Matbuot xizmati

4712 marta o'qildi
Barkamol avlod tarbiyasida yangi davr

04.07.2012

Inson, avvalo, o'quvchilik davridan boshlab shakllanadi. Shu ma'noda ma'naviy-axloqiy tarbiya borasida hatto birgina o'quvchi boy berilsa ham, butun tizim ishiga putur yetishi hech gap emas. Sohada kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik uchun esa ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayoni konseptual asosda, yaxlit tizim va aniq chora-tadbirlar ko’lamida, barcha bosqichlar va hududlarda uzluksiz olib borilishi zarur.

Inson, avvalo, o'quvchilik davridan boshlab shakllanadi. Shu ma'noda ma'naviy-axloqiy tarbiya borasida hatto birgina o'quvchi boy berilsa ham, butun tizim ishiga putur yetishi hech gap emas. Sohada kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik uchun esa ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayoni konseptual asosda, yaxlit tizim va aniq chora-tadbirlar ko’lamida, barcha bosqichlar va hududlarda uzluksiz olib borilishi zarur. Asosiy e'tibor jarayonning o'zigagina emas, pirovard natija va samaraga qaratilishi lozim. Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifry ishlarni tizimli asosda tashkil qilish, uzluksiz monitoring, baholash va prognozlash mexanizmlarini yo'lga qo'yish, bu sohadagi faoliyatning tashkiliy, mazmun va metodik jihatlarini kuchaytirish, yangi usul va vositalarni amaliyotga joriy etish nihoyatda muhim.

Ma'naviyat haqida har qancha da'vat qilinmasin, uni jamiyat ongiga singdirish bo'yicha doimiy ish olib borilmas ekan, ko'zlangan natijaga erishib bo'lmaydi. Shu ma'noda yosh avlodning yangi tafakkur sohiblari qilib tarbiyalash uchun o'qituvchi va murabbiylarga tayangan holda, ta'limning inson va jamiyat rivojidagi ta'sirini oshirish, yosh qalblarga ezgulik va yaratuvchilik ruhini singdirishga davr talablari asosida yondashish darkor.

"Taraqqiyot talim muassasalarida hal boladi", degan g'oya bugun har qachongidanda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, mamlakatning kelajagi uning qurolli kuchlari, zavod-fabrikalari va ishchilari soni bilan emas, balki maktab partalarida o'tirgan bolalarning nimani qanday o'rganayotgani bilan o'lchanadi. Qolaversa, ularni kim qanday tarbiyalayotgani ham ahamiyatlidir. Binobarin, aynan ana shu bolalar 10-15 yil o'tib, universitet auditoriyalari, zavod stanoklari, ilmiy laboratoriyalarni egallaydi va maktabda olgan bilim, ko'nikma va tarbiyasiga qarab sohalar salohiyatini belgilaydi.

Mustaqil Vatanimizning o'quvchisi, tarbiyalanuvchisi — umuman voyaga yetayotgan farzandlarimizning tarbiyalanganlik darajasi qanday, buning o'lchovi bormi, degan masala muhimdir. Odatda, ta'lim standarti, bilim darajasi haqida gapirib aniq o'lchovlarni ko'z oldimizga keltira olamiz. Aytaylik, maktab attestati biror bilim ko'lamiga ega o'quvchiga beriladi. Ammo bolaning tarbiyalanganlik ko'rsatkichini ota-ona ham, maktab o'qituvchisi ham aniq aytib berishi qiyin. Xo'sh, bu tushuncha nimalarda o'z ifodasini topadi? Fikrimizcha, "Aqlga — bilim, qalbga — ma'naviyat" shiori ana shu me'yorni aniqlashda asqotadi. Boshqacha aytganda, ta'lim o'zlashtirilgan bilim bilan o'lchansa, tarbiya esa qalbga jo qilingan ma'naviy immunitet orqali yuz ko'rsatadi.

