Referatlar

5087 marta o'qildi
SAYYORAMIZ IQLIMI

Iqlim o'zgarishlari uzoq yillar davomida sayyoramizning turli nuqtalarida kuzatib kelinmoqda. Kuzatish natijalari asosida sayyoramiz iqlimining ekstremal ko'rsatkichlari qayd etilgan nuqtalar aniqlandi. Bu ko'rsatkichlar sayyoramiz iqlimining o'ziga xos rekord natijalaridir. Quyida biz sayyoramiz iqlimi asosiy ko'rsatkichlarining ekstremal qiymatlarini yoritib berishga harakat qildik.

MAKTABDA GEOGRAFIYA 7(43) son, 2012 yil

 

SAYYORAMIZ IQLIMI

 

Iqlim o'zgarishlari uzoq yillar davomida sayyoramizning turli nuqtalarida kuzatib kelinmoqda. Kuzatish natijalari asosida sayyoramiz iqlimining ekstremal ko'rsatkichlari qayd etilgan nuqtalar aniqlandi. Bu ko'rsatkichlar sayyoramiz iqlimining o'ziga xos rekord natijalaridir.

Quyida biz sayyoramiz iqlimi asosiy ko'rsatkichlarining ekstremal qiymatlarini yoritib berishga harakat qildik.

HARORAT

Sayyoramiz iqlimining ko'p yillik kuzatishlari natijasida aniqlangan ekstremal qiymatlari - haroratning mutlaq maksimumi va minimumi o'rtasidagi farq, ya'ni harorat amplitudasi 147,4 °C ni, haroratning mutloq maksimumi +58 0C (Afrika) va mutlaq minimumi -89,6 °C (Vostok, Antarktidani tashkil etadi.

Materiklarda kuzatilgan mutlaq maksimum haroratlar

Materik

Maksimal

harorat °C  da

Qayd etilgan joy

Qayd etilgan sana

Afrika

58

Al-Aziziya, Liviya

13.09.1922

Avstraliya

50,7

Oodnadatta

01.02.1960

Antarkida

15,0

Vand stansiyasi.Skott qirg'ogi

05.01.1974

J.Amerika

49,1

Villa de Mariya, Argentina

02.01.1920

Sh.Amerika

56,7

Ajal vodiysi, Kaliforniya

07.10.1913

Yevrosiyo

54.0

Tirat-Svi, Isroil

21.06.1942

 

Materiklarda kuzatilgan mutlaq minimum haroratlar

 

Materik

 

Minn harorat°C

Qayd etilgan joy

Qayd etilgan

sana

Afrika

-24.0

lfron. Marokasli

11.021935

Avstraliya

-23.0

Sharlott-Pass

29.06.1994

Antarktida

-89.6

Vostok stansiyasi

21.07.1983

J.Amerika

-39.0

Valle de los Patos Superior, Argentina

 

17.07.1972

Sh.Amerika

-66.0

Nortays, Crenlandiya

09.01.1954

Yevrosiyo

-68,0

Verxoyansk,

Oymyakon. Rossiya

07.02.1892, 06.02.1933

 

Sayyoramizdagi eng yuqori o'rtacha harorat 1960-yilda Efiopiyada (34,4 °C), yillik eng past o'rtacha harorat esa 1958-yili Antarktidaning Steyshn platosida (-57,8 °C) kuzatilgan.

Yillik eng yuqori va eng past haroratlar amplitudasi Oymyakonda kuzatilgan bo'lib, 107 0C ni tashkil etadi.

Sutkalik haroratlar amplitudasining eng katta farqi Montana shtati (AQSH) Brauning shaharchasida kuzatilgan bo'lib, 1916-yil 23-24-yanvar kunlari harorat + 6,7 0C dan - 48,8 °C gacha pasaygan va sutkalik amplituda 55,5 °C ni tashkil etgan. Haroratning keskin ko'tarilishi esa AQSH ning Dakota shtatidagi Spirfish shaharchasida kuzatilgan. Bu yerda harorat 2 daqiqa ichida - 200C dan +7,2 0Cga o'zgargan va 2 daqiqa ichida harorat farqi 27,2 ° C ni tashkil etgan.      

