O'zbekiston tarixi

4962 marta o'qildi
PARFIYA

Mintaqamizning Atrek hamda Go`rgon daryolari yuqori havzasida joylashgan (Janubiy Turkmaniston, Shimoli-Sharqiy Eronning bir g`ismi) tarixiy makonlaridan biri qadimda Parfiya nomi bilan yuritilgan. "Avesto"da Ahura Mazdaning beshinchi bo`lib Nisaya o`lkasini yaratgani haqida so`zlar bor.

 

Nisayaning hozirda Ashgabat yaqinidagi xarobalari saqlanib qolgan ko`hna Niso shahri Parfiyaning dastlabki markazi bilan bog`liqligiga shubha qilmasa ham bo`ladi.

Parfiyaning miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarmidagi ahvoli borasida anig` fikr aytish qiyin. Zero, bu masalada ma'lumotlar juda oz. Shu bilan birga mavjud ma'lumotlar asosida ba'zi bir mantiqiy xulosalar chiqarish mumkin. Chunonchi, Pompey Trog skiflar (saklar) haqida so`zlarkan, "ular Parfiya va Baqtriyaga asos solganlar" deb yozadi. Boshqa bir joyda esa yunonlik tarixchi yana Parfiya xususida to`xtalib, "Rimliklar bilan butun dunyoni o`zaro bo`lib olgan parfiyaliklar hozirda

butun Sharq uzra hukmdordirlar va ular (aslida) qachonlardir skiflar orasidan badarg`a qilinganlardandirlar, ularning nomi (ya'ni Parfiya - A. 3.) bunga ishora, zero, skiflar tilida "parfi" badarg`a g`ilinganlarni anglatadi".

Ktesiy osuriyalik Ninning harbiy yurishlari haqida bayon etib, u parfiyaliklarni ham bo`ysundirgan, deydi. Aftidan, osuriyaliklar miloddan avvatgi 1- mingyillikning VIII asr boshlarida Midiyaga qarshi yurishlarida Parfiyaga ham bostirib kirganlar.

Parfiya-Midiya munosabatlariga to`xtalsak, midiyalik Kiaksar (Uvaxshatra) hukmronlik g`ilgan yillarda (miloddan avvalgi 625-584 yillar) Parfiya Midiyaga bo`ysundirilgan. Birog` ko`p ham o`tmay, taxminan so`nggi midiyalik hukmdor Astiag (miloddan avvalgi 584-550 yillar) davrida Parfiya Midiya tobeligidan chiqadi va yunon tarixchisi tili bilan aytganda, parfiyaliklar "o`z yurtlarini saklarga topshiradilar". Shunda Midiya va saklar (Xorazm?) o`rtasida urush boshlanadi. Oxir-oqibatda g`arbiy sulg` va ittifoq tuziladi. Ammo tez orada Midiya davlati qulaydi va, tabiiy ravishda, Parfiya yana mustaqilligini tiklaydi. Umuman olganda esa Parfiya shimoldagi Xorazm siyosiy kuchlari manfaatlari doirasida bo`lib kelgani shubhasiz. Uning bu doirada bo`lish-bo`lmasligi xorazmlik siyosiy kuchlarning ma'lum davrlardagi mavg`ei va qudratiga bog`liq bo`lib kelganligiga ham shak yo`g`.

Miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Parfiya ahamoniylar qo`l ostiga tushadi va saltanatning XVI okrugi tarkibiga kiritiladi. Shunga qaramay parfiyaliklar tajovuzkorlarga qarshi kurashni to`xtatmaydilar. Chunonchi, Doro I hukmronligining dastlabki yilida Parfiyada ozodlik harakatlari avj oladi. Bu vaqtda Parfiyani Doroning otasi Vishtasp boshqarib turardi. Xalq qo`zg`oloni bir necha oy davom etadi. Vishtasp hech narsa qila olmaydi. Doro esa bu vaqtda Bobildagi xalq qo`zg`olonini

bostirish bilan band edi. Faqat miloddan avvalgi 521 yilga kelib Doro tomonidan yuborilgan katta kuchga suyangan holda Vishtasp parfiyaliklar qarshiligini yengishga erishadi. Behistun yozuvlariga ko`ra hal qiluvchi jang miloddan avvalgi 521 yil 12 iyulda ro`y bergan.

Miloddan avvalgi IV asrning 30-yillari so`ngida Parfiya navbatdagi tajovuzkor yunonlik Aleksandrning tobeligiga tushadi. Endi Parfiyani Aleksandr noibi Andragora boshqara boshlaydi.

Yunonliklarning Parfiya ustidan hukmronligi Aleksandr o`limi bilan bog`liq siyosiy o`zgarishlardan so`ng ham to`xtagani yo`q. Chunonchi, miloddan avvalgi IV asrning so`nggi o`n yilligidan boshlab Parfiya salavkiylar ta'siriga tushadi.