Tabir joiz bo’lsa, o'quvchining ongi hali hech narsa yozilmagan yangi daftarga o'xshaydi. Shunday ekan, bolaning ichki dunyosi, ya'ni ko'ngli va aqlini o'z yoshiga mos fikrlar, o'tli so'zlar, cho'g'day g'oyalar bilan boyitib borish eng muhim vazifamizdir. Agar biz bu "yangi daftar"ni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan mazmunli va mustahkam to'ldirmas ekanmiz, bo'sh qolgan "sahifa"larga boshqalar — ekstremist, kosmopolit yoki yana allaqanday kimsalar egalik qilishga urinadi.

Prezidentimiz "Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch" kitobida befarq odamlar haqida fikr bildirib, ularning dushmanlardan ham xavfli ekanini ko'rsatib bergan. Darhaqiqat, ma'naviyatning dastlabki kushandasi befarqiikdir. Bu illat esa ko'pincha bekorchilikdan ildiz oladi, biror foydali ish bilan shug'ullanmaslik va zerikish oqibatida kelib chiqadi. Demak, o'quvchining bo'sh vaqti bekor o'tsa, bu bizning eng ojiz va zaif nuqtamizga aylanishi turgan gap. Bunday muhitda o'sgan bola kelajakda xushyorlik va jonkuyarlik, vijdon amri va ilg'or tafakkur bilan yashay olmaydi. G'animlar tuzog'iga ham, eng avvalo, ana shunday kimsalar tushadi; o'zlari bilib-bilmay g'oyaviy, mafkuraviy muxoliflatning tegirmoniga suv quyadi. Binobarin, "Bekorchining bo'sh vaqti — dushmanlarning ish vaqti" shiori aynan shu xatarli faoliyatning oldini olishga qarata aytilishi zarur.

O'quvchining ijodiy bandligi yangilanish ruhini, ma'naviyatni oziqlantiruvchi qudratli omildir. Oiladami, maktab yoki boshqa ta'lim muassasasidami — qayerda bo'lmasin, qalbni ilm-ma'rifat nuri, ma'naviyat sarchashmalaridan bahramand etish, mustahkam irodani shakllantirish va uyg'oq ruhni tarbiyalash o'quvchi bandligining asosiy maqsadiga aylanishi lozim. Bu borada ham o'rganish va yangilik qilishdan to'xtamaslik, ishni tizimli ravishda tashkil etish, g'oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalari doimiy diqqat markazimizda bo'lishi kerak. Eng muhimi, mustaqillik sharofati bilan yaratilgan barcha imkoniyatlardan yoshlar unumli foydalana bilsin. Bunday to'kis shart-sharoitlar nafaqat 'quvchilar, balki o'qituvchi murabbiylar zimmasiga ham mas'uliyat yuklashini unutmaylik. O'quvchining bolalik hayoti maktabdan tortib to'garaklargacha, boshlang'ich musiqiy ta'limdan tortib, kutubxonalargacha bo'lgan soha va darajalarda boy va mazmunli o'tishi jamiyatimizning bo'lg'usi qiyofasini ko'p jihatdan belgilab beradi. Ayni paytda, farzandlarimiz faqat moddiyatni o'ylaydigan qalbsiz, yuragi o'rtanmaydigan, hech nimadan hayratlanmaydigan mavjudot emas, balki yashashdan ma'naviy rohat oladigan inson bo'lib voyaga yetadi.

Bugungi kunda ma'naviy-ma'rifiy soha mutasaddilari va vakillari uchun o'ziga xos 4 "M" formulasi  — "Ma'rifat-madaniyat-ma'naviyat-mafkura" yaxlitligi shiori alohida ahamiyat kasb etadi.

Ma'rifat — zamonga mos savodxonlik, bilim va tafakkur bo'lib, insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadi, unga kuch-qudrat ato etadi. Ma'rifat kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi bo'lishiga, aql-idrok bilan yashashiga yordam beradi

— xullas, madaniyatga erishishiga xizmat qiladi. Madaniyat — boshqalar bilan muloqot va muomalada namoyon bo'ladi. Ayni paytda, yaratuvchilik qobiliyatiga egalikni ham anglatadi. Insonda hamma narsa — fe'1-atvori, odob-axloqi, kiyimi go'zal bo'lmog'i kerak. O'z navbatida, madaniyat va ma'rifat kishining ma'naviy jihatdan to'kisligini ta'minlaydi.

