Bilasizmi?

5667 marta o'qildi
Zirhli mashinalarni kim oylab topgan?

Zirhli mashinalarni yaratish  g’oyasi  o’rta  asrlardayoq  paydo bo’lgan edi. Biroq u paytlarda to’rt tomoni bekitilgan va ichiga maxsus tuyniklardan o’q otuvchi kamonchilar hamda qamal qiluvchi askarlar joylashgan aravalar nazarda tutilar edi.

    Zirhli mashinalarni yaratish  g’oyasi  o’rta  asrlardayoq  paydo bo’lgan edi. Biroq u paytlarda to’rt tomoni bekitilgan va ichiga maxsus tuyniklardan o’q otuvchi kamonchilar hamda qamal qiluvchi askarlar joylashgan aravalar nazarda tutilar edi. Bunday moslama xujumkorlarni himoyachilar tomonidan otilayotgan toshlar , tepalardan ag’darilayotgan qaynoq suv va qora yelimlardan himoya etar edi.

  Keyinchalik ularni o’rnini hamma tomoni bekitilgan jang aravalari egalladi. Ularda  alohida shinaklar orqali kamon tortadigan  kamonchilar bo’lar edi. Bunday aravalarga yengil qurollar  ham ortilgan. Bunday ulov vositalari keng tarqalmaydi, chunki ularning  o’zi  sust  harakatchan va ayniqsa o’t  ochish qurollari  uchun “ tayyor o’lja”  edi.

    O’ziyurar zirhli  mexanizmlarni yaratish imkoniyatlari XX asr boshida ichidan yonar dvigatellar va zanjirli dvigatellar paydo bo’lganidan keyin paydo bo’ldi. Ularni o’zaro birlashtirish zirhli  mashinalarni kerakli xarakatchanlik va tezkorlikka erishdi. 

     Dastlabki tanklar (zirhli mashinalar shunday nom oldi)  Angliyada birinchi jahon urushi boshlanishi oldidan paydo bo`ldi. Bu zirhli mashinalar “tank” deb atalishining sababi shuki, ular  u paytda “ quruqlikdagi kemalar “ deb  hisoblanar edi. Inglizcha “ tank” so’zi kemasozlikda keng  qo’llanilgan  keng,  bo’sh mexanik ehtiyot joyini anglatadi.

    Aftidan, “tank “so’zi dengiz floti amaldorlari uchun odatdagi tushunch edi shekilli shu boisdan birinchi tank bo’linmalariga quruqlikdagi qo’shinlar kamandirligi emas , balki Angliya  admiralligi  boshchilik qildi. Chindan ham, suyri shakldagi va o’q otar minorachasi bo’lgan “Mark-4”tanki dengiz kemalarini eslatar edi.

   Tanklar qo’llanilgan birinchi jang ingliz qo’shinlariga g’alaba keltirdi.Bu voqea 1917 yil 20 noyabrda Fransiyaning Kombre qishlog’I  yonida yuz  berdi. G’alabaning bosh sababi  shu ediki, nemislar shu paytgacha bunday tanklarni ko’rishmagan va unga qarshi kurash choralarini ham bilishmas edi.

  Tez orada Amerikalik konstruktor  U. Kristi zanjirli va oddiy g’ildiraklarda yura oladigan tankni loyihalashtirdi. Bu esa uning tezligini yanada oshirdi. Lekin tank sozlikdagi haqiqiy inqilob ikkinchi jahon urushi arafasida, yengli va mustaxkam zirhli tanklar yaratilganidan keyin sodir bo’ldi. Shu asosda tanklarning og’irligi kamaytirildi va ayni paytda ularning tezligi oshib, texnikaviy jihozlanishi yaxshilandi.

  Jaxondagi eng yaxshi tanklardan biri sobiq sovet davri tanki “T-34”edi. Uning loyihasini N.A. Astrof tauyorlagan,  dvigateli esa aviakonstruktor A.A Mikulin boshchilikda yaratildi. Bu tank yuksak darajada ishonchli qurol bo’lish bilan birga mustahkam zirhli  himoyaga ega edi, uni hatto og’ir snaryatlar ham osonlik bilan teshib o’ta olmas edi.

   Jahondagi eng og’ir tank nemislar tomonidan 1944 yilda yaratilgan “Yagidttiger” deb atalgan tank edl. Uning umumiy og’irligi 72 tonna kelar edi. O’z o’zidan tushinarliki bunday tank g’oyat sekin harakatlanar va provordida, artilleriya, uchun tayyor “top yemi” edi. Shu sababli o’gir tanklar jahon armiyalarda keng obro’ qozonmadi.

   Hozirgi zamon armiyasida asosan  har qanday sharoitda qulay harakatlana oladigan va yetarli darajada kuchli qurollangan o’rta hajmli tanklar keng qo’llanilmoqda.

 Nikolaeva N


Orqaga qaytish