Bunday holat miloddan avvalgi III asr o`rtalariga qadar davom etadi.

Taxminan shu davrda parfiyaliklar salavkiylar tobeligidan ozod bo`ladilar. Bunga doir ma'lumotlarni biz qadimgi yunon va arman manbalaridagi guvohliklardan bilib olishimiz mumkin.

Xususan, asli kelib chiqishi saklarning day qabilasidan bo`lmish, Tajan daryosi bo`ylarida yashovchi parna urug`i sardori Arshak salavkiylarning Parfiyadagi noibini ag`darib, hokimiyatni o`z g`o`liga oladi. Shu tariqa u arshakiylar siyosiy sulolasiga asos soladi.

Parfiyada tartib o`rnatish ishi Arshakning bo`yniga tushgan bo`lsa, uning o`limidan so`ng ukasi Tiridat qo`shni Girkaniya hamda Eronning bir qismini o`z ta'sir doirasiga tortishga erishadi. Tiridat mustahkam qal'alar barpo etish, qo`shinni har jihatdan kuchaytirish tadbirlariga katta e'tibor beradi. Uning bu sohadagi ko`plab sa'y-harakatlarining sababi markazi Suriyada bo`lgan salavkiylarning qudrati hanuz saqlanib kelayotganida edi.

Haqiqatan, Tiridatning o`limidan keyin (miloddan avvalgi 211 yil) Parfiya taxtini uning ukasi Artaban II egallab turgan davrda, salavkiy hukmdor Antiox III juda katta qo`shin (yunonlik Pompey Trog yozishicha, 100 ming piyoda, 20 ming otlig` askar) bilan arshakiylarga qarshi yurish qiladi. Garchi salavkiy hukmdor g`olib kelsada, oxir-oqibatda o`zaro ittifoq tuziladi. Ammo bu holat uzoqqa cho`zilgani yo`q. Antiox III o`limidan so`ng salavkiylar qudrati zaiflashish yo`liga kiradi. Bundan ustalik bilan foydalangan navbatdagi arshakiy hukmdor Mitridat I (miloddan avvalgi 171 - 138 yillar) Eron, Jazirani ham o`z tobeligiga qaratishga erishadi. Mitridat II (miloddan avvalgi 123-87 yillar) hukmronligi davrida arshakiylarning kuch-qudrati yanada oshdi. Chunonchi, u hatto salavkiy hukmdor Demitriy III ni qo`lga tushirishga muvaffag` bo`ladi. Bu salavkiylar siyosiy faoliyatiga chek q`o`yilib, endi to`g`ridan-to`g`ri Rim saltanati bilan raqobatlashish yo`liga kirish, degani edi. Haqiqatan, Orod II (miloddan avvalgi 55-38 yillar) davriga kelib rimliklar Parfiyaga qarshi harbiy yurish uyushtiradilar. Miloddan avvalgi 53 yili Jazira shimolidagi Karr shahri yaqinida ikki tomon o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ladi. Xorazmliklarning tilga olingan harbiy taktikasini ishga slogan arshakiylar lashkari rimliklarga qaqshatqich zarba beradi. Shundan so`ng tashabbusni qo`lga olib, ular birin-ketin Suriya, Kichik Osiyo hamda Falastin kabi mamlakatlarni ham bo`ysundirishga erishadilar.

Xuddi shu vaqtlarda arshakiylar poytaxtni Dajla daryosining chap qirg`og`ida joylashgan Ktesifon shahriga ko`chiradilar. Boshqacha aytganda, borgan sari asli Parfiya arshakiylar saltanatining bir chekka o`lkasiga aylana boradi. Shu sababdan ham III asrning 20-yillarigacha bo`lgan davrda saltanat hayotida kechgan asosiy siyosiy voqealar ko`prog` g`arbiy Eron va Jazira bilan bog`liq bo`lgan. Ana shu davrda Marg`iyona arshakiylar saltanati tarkibidan chiqqan, Girkaniya esa bo`yin tovlamaslik yo`liga o`tib nomigagina qaram edi. Ikkinchi tomondan, rim-liklar vaqti-vaqti bilan Ktesifon tomon harbiy yurishlar uyushtirib turganlar. Xullas, 224 yili Erondagi sosoniylar sulolasidan bo`lmish Ardashir I so`nggi arshakiy hukmdor Artaban V ni yenggach arshakiylar siyosiy faoliyatiga ham chek qo`yiladi. Agarda arshakiylar siyosiy tarixiga xulosa qiladigan bo`lsak, fikrimizcha, yunonlik Pompey Trogning quyidagi so`zlarini keltirsak kifoya bo`ladi: "Arshakiylar shon-sharati qachonlardir dong`i ketgan Osuriya, Midiya, Fors va ming shaharlar o`lkasi Baqtriya orasida yuksaklikka ko`tarilishlari bilan belgilanadi". Haqiqatan, harbiy chegaralari Yevropaga tutashgan, qudratli Rim saltanatining tinkasini quritgan Arshakiylar saltanati faoliyati o`z davridayoq munosib qadrlangan edi.