 

YOG'INLAR

Materiklarda kuzatilgan maksimal o'rtacha yillik yog'in miqdori

 

Materik

 

Maksimal o'rtacha yillik   yog'in, mm. hisobida

Qayd etilgan joy

Afrika

10287

Debunja, Kamerun

Avstraliya

4000

Sharqiy Avstraliya

Antarktida

600

Mirniy stansiyasining janubida

J.Amerika

8992

Kibdo,  Kolumbiya

Sh.Amerika

6655

Genderson-leyk, Kanada

Yevrosiyo

11633

Cherrapunji, Hindiston

 

Materiklarda kuzatilgan minimal o'rtacha yillik yog'in miqdori

 

 

Materik

Minimal o'rtacha yillik yog'in, mm. hisobida

Qayd etilgan joy

Afrika

2.5

Vodi-Xalfa. Sudan

Avstraiiva

102.9

Mulka

Antarktida

50

Sovetskaya platosi

J.Amerika

0.8

Arika, Chili

Sh.Amerika

30.5

Batakea, Meksika

Yevrosiyo

43.9

Adan

 

Tumanli kunlarning eng yuqori o'rtacha yillik yog'in miqdori 120 kun, Grand-Benks, Nyufaundlendda kuzatilgan.

Tumanli kunlarning eng yuqori o'rtacha yillik yog'in miqdori-120 kun, Grand-Benks, Nyufaundlendda kuzatilgan. Eng ko'p yomg'irli kunlarning o'rtacha yillik soni 325 kun bo'lib, Baia-Feliks(Chili)da kuzatilgan.

Yer yuzida qisqa vaqt ichida eng ko'p yoqqan yog'in miqdori 1970-yil 26-noyabr Gvadelupeda kuzatilgan bo'lib, daqiqasiga 38 mm.ni tashkil etgan.

Sayyoramizda kuzatilgan eng ko'p yog'in miqdori:

20 daqiqada - 205,7 mm. (Kurtya-de-Arjesh (Ruminiya), 1889-yil, 7-iyul);

Bu ko'rsatkich mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida 1 yilda yog'adigan yog'inning deyarli yarmiga tengdir. Qattiq yog'inlar borasida ham sayyoramiz o'z rekordlariga ega. AQSHning Kaliforniya shtatidagi Shasta tog'ida 1959-yil 13-19-fevral kunlari tinmay yoqqan qorning qalinligi 4,8 metrni tashkil etgan. Sutka davomida eng ko'p yoqqan qorning qalinligi 1,93 metr bo'lib, 1921-yil 15-aprel kuni Silver-Leyk (Kolorado, AQSH)da kuzatilgan. Vashington shtatidagi Reynir tog'ida (AQSH) 1971-yil 19-fevralidan 1972-yil 18-fevraliga qadar 31,1 metr qalinlikdagi qor tushgan.

Keniyaning ayrim hududlarida yil davomida 132 kungacha do'l yog'ishi qayd etilgan.

Eng og'ir do'l 1986-yil 14-aprelida Bangladeshda kuzatilgan bo'lib, do'l donalarining vazni 1 kg.dan ortiq bo'lgan. Eng yirik do'l donasining og'irligi esa 1,9 kg.ga teng bo'lib, Qozog'istonda kuzatilgan.

2003-yil 22-iyun kuni AQSHning Nebraska shtatida yoqqan do'l donalari diametri 17,8 sm.ga teng bo'lgan.

Sayyoramizda atmosfera bosimining qayd etilgan eng yuqori qiymati 1085,6 gPa(814,2 mm. simob ustuni)ga teng bo'lib, 2001-yil 19-dekabr kuni Mo'g'ulistonning Xubsugul aymog'ida, eng past qiymati esa 850 gPa(637,5 mm. simob ustuni) 2003-yil 24-iyunda F-4 tornadosining markazida kuzatilgan.

Sayyoramiz iqlimi o'ziga xos, unda bir vaqtning o'zida ham qishni, ham bahorni, juda past haroratlar bilan birga jazirama issiqni kuzatish mumkin. Aynan sayyoramiz iqlimining shu xususiyati, sayyoramiz tabialining xilma-xil bo'lishiga sabab bo'lgan. Sayyoramiz tabiatining jozibadorligi ham shunda.

 

•Wikipedia(http://ru.wikipedia.org/wiki) ma'lumotlari va suratlaridan foydalanildi.

 

Ravshan ABDULLAYEV,Yangiobod tumanidagi 3-maktab o'qituvchisi.


Orqaga qaytish