O`zbek mumtoz adabiyoti

5535 marta o'qildi
Sa'diy Sheroziy g`azallari

Ey sorbon, ohista yur, oromi jonim boradur,

Tandin dilu jonim olib, ul dilistonim boradur.

Ey sorbon, ohista yur, oromi jonim boradur,

Tandin dilu jonim olib, ul dilistonim boradur.

 

Qolurmumen olis bo‘lib, bechorayu ma’yus bo‘lib,

Qalbim firoq tig‘i tilib, to ustuxonim boradur.

 

Derdim qilib nayrang-fusun, sirrim etay pinhop bu kun,

Pinhon bo‘lolmas chunki xunh dildan nihonim boradur.

 

Sarkash nigorimdan judo, ayshu qarorim bebaqo.

Manqalda otashdek qaro dud birla qonim boradur.

 

Cheksam-da zulm bedodini, ham va’dalar barbodini,

Ko‘ksimda tutgum yodini, toki zabonim boradur.

 

To‘xtat bir oz, ey sorbon, karvonni qilma tez chunon,

Sarvi ravon ishqida jon — ruhi ravonim boradur.

 

Qayt, ko‘zlarimga qo‘y oyoq, ey dilfirib, ketma yiroq,

Ey nozanin, ko‘kka bu choq ohu fig‘onim boradur!

 

To subhki, uyqu bilmadim, nosihni ko‘zga ilmadim,

Ammo ataylab qilmadim — qo‘ldan inonim boradur.

 

Sabr ayla, der, menga jaras, yor vaslini qilma havas,

Bu menga loyiq ish emas, chun xonumonim boradur.

 

Unday chiqar jonu bu tan, sabil qolur deb ko‘p suxan,

Tinglagan erdim, endi man ko‘rdimki jonim boradur.

 

Qilma fig‘on, ey Sa’diyo, hech arzimas ul bevafo,

Toqatni qo‘ymas bu jafo, aqlu imonim boradur.

 

* * *

 

Senmisan, yo bog‘ima sarvi ravonim keldimu?

Yo malak odamsifat bo‘lgan zamonim keldimu?

 

Ud tutatmoq bo‘ldimu bo‘ston aro do‘stlar ishi,

Yoki yorim keldi, yo mushk korvonim keldimu?

 

Sorbon, solgil nazar zebo nigorim husniga,

Gar haridor bo‘lsa, tutdim qo‘lda jonim, keldimu?

 

Endi hech dardu alam birla o‘tirmam uyda man,

Keldimu bozorga gul, javlonli onim keldimu?

 

Garchi sen oning sanam tarzini inkor aylasang,

Men hamon ko‘zim nigoron — jonajonim keldimu?

 

Ko‘zlarim gar qayta ko‘rmoqda nigorim chehrasin,

Vah, magarkim murda tanga qayta jonim keldimu?!

 

Harnakim, mendan ketishga hozir erdi bog‘ladi,

Barcha hayrat etdi yo oromijonim keldimu?

 

Nay agar ozodalar majlici ichra nolavash,

Zaxmidindur nolasi, ul jon fig‘onim keldimu?

 

Uyqudek xummor ko‘zingdan ajragach bir lahza, ayt,

Uyqusiz ko‘zlarga xobi nogahonim keldimu?

 

Nola qilma, Sa’diyo, jabr etsa yoring, himmat et,

Yor jabri yorga o‘tgay, soyabonim keldimu?!

 

* * *

 

Do‘stlarimning suhbati xuddi olam jannati,

Yo jahannamning o‘ti nomunosib suhbati.

 

Gar azizlar suhbati birla o‘tsa bir nafas,

Shul nafasni bil hayot hosili ham sharbati.

 

Ko‘z, quloq, til bo‘lsa ham, barcha odam bo‘lmagay,

Qancha ko‘rdim devu jin — misli odam surati.

 

Xush chiroydan ham bashar husnn ortar-ku, faqat —

Odam o‘lg‘ay shul kishi bo‘lsa go‘zal siyrati.