Endi arshakiylar davri boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti masalalariga kelsak, qadimdan qolgan bir qator yozma hujjatlar bu borada tasavvurimizni boyitishga yordam berishi mumkin.

Oliy hukmdor albatta arshakiylar xonadonidan bo`lishi shart hisoblangan. Shu bilan birga davlat boshqaruvida ikki kengash: qabila zodagonlari va kohinlar kengashlarining roli ham katta bo`lgan.

Chunonchi, yangi hukmdor xuddi shu ikki kengash ishtirokida saylangan. Albatta, bunda marhum hukmdorning vasiyati e'tiborga olingan. Boshqacha aytganda, taxtga vorislik bir sulola ichida kechsa-da, ammo muayyan tartib bo`lmagan, ya'ni o`tgan hukmdor o`rnini uning o`g`li yo ukasi, yo bo`lmasa, arshakiylar sulolasining biron-bir namoyandasi egallashi mumkin bo`lgan. Aftidan, bu masalada kengashlarning mavqei kuchli bo`lib kelgan.

Buni shundan ham bilib olish mumkinki, hujjatlarga ko`ra mazkur ikki kengash oliy hukmdorni taxtdan chetlatishga qodir hisoblangan. Arshakiylar saltanatni mulklarga (satrapiyalarga) bo`lib idora etganlar. Shu bilan birga barcha mulklar mavqei bir xilda bo`lmaganini ta'kidlash lozim. Chunonchi, Girkaniya, Seyiston (Sakiston) yarim mustaqil mulk sifatida o`z pullarini zarb etib kelganlar.

Qadimgi yozma manbalar guvohlik berishicha, Parfiyada dehqonchilik bilan jiddiy ravishda shug`ullanilgan. Xitoylik mualliflar parfiyaliklarning sholi, bug`doy yetishtirishlari, uzumzorlarga ishlov be-rib, vino tayyorlashlari haqida yozib ketganlar. Buni qadimgi Niso shahri o`rnida topilgan yozma hujjatlar ham tasdiqlaydi. Ularga ko`ra har bir satrapiyada turli sohaga aloqador xo`jaliklar mavjud bo`lib, ular muayyan tarzda davlat xazinasiga soliq to`lab turganlar. Ishlanadigan yerlar bir

necha darajaga bo`linib, ulardan olinadigan soliqlar ham turlicha bo`lgan. Soliqlar asosan mahsulot sifatida, qisman pul bilan qabul qilingan. Masalan, uzum yetishtiruvchi xo`jaliklar poytaxtga (ya'ni Niso poytaxt bo`lib turgan vaqtlarda) vino yuborganlar. Mahsulot katta-katta xumlarda saqlanib, ularning umumiy hajmi yarim million litrdan ortig` bo`lgan. Shunisi qiziqki, ana shu vino saqlanuvchi omborlardan topilgan yozma hujjatlarda vinoning hajmi, uzum yetishtirilgan joyning nomi, vinoning

navi, uni keltirgan shaxsning nomi, mansabiga doir qimmatli ma'lumotlar o`z aksini topganini ko`rish mumkin. Bu Parfiyada ish yuritish, xo`jalik tutishning turli sohalarida o`sha paytlarda qat'iy hisob-kitob tartibi joriy bo`lganidan va ularga tegishli muassasa, tashkilotlar faoliyat ko`rsatgani-dan dalolat beradi.

Quruvchilik, me'morchilik borasida ham parfiyaliklarning tajribasi diqqatga sazovordir. Ular shaharlar, qal'alar, muhtasham binolar barpo etishda o`z zamonlarida mashhur bo`lganlar. Xitoylik mualliflarning ko`rsatib o`tishlaricha, Parfiyada yuzlab katta-kichik shaharlar mavjud bo`lgan.

Albatta, bu yerda Arshakiylar saltanatining yuksaklikka ko`tarilgan davrlaridagi ahvoli nazarda tutilgan bo`lishi kerak.

Ammo bu kabi ma'lumotlar asli Parfiya imkoniyatlarini hech bir yerga urmay, aksincha, ulardagi taraqqiyotdan bilvosita bo`lsa ham guvog`lik beradi.

Parfiyalik savdogarlar faoliyati diqqatga sazovordir. Manbalarda yozilishicha, ular quruqlik hamda dengiz org`ali turli o`lkalar bilan savdo aloqalarini olib borganlar. Shuni qayd etib o`tish lozimki, Arshakiylar saltanati Sharq va g`arb mamlakatlari o`rtasidagi o`ziga xos iqtisodiy-savdo ko`prigi sifatida taniqli bo`lgan.

