim onam .- T.,2008

 

 


Orqaga qaytish