"Ma'naviyat — insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlari mezonidir".  Bugungi davr ziyolisi shunchaki ma'rifatchi, madaniyatchi va ma'naviyatchi bo'lishi bilan ish bitmaydi. Axborot poligonlari yadro poligonlaridan ham xavfli bo'lib borayotgan zamonda har bir ongli inson, alo, mqfkurachi bo'lmog'i kerak. Shuni chuqur anglashimiz zarurki, mafkurada tanaffus bo'lmaydi. Ma'naviy tarbiya, aslida, mqfkuraviy jarayondir. Shu ma'noda mazkur sohadagi faoliyatimizda bir qancha tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi. Tizimlilik, ya'ni barcha yo'nalish va sohalarni qamrab olish zarur. Ma'naviyat dasturxondagi non kabi aziz bo'lishi kerak. Ayniqsa, fikr, so'z va amal birligi, shaxsiy o'rnak ko'rsatish (maktabda — o'qituvchi, uyda — ota-ona, mahallada — kattalar) xalqimizda hurmatga sazovor etuvchi hislatlardan hisoblanadi.

Bugun har birimizdan yangicha ishlash, zamon bilan hamnafas bo'lish talab etilmoqda. Bola ko'ngliga yo'l topish o'qituvchi va murabbiylar uchun har qachongidan ham muhimroq va ayni paytda, murakkab bo'lib qoldi. O'quvchi va tarbiyalanuvchilarga e'tiborni yanada kuchaytirish, ularning ichki dunyosi va hissiyotlari bilan do'stona o'rtoqlashish, har biriga mustaqil shaxs sifatida qarash, qobiliyati va salohiyatini to'g'ri baholay bilish, avvalo, o'ziga nisbatan, qolaversa, o'zaro munosabatlarda hurmatda bo'lish madaniyatini shakllantirish zarur.

Ota-onalarning birinchi navbatda, azaldan oilada yetakchi bo'lib kelgan, oxirgi paytlarda esa farzand tarbiyasidan biroz chetda qolayotgan otalarning rolini kuchaytirish muhim. A'lo o'qiydigan, yaxshi xulqli o'quvchilarning ota-onalari ish joyiga va mahallasiga minnatdorlik xatlari, tashakkurnomalar yuborish amaliyoti yo'lga qo'yilsa, nur ustiga nur bo'lar edi. Bu ularning jamiyat oldidagi burch va mas'uliyatini yanada mustahkamlash bilan birga, keng jamoatchilik orasida ham targ'ibot-tashviqot vazifasini o'taydi.

Davlatimiz rahbari ta'lim tizimini inson qalbi va tafakkuriga bevosita ta'sir o'tkazadigan soha sifatida baholaganida katta ma'no bor. Binobarin, istiqlolning ilk yillaridayoq barkamol avlodni tarbiyalash orzusi eng oliy maqsadimizga aylangan edi. Bu yo'lda islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib borildiki, natijada, milliy ta'lim tizimimiz butkul yangilandi. Iqtisodiy poydevorini mustahkamlab olgan mustaqil respublikamiz zamon talablariga mos akademik litsey va kasb-hunar kollejlari barpo etib, umumta'lim maktablarini esa yangidan qurish, qaytadan ta'mirlash asnosida jahon andozalaridagi o'quv anjomlari bilan ta'minlab, uzluksiz ta'lim tizimini to'liq shakllantirdi. Bugun yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalash uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Hamma gap mazmunni boyitish va sifatga e'tiborni kuchaytirishda qolgan.

 

Abdug'ani XOLBEKOV, Sotsiologiya fanlari doktori, professor

Gulxan 6


Orqaga qaytish