Kino,taeatr namoyondalari

5346 marta o'qildi
HUSAN SHARIPOV

Teatr va kino aktyori Xusan Sharipov 1937 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1963 yilda A.Ostrovskiy nomidagiToshkentteatr va rassomlik san'ati instituti (hozirgi M.Uyg’urnomidagi Toshkent Davlat san'at instituti)ning aktyorlik fakul'tetini tugatgan.

HUSAN SHARIPOV

(1937)

Teatr va kino aktyori Xusan Sharipov 1937 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1963 yilda A.Ostrovskiy nomidagiToshkentteatr va rassomlik san'ati instituti (hozirgi M.Uyg’urnomidagi Toshkent Davlat san'at instituti)ning aktyorlik fakul'tetini tugatgan. H.Sharipov 1959-1991 yillarda Muqimiy nomidagi O`zbek Davlat musiqali drama teatrida aktyor bo’lib ishlaydi. Asosiy ishdan ajralmagan holda 1980-1985 yillardaToshkentteatr va rassomlik san'ati institutida pedagotlik qiladi. 1985- 1988 yillarda Muqimiy teatri direktori, 1990-1995 yillarda O’zbekiston Teleradiokompaniyasida Badiiy so’z ustasi, 1995 yildan O’zbekiston Teatr arboblari uyushmasi kotibi sifatida faoliyat ko’rsatadi. X.Sharipov Muqimiy nomidagi O`zbek Davlat musiqali drama teatridagi o’ttiz yillik faoliyati davomida ellikka yaqin turli xarakterdagi rang-barang obrazlar yaratdi."Muqimiy" spektaklidagi Boy, "Toshbolta oshiq"dagi Toshbolta, "Shum bola"dagi Shum bola, "Mangulik"dagi qodir, "Vatan ishqi"dagi Abdusamat, Xushmamat, "Suv keltir-gan aziz" spektaklidagi Asatullo, "Xotinimning eri" komediyasidagi Po’lat, "O’jarlar"dagi Tojivoy, "Jon qizlar"dagi Hasan, "Xonuma xonim"dagi Akop, "Laqma" musiqali dramasidagi Husniddin, "Aka-uka sovchilar"dagi Abdulla kabi obrazlar H.Sharipov ijodining mahsulidir.


Orqaga qaytish