Jahon adabiyoti

5387 marta o'qildi
Konfutsiy (m.a. 551 - 479)

 Xitoydagi ilm-fan taraqqiyotida Konfutsiy va uning maktabi alohida ahamiyatga ega. Uning Xitoy falsafasi tarixida tutgan o’rnini Suqrotning yunon falsafasi tarixidagi o’rnigagina qiyoslash mumkin, xolos.

Xitoydagi ilm-fan taraqqiyotida Konfutsiy va uning maktabi alohida ahamiyatga ega. Uning Xitoy falsafasi tarixida tutgan o’rnini Suqrotning yunon falsafasi tarixidagi o’rnigagina qiyoslash mumkin, xolos.

Konfutsiy miloddan ilgari taxminan 551—471-yillarda yashagan. Uning butun dunyoda mashhur bo’lgan nomi «kun» va «futszi» so’zlari asosida yasalgan «Kun» hozirgi vaqtda familiyani anglatuvchi so’z bo’lsa, «fu» faylasuf, «szi» o’qituvchi ma'nolarini ifodalovchi so’zlardir. Ya'ni Konfutsiy «falsafa o’qituvchisi» degan so’zlarning familiya maqomini olgan shaklidir. Xitoyda birinchi marta xususiy maktab ochgan. Konfutsiy 30 yildan ziyod turli lavozimlarda ishlagan. Uning asosiy qarashlari «Suhbatlar va muhokamalar (mulohazalar)» (xitoycha Dun yuy yoki Lun yuy) kitobida bayon etilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, u miloddan ilgari 722-481 yillar bo‘yicha «Chunsuy» - «Bahorlar va kuzlar» degan yilnoma tuzgan, Qo‘shiq va rivoyatlarni to‘plab nashr etgan. Konfutsiy ta’limoti asosida jen (insonparvarlik) tushunchasi yotadi. Uning kitobi faqat Chin emas, butun Sharq xalqlari donishmandligining ajoyib namunasidir. Milodan avvalgi II asrga kelib Konfutsiy ta’limoti Xitoydagi rasmiy din - Konfutsiylikka aylantirilgan.

Konfutsiy yashagan davrdan «To’rt asos» va «Besh asos» degan ulkan yozma yodgorliklar saqlanib qolgan. «Besh asos» Konfutsiyga qadar yaratilgan «Qo’shiqlar kitobi», «Taomillar kitobi» («Marosimlar kitobi»), «Rivoyatlar kitobi» va «Folbinlik kitobi» («o’zgarishlar kitobi») singari qismlardan iborat bo’lgan. Lekin bu kitoblarning barchasi konfutsiylik ta'limoti asosida qayta ishlangan va Konfutsiy ta'limotining mohiyatini ochishga xizmat qilib kelgan. «To’rt asos» esa Konfutsiy «Hikmatlar»idan tashqari, «Menszi» («Men-muallim»), «Buyuk ta'limot» va «Oraliq haqidagi ta'limot» sin-gari Konfutsiy shogirdlarining hikmatli so’zlaridan tashkil topgan.

Konfutsiy ta'limoti markazida «muruwatli zot» turadi. U hukmron tabaqaning ideal vakili bo’lib, Konfutsiy ta'limoti yordamida o’zida jamiyat farovonligini ta'minlay va ma'naviy asoslarini ifodalay oladigan olijanob fazilatlarni shakllantirgan. Konfutsiy «Hikmatlar»i «muruwatli zot»ning shunday yuksak insoniy fazilatlarini aks ettiradi.

Aniqroq aytsak, bu zot oliy hukmdorga nisbatan chuqur ehtiromli, xalqqa esa muruwatli bo’luvchi, butun kuch va qobiliyatini jamiyat oldidagi burchini oqlashga, milliy urf-odat va an'analarning to’la-to’kis bajarilishini ta'minlashga sarf etuvchi kishidir. Shuning uchun ham uning o’gitlari, pand-u nasihatlari Xitoyda hanuzga qadar e'zozlanib va qadrlanib keladi.


Orqaga qaytish