Ertaklar

5320 marta o'qildi
Shoxli Iskandar haqida rivoyat

Qadim zamonda Iskandar degan podsho o’tkan ekan. U har gal soch-soqolini oldirgandan keyin sartaroshni o’ldirtirib yuborar ekan.Ko’p zamonlar o’tibdi.Kunlardan bir kuni Iskandar S. Shaxriga kelib qolibdi. Bu yerda ham ko’p sartaroshlarni o’ldiribdi.

SHOXLI   ISKANDAR

Qadim zamonda Iskandar degan podsho o’tkan ekan. U har gal soch-soqolini oldirgandan keyin sartaroshni o’ldirtirib yuborar ekan.Ko’p zamonlar o’tibdi.Kunlardan bir kuni Iskandar S. Shaxriga kelib qolibdi. Bu yerda ham ko’p sartaroshlarni o’ldiribdi. Axiri soch oladigan sartarosh topilmay qolibdi. Qidiribdilar, qidiribdilar, oxiri mashaqqatlar bilan bir chol sartaroshni topibdilar.

-Podshoning sochini olasan , --dedilar unga.

-Jonim bilan, -- debdi chol. U Iskandarning sartaroshlarni o’ldirishini bilmas ekan, bilsa ham ishonmas ekan.

Chol shning sochini olibdi, qarasa Iskandarning shohi bore mish. Chol sartarosh dami ichida, endi ketmoqchi bo’lsa, Iskandar uni o’limga buyuribdi.

-Raxm qiling, marxamatli shox. Bola-chaqam ko’p, bir qoshiq qonimdan keching. Bolarimni rizqini kesmang.

Chol yer o’pib, ko’z yosh yo’kib, Iskandarning shoxi borligini hech kimga aytmaslikka qasam ichibdi. Shoh uning so’zlariga ishonib, o’ldirmabdi.

Kunlar o’tibdi. Chol churq etmay yuraveribdi. Biroq uning qorni  avval tarvuzday, keyin bo’xchaday, bora- bora mesnday bo’lib shishib ketibdi. Chol dardini ichiga sig’dirolmaganidan keyin, oxiri shaxardan bosh olib toqqa chiqib ketibdi.

-Zora, bir davosi topilsa, -- deb o’ylabdi chol.

Chol  tog’da qurib qolgan bir quduqqa duch kelibdi.

Quduq atrofi suv sepkanday jim-jit va xilvat ekan. Bu yerda ko’pdan beri odam zoti oyoq bosmaganligiga chol ishonibdi. Chindan ham bu yer jonivor zotidan ham holi ekan. Ehtiyotkor chol, hech kim yo’qmikan deb, yana bir bor atrofni ko’zdan kechiribdi, keyin quduq labiga engashibdi-da, uch marta:

-Is-kan-dar-ning shoxi bor! Is-kan-dar-ning shoxi bor! Is-kan-dar-ning sho-xi bo-o-rrr! –deb qichqiribdi.

Shunday deyishi bilan shisha asta-sekin qaytib ketibdi. Bir onda meshday qorni bo’shab, chol avvalgiday sog’ayib, o’ynab-kulib uyiga keyibdi.

Oradan bir necha kun o’tgach, haligi quduqdan juda chiroyli, uzun bir qamish o’sib chiqibdi.

Kunlardan birida cho’pon bola tog’ bag’rida qo’y boqib yurib, quduqqa yaqin kelib qolibdi. Cho’pon bola quduqdan o’sib chiqqan qamishni ko’rib, terisiga sig’may quvonibdi. Yugurganicha borib qamishni ushlab ko’ribdi-da kesib olibdi, havas bilan undan nay yasay boshlabdi.

Cho’pon cholg’uni yaxshi ko’rar ekan, shuning uchun u turli-tuman qamishlardan sibizg’alar yasab, suygan kuylarni chalib yurar ekan. Qo’zilari esa uning kuylaridan rohatlanib, boshlarini quyi solib uzoq-uzoq tinglar ekan, adashkanlari esa nay ovozi tomon yurib, qo’zilar, sho’x echkilar tog’dagi maysazorlarda yoyilib, jimgina qimtinishar ekan.

Yosh cho’pon baland tog’ tepasiga chiqib, qo’ylarga qaray-qaray qamishni yo’nib, nayni bitqizibdi va ajoyib nay yasaganidan sevinib, yaxshi ko’rgan ashulasidan chala boshlabdi.

-Iye, bu nimasi juda g’alati-ku?!

Cho’pon bola qancha urinmasin, naydan uning kuyini chalib bo’lmabdi. U yangrab, baland ovoz bilan nuqul bir gapni takrorlanaveribdi. To’risi, nay hadeb: ,,Iskandarning shoxi bor’’, deb takrorlaveribdi.

Bir zumda bu ashula vahimali xabar singari yangrab, taxtda o’tirgan shahonshoh Iskandarning qulog’iga yetibdi. U ,,bu xabarni  yoyayotgan albatta sartarosh chol’’, deb o’ylab uni tuttirib keltiribdi. Chol podsho oldida titrab-qaqshab o’tirganda ham tog’ boshida o’sha ashula yangrab eshitilaveribdi.

«Bu elga yot lashkar kelgan, el oldida sharmandamni chiqarmoqchi bo'lyapti», deb o'ylabdi podsho va shu

ondayoq tog' tagiga qo'shin yuboribdi. Askarlar

cho'pon bolani tutib, oyog'ini yerga tekkizmay podsho oldiga keltiribdilar.

Yosh cho'pon hech qanday gunoh qilmaganini yaxshi

bilganidan: «Shoh mening ashulamni eshitmoqchi bo'lsa   kerak», deb o'ylabdi. G'azablangan shohga ro'para

bo'libdi. Podsho cholni qiynab o'ldirmoqchi bo'lib turgan ekan. Chol haqiqatni aytishga qaror qilibdi.

- Bir qoshiq qonimdan kechsangiz aytaman, - debdi u.

- Kechirdim, - deb rozi bo'libdi podsho.

Chol bo'lgan voqeani boshdan-oyoq so'zlab beribdi. So'ngra navbat cho'pon bolaga kelibdi.

Cho'pon bola toqqa qanday qilib kelib qolganini,

quduqdan o'sib chiqqan qamishdan nay yasaganini va  bu nay cho'pon    umrida eshitmagan bir ashulani aytaverganini, nihoyat podsho askarlari  uni tutib bu     yerga keltirganliklarini so'zlab beribdi.

Shoh juda g'azablanibdi, o'zini har tomonga uribdi, ammo na cholni, na cho'ponni hech nima qilolmabdi. Faqat bu gaplar unutilib ketadi, deb o'ylab cho'ponning mehnati singan nayni sindirib tashlabdi.

Ammo podsho yanglishgan ekan. Iskandarning shoxi borligi og'izdan-og'izga o'tib, nasldan-naslga ko'chibdi va bizning zamonamizgacha yetib kelibdi.

Mana, men uni aytib berdim, siz ham xabardor boldingiz.

 


Orqaga qaytish