 

Men hasadni bilmasam, hasratin bilmas edim,

Hasad o‘tin soladi yor qo‘shilgan fursati.

 

Kim bahorni ko‘rmasa ko‘kalamzorga chiqib,

Robia’ oyida ham bor muharram qimmati.

 

Ko‘zi doimo go‘zal chehrada dil bo‘lsa tosh,

Nasihatga ko‘nmagay, dil to‘liq jaholati.

 

Kezdim olam yuzini, topmay orom asarin,

Bo‘lsa faqat sevgili yor quchog‘in rohati.

 

Ahli dillar tomiridan toza xun oqsa agar,

Do‘st visoli malhami, dori topgan illati.

 

Molu duiyo yaxshidur, tan sharifu jon aziz,

Barchasidan ham baland yori vafodor hurmati!

 

Mumsik odam kulfati — molu dunyo tashvishi,

Do‘st-la shodon o‘tadi Sa’diyning har soati.

Shoislom Shomuhamedov tarjimalari

 

 

 

* * *

 

Bu go‘zal yuzlarga boqmaslik juda mushkil emish,

Kim nasihat qilsa menga, pandi behosil emish.

 

Husn shohidan agarchi dilda ming qo‘rquv yashar,

Tongda yorni ko‘rgan oshiq baxtga vosil emish.

 

Kulgichi chohidagi bechoralarning holati

Ul malaklardekki, Bobul chohida manzil emish.

 

Bundan avval zuhdu taqvoni da’vo qilgan edim,

Endi bildim: neki da’vo ayladim, botil emish.

 

Barchaning nazdida garchi o‘lim elchisi zahar,

Yor zahar bersa ham, ammo, daf’i dardi dil emish.

 

Yor ko‘nidan oyoq tortib ketolmayman sira,

Do‘stlar, ma’zur tuting, ko‘nglim shunga moyil emish.

 

Sabr qil, devona deb hukm etsa oqillar seni,

Bermasa kim jonni jononga, nechuk oqil emish?

 

Kufr deb bilsa go‘zallar yuziga boqmoqni kim,

Ul faqat suvratga mastu ma’nidan g‘ofil emish.

 

Sorbon, ohista yur, karvon ila jonim borar,

Yor mahofa ustida, ostida go‘yo dil emish.

 

Tushsa hijron o‘rtamizga garchi yuz manzilda ham,

U shirin jon ichra tushgan bir ajib manzil emish.

 

Do‘st bo‘ling, Sa’diy, qiyinmas har nechuk inson bilan,

Bog‘lanib qolsang va lekin, dil uzish mushkil emish.

 

* * *

 

Biz ushbu shaqarda xoru bu elda faqir,

Bandingga giriftormiz-u, domingga asir.

 

Olam eshigi elga ochiq, bizga yopiq,

Zulfing seni bo‘ynimizdagi zanjir, axir!

 

Men sendan uzolmagayman-ey asti ko‘zim,

Sen ham nazaringni uzma, ey qomati hur!

 

Nazdingda oshiqlar ichida yaxshisi yo‘q,

Ammo men uchun jahonda yo‘q senga nazir!

 

Orzum edi: bir kun senga jonim beraman!

Bildim: ko‘rasan hattoki jonni-da haqir.

 

Men barcha bu so‘zlarni dedim dard zo‘ridan,

Chiqmas hidi o‘tga solmasa chunki abir.

 

Har qancha yashirmasin parishonligini,

Oshiq yuzi fosh etar sirini baribir.

 

Bu keksashshg ishqi seni hayratga solar,

Bu keksa dil o‘gidan bo‘l, ey yosh, hazir!

 

Ko‘z Ka’basi qoshinshi kamonxonasidir,

Uzmaydi nigoh tig‘ urib, etsang-da basir.

 

Nodon kishilar menga nasihat qilishar.

Oshiqqa nasihat sira bo‘lmaydi zarur.

 

Husn ahli yaralmishdir azal ko‘rmoq uchun,

Gar ko‘rmasa, Sa’diy, ne kerak ko‘zga nur?!

 

 

Ergash Ochilov tarjimalari


Orqaga qaytish