Bilasizmi?

4744 marta o'qildi
Itlar haqida nimalarni bilasiz?

Itlar yirtqichlar turkumining itsimonlar oilasiga kiruvchi hayvonlarning bir turidir. Itlarning 300 dan ortiq zotlari bor. Ularga tozi itlar va buldog, ovcharka va senbernar, layka va kokker-spaneli, kolli va dogsimonlar, xonadonlarda boqiladigan laycha itlar va boshqalar kiradi. Ular bir-birini oson tushunadi va chatishib, avlod beradi, qiliqlari ham bir-biriga yaqin bo'ladi. Itlarning eng qadimgilari dogsimonlar, tozi itlar va ovcharkalardir.

         Vazifasiga qarab bir necha guruhga ajratish mumkin. Xizmatda foydalaniladigan itlar, ovchi itlar va xonadonda boqiladigan hamda dekorativ itlar. Ovda foydalaniladigan tozi itlarning gavdasi va quloqlari uzun, juda tez yuguradi, o'ljani uzoqdan ko'radi va izma-iz quvib tutadi. Ingliz kokker-spanelilari suvda suzuvchi qushlarni tutishga moslashgan. Laykalar universal itlardir. Ular tayga o'rmonlarida mo'ynali hayvonlarni tutishga  yordam beradi, lekin qushlar, los, ayiq kabi hayvonlarni ovlashda ham qo'l keladi. Ular sovuqqa juda chidamli bo'ladi — shimoliy rayonlarda laykalarni chanaga qo'shib yuk tashiladi.

         Niyufaunlend — g'ovvos it, juda yaxshi suzadi, suvga cho'kayotganlarni qutqarish uning odatidir. Kolli — yaxshi cho'pon, podani tez to'playdi, chetga chiqqan hayvonlarni qaytarib keladi, lekin bo'ridan saqlay olmaydi. Chegara xizmati, o't o'chirish xizmati va qidiruv ishlarida, asosan, ovcharkalardan foydalaniladi. Ular baquvvat, chaqqon bo'lish bilan birga, hidni yaxshi sezadi, turli xil buyruqlarni bajarishga tez o'rganadi.

Orqaga qaytish