Ertaklar

5530 marta o'qildi
Nikolay Nosov - Jonli shlyapa ertagi

Vas'ka ismli mushukcha javon yonida pol-da o’tirganicha pashsha tutardi. Javonning ustida, eng chekkasida esa shlyapa yotardi. Vas'ka shlyapa ustiga bir pashsha qo’nganini ko’rdi. U pashshani mo’ljallab bir sakragan edi, tirnoqlari shlyapaga sanchildi. Vas'ka "gup" etib polga tushdi. Shlyapa esa uni bosib qoldi.

Jonli shlyapa

   Vas'ka ismli mushukcha javon yonida pol-da o’tirganicha pashsha tutardi. Javonning ustida, eng chekkasida esa shlyapa yotardi. Vas'ka shlyapa ustiga bir pashsha qo’nganini ko’rdi. U pashshani mo’ljallab bir sakragan edi, tirnoqlari shlyapaga sanchildi. Vas'ka "gup" etib polga tushdi. Shlyapa esa uni bosib qoldi.

   Volodya bilan Vadik xonada o’tirishardi. Ular rasm bo’yash bilan band bo’lib, Vas'kaning shlyapa tagida qolganini ko’rmay qolishdi. Faqat orqa tomonda nimadir "lip" etib yerga tushganday bo’ldi. Volodya o’girilib, javon yonida yotgan shlyapani ko’rdi. U yaqinroq kelib engashdi-da, endi shlyapani ko’tarmoqchi bo’lgan edi, birdan:

-   Voy, voy!- deb chinqirib yubordi.

-   Senga nima bo’ldi?- deb so’radi Vadik.

-   U-u jonli-ku!

-   Nima jonli?

-   Shlya-shlya-pa!

-   Seni qara-yu! Shlyapa ham jonli bo’lar ekanmi?

-   Uzing qa-qa-qara, i-ishonmasang. Vadik  shlyapaga  yaqin  kelib,   u  rostdanam jonli bo’lsa-ya, dedi xavotirda. Diqqat bilan tikila boshladi. Shu vaqt shlyapa u tomonga qarab siljib ketdi-da, Vadik  deganlari:

-   Vo-oy!- deganicha qichqirib, bir sakrab divanga chiqib oldi. Volodya ham o’ylab o’tirmay uning ortidan sapchidi. Jon kirgan shlyapa sirpanib kelib xona o’rtasida to’xtadi. Ikki o’rtoq unga qarab turib,   qo’rquvdan   qalt-qalt   titrashardi. Shu payt shlyapa ularni ta'qib qilgan-day burilib, divan tomon o’rmalab kela boshladi.

-   Voy! Voy!- qichqirib yuborishdi ular. Keyin divandan sakrab tushib, xonadan qochib chiqib ketishdi. Oshxonaga kirib, eshikni mahkam yopib olishdi.

-   Bu qanaqa shlyapa o’zi? Nimaga xona-da o’rmalaydi?- dedi Vadik.

-   Balki kimdir ip boglab uni torta-yotgandir? -bor, qarab kel-chi.

-   Birga boraylik. Men klyushkani olvolaman. Agar bizga yaqinlashgudek bo’lsa, klyushka bilan kelishtirib...

-   Shoshmay tur, men ham olvolay...

-   Biznikida   boshqa   klyushka   yo’q-da.

-   Mayli, chang’i tayoqi ham bo’laveradi.

Ular klyushka bilan chang’i tayoqini mahkam ushlagancha eshikni qiya ochib, ichkariga mo’ralashdi.

-Qani u?- so’radi Volodya.

-Ana, stol yonida,- deb shivirladi Vadik. Shlyapa stol yonida qimirlamay yotardi.

-   Ha, qo’rqmas ekan-a!- Quvonib ketishdi ular.- Bizga yaqinlashishga yuragi dov bermayapti.

-   Men   hozir   uni   qo’rqitaman!- dedi Volodya. U qo’lidagi klyushkani   taraqlatib stolga urib, baqirdi: - X,ey, shlyapa!

-Kel, kartoshka olib chiqib unga otamiz,- taklif qildi Vadik.

Ular savatdan kartoshka olib shlyapaga qarab ota boshlashdi. Birdan Vadik otgan kartoshka nishonga tegdi. Shlyapa yuqoriga qarab sapchib ketdi-yu:

-Miyov!- degan ovoz    eshitildi.

-   Shu payt shlyapa ostidan kulrang dum ko’rindi.

-Vas'ka!-suyunganlaridan qichqirib yuborishdi bolalar.

-   Vadik Vas'kani qo’liga olib, bag’riga bosib erkalay boshladi.

-   Vas'ka, jonim, sen qanday qilib shlyapa ostiga tushib qolding?

-   Ammo Vas'ka javob bermadi. Faqat chuch-kirib qo’ydi va yorug’likdan qamashgan ko’zlarini yumib oldi.


Orqaga qaytish