Parfiyaliklar haykaltaroshlik, zargarlik sohalarida mohir hisoblanganlar. Qadimgi Niso shari o`rnidan topilgan ashyolar - marmardan ishlangan haykallar fikrimiz dalili bo`la oladi. Ular yuksak san'at asari hamda ma'lum ma'noda saltanat boyligi, ko`rki sifatida oliy hukmdor qarorgohida alohida joyda saqlangan.

Parfiya madaniy hayotida yunonliklarning ta'siri ham sezilarli bo`lgan. Bir necha asr yunonliklar tobeligida va yana besh yuz yilcha ular bilan yaqindan munosabatda bo`lgan parfiyaliklar uchun bu tabiiy hol. Shuning uchun ham arxeologlar topgan ashyolarda ham mahalliy ruh, ham yunon madaniyati ta'siri sezilib turadi. Chunonchi, mahalliy uslubda fil suyagidan tayyorlangan riton o`n ikki olimpiya xudosi tasviri bilan bezatilgan ashyolar fikrimiz dalili bo`la oladi. Faraz qilish mumkinki, qadimgi Yunonistonda keng tarqalgan olimpiya o`yinlari ma'lum darajada mintaqamizda ham o`z qiziquvchilariga ega bo`lgan. Uzoq-yaqindagi xalqlar madaniyatida mavjud ilg`or an'analarga e'tibor arshakiylarda naqadar katta bo`lganini Plutarx (taxminan 46-127 yillar) yozma guvoxliklaridan ham bilib olish mumkin. Xususan, uning yozishicha, parfiyaliklar Karr yaqinida rimliklarni mag`lubiyatga uchratib, xushxabar bilan hukmdorlari Orod huzuriga kelganlarida u Evripidning (miloddan avvalgi V asr) mashhur "Vakh ma'budalari" ("Vakhanki") fojiasini tomosha g`ilib o`tirgan ekan. Kezi kelganda eslatish lozimki, Evripid asarlaridagi qator lavhalar o`lkamizda topilgan qadimgi ashyolar - san'at namunalarida o`z aksini topgan. Parfiyaliklar o`z yozuvlariga ega bo`lganlar. Aniqroq aytganda, o`sha davrlarda keng tarqalgan oromiy xatidan  foydalangan holda  gap,  so`z tuzilishining o`zlariga xos tartibini joriy etganlar.

Aholi diniy qarashlarida zardo`shtiylik o`z mavqeini saqlab qolgan. Shu bilan birga ezgulik va yorug`lik xudosi Mitra, yunon, yahudiy dinlariga sig`inish hollari ham uchrab turgan.

Bir-ikki og`iz so`z arshakiylarning tashqi - elchilik alog`alari to`g`risida. G`arbda Rim imperiyasi bilan muxolifatda bo`lib kelganlariga qaramay, ular dunyoning boshqa mamlakatlari bilan siyosiy, elchilik alo-qalarini muntazam ravishda yo`lga qo`yganlar. Xususan, xitoy manbalarida Xitoy hukmdori maxsus elchilarining arshakiylar dargohida bo`lgani to`g`risida qimmatli ma'lumotlar bor. Elchilarni sharqiy chegarada 20000 parfiyalik otliq askar kutib olgan va hukmdorlari farmoniga ko`ra to poytaxtgacha bo`lgan masofada ularga hamrohlik qilganlar. Bu, bir tomondan, arshakiylarning Xitoy elchilari va ular orqali Xitoyga bo`lgan e'tiborlaridan darak bersa, ikkinchi tomondan, bevosita arshakiylar saroyida elchilarni qabul qilishga oid ma'lum bir tartiblar mavjud bo`lganligini ko`rsatadi. Xitoylik elchilar arshakiy hukmdor elchilari bilan yo`lga chiqib, Xitoyga yetib kelgach bu yerlik hukmdorga arshakiylar yuborgan sovg`a-salomlarni taqdim etgan ekanlar.

Xulosa qiladigan bo`lsak, arshakiylar Turkiston doirasidan chiqib siyosiy yuksalishda saltanat darajasiga erishgan birinchi sulola hisoblanadi. Shuningdek ular Yag`in Sharq va Janubiy Yevropa davlatlari bilan to`g`ridan-to`g`ri g`arbning o`zida munosabat yuritgan turkistonlik ilk siyosiy kuch ham bo`lgan. Ammo shunday qudratga ega bo`lishlariga qaramay arshakiylar mintaqani siyosiy jihatdan birlashtira olmaganlar. Xorazm, So`g`diyona, Farg`ona, Baqtriya kabilarni bir siyosiy markaz ostida bo`ysundirish ishining uddasidan chiqolmaganlar.

  

Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi kitobidan.


Orqaga qaytish