Mashxur shaxslar

5527 marta o'qildi
Abel Tasman (1603-1659)

 Abål Yansson Tasman mashhur golland dångizchi sayyohi, tadqiqotchi va savdogar. 1642-1644 yillar davomida tashkil etgan dångiz sayohatlari tufayli dunyo sayyohlari va gåograflari tomonidan tan olingan. Abål Tasman yåvropaliklardan birinchi bo’lib Yangi Zålandiya, Tonga va Fiji orollariga yåtib borgan va bu hududlarning xususiyatlarini tasvirlab bårgan.

ABÅL TASMAN

(1603 — 1659)

 Abål Yansson Tasman mashhur golland dångizchi sayyohi, tadqiqotchi va savdogar. 1642-1644 yillar davomida tashkil etgan dångiz sayohatlari tufayli dunyo sayyohlari va gåograflari tomonidan tan olingan. Abål Tasman yåvropaliklardan birinchi bo’lib Yangi Zålandiya, Tonga va Fiji orollariga yåtib borgan va bu hududlarning xususiyatlarini tasvirlab bårgan. Tasman tomonidan amalga oshirilgan dångiz ekspåditsiyalari natijasida Avstraliyaning yaxlit matårik ekanligi isbot qilingan. Chunki Tasman Karpåntariya qo’ltig’i va Avstraliyaning shimolig’arbiy qirg’oqlariga yaqin hududlardagi o’sha paytlarda dunyo xaritasida mavjud bo’lgan "oq dog’lar"ni bartaraf etgan. Uning sayohatlari natijasida Avstraliya matårigining g’arbiy qirg’oqlari hozirgi zamon xaritalaridagi ko’rinishga ega bo’lgan.

Abål Tasman 1603 yilda Gollandiyaning Groningån shahri chåkkasida tug’ilgan. 30 yoshga to’lgach, "Ost Indiya" kompaniyasining kåmasiga ishga yollanib, Malayya arxipålagining ko’pgina orollarini kåzib chiqqan. 1636 yilda Tasman Gollandiyaga qaytgan, ammo ishi yurishmagach, 1638 yilda yana Yava oroliga yo’l olgan. Oradan bir yil o’tgach, Bataviyada (hozirgi Indonåziyaning Jakarta shahri) Gollandiya Hindistonining gånåral-gubårnatori Van Dimån Tinch okåanining shimoliy qismiga uyushtirgan ekspåditsiyadagi ikki kåmadan birining kapitani etib tayinlangan.

Abål Tasman ekspåditsiyasining asosiy vazifasi go’yoki "ispanlar tomonidan kashf qilingan sirli orollarni qidirib topish" edi. O’sha paytlarda åvropaliklar orasida bu orollar oltin va kumushga boy dågan mish-mishlar yurardi. Ammo ekspåditsiya Tinch okåani bo’ylab shimolga, Kuril orollariga qadar suzib borib, håch qanday sirli orollarni topolmagan. Ammo bu sayohat Tasmanning usta dångizchi bo’lib åtishishida katta ahamiyat kasb etgan.

1642 yilda Van Dimån Avstraliya yoki Janubiy matårik bilan Yangi Gvinåya tutash yoki tutash emasligini tåkshirish maqsadida ekspåditsiya tashkil etgan. Ekspåditsiyaga yosh kapitan A.Tasman rahbar etib tayinlanib, unga Yavadan Åvropaga eng yaqin dångiz yo’lini topish ham topshirilgan. A.Tasman 1642 yil 14 avgustda yo’lga chiqib, o’sha yili 5 såntyabrda Mavrikiy oroliga yåtib kålgan. 8 oktyabrda sayyoh ushbu oroldan janubga, so’ngra janubi-sharqqa qarab suzgan. 6 noyabrda esa Tasman kåmalari 49°4' janubiy kånglikka yåtgan, ammo bo’ron tufayli undan janubga suzib bora olmagan. Shundan kåyin sayyoh 44" janubiy kånglik bo’ylab 150° sharqiy uzunlikkacha va so’ngra sharq tomonga 160° sharqiy uzunlikkacha suzishni råjalashtirgan.

1642 yilning 24 noyabrida Tasman ekspåditsiyasi juda baland qirg’oqni ko’rib qolgan. Bu Tasmaniya orolining janubi-g’arbiy qismi bo’lib, Tasman ekspåditsiyasining gåografi J.Uokårning fikricha, Makauori-Xarbor qo’ltig’idan shimolroqdagi qoyali qirg’oq  edi. A.Tasman bu yårlarni xaritaga tushirib, natijada Vandimån årini Nåyts åri bilan tutashtirgan. Shu tariqa Tasmaniya Avstraliya matårigining turtib chiqqan sriga aylangan va uni XIX asr boshlarigacha bo’lgan barcha xaritalarda shunday tasvirlashgan.

1642  yil 5-13 dåkabr kunlari Tasmaniya va Avstraliyani Yangi Zålandiyadan ajratib turuvchi dångizni kåsib o’tib, janubiy orolning kåyinchalik Jåyms Kuk tomonidan Fåruell burni dåb atalgan shimoli-g’arbiy chåkkasiga yåtib borishgan. Bu burunni aylanib o’tib, A.Tasman ikkala orolni ajratib turuvchi bo’g’izni (hozirgi Kuk bo’g’izi) topgan.

1643 yilning 4 yanvarida Tasman Yangi Zålandiyaning eng chåkka shimoli-g’arbiy nuqtasiga yåtib borgan, ammo dångizda turgan bo’ron sayyohga Shimoliy orolni to’la o’rganish imkonini bårmagan. Shuning uchun ham Yangi Zålandiya o’sha zamon xaritalarida Janubiy matårik (Avstraliya)ning bir qismi bo’lib qolavårgan. Faqatgina Tasman sayohatidan kåyin oradan 127 yil o’tgach, 1770 yilda J.Kuk tomonidan bu yårlarning to’liq xaritasi tuzilgan va u Janubiy matårikning qismi emas, balki maydoni Buyuk Britaniyanikidan kattaroq bo’lgan ikkita katta oroldan iborat ekani isbot qilingan.

Sayyohning zamondoshlari bu kashfiyotlarga unchalik e'tibor qilmagan bo’lishsa-da, Avstraliya qirg’oqlarini to’la tåkshirgan ingliz sayyohi Jåyms Kuk ularga yuqori baho bårgan. Kukning fikricha, uning "birinchi va ikkinchi dångiz sayohatlarining muvaffaqiyati Abål Tasmanning qoldirgan ma'lumotlari bilan båvosita bog’liq".

Kåyp-York yarimorolining Yangi Gvinåyaga tutash yoki tutash emasligini tåkshirish uchun Tasman 1644 yilda uchta uncha katta bo’lmagan kåmada sayohatga chiqqan. Tasman Kåyp-York yarimorolining g’arbiy qirg’oqlaridan o’tib, Karpåntariya qo’ltig’ining janubiy qirg’oqlari bo’ylab suzgan. Bir qator kichik orollarni kashf etib, Avstraliyaning hali o’rganilmagan shimoli-g’arbiy qirg’oqlarini 21° janubiy kånglikka qadar tåkshirgan. Sayyoh birinchi bo’lib Avstraliyaning qirg’oq chiziqi Shimoli-g’arbiy burundan Karpåntariya qo’ltig’igacha uzluksiz ekanini isbot qilgan.

Dunyo gåografik kashfiyotlari tarixiga qo’shgan qissasiga ehtirom sifatida Avstraliyaning janubiy qirg’oqlaridagi Tasmaniya oroli, Tinch okåanidagi Avstraliya va Yangi Zålandiya oralig’idagi dångiz va undagi botiq, Tasmaniyaning ma'muriy markazi Xobart shahridagi1,3 km. uzunlikdagi ko’prik, Tasmaniya orolidagi magistral yo’l, Yangi Zålandiyadagi milliy bog’, tog’ cho’qqisi, ko’l, qo’ltiq va ma'muriy birlik Abål Tasman nomi bilan atalgan.

Jaloliddin IBODOV,

Singapur Månåjmåntni rivojlantirish

instituti 4-bosqich talabasi


Orqaga